Ma`deniyat taniw uzb
Qo`qon xonligidagi adabiy hayot
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo`qon adabiy muhiti
Qo`qon xonligidagi adabiy hayot. Qo`qonlik shoir Abdulkarim Fazliy Namangoniy
tomonidan 1821 yilda yozilgan “Majmua ush shuaro” asari XVIII-XIX asr boshlarida Qo`qon xonligidagi adabiy hayot haqida batafsil ma`lumot beruvchi muhim manbadir. Vozehning “Tuhrat ul-ahbob fi tazkirat ul-ashob” tazkirasida 200 ga yaqin shoir va olim haqida ma`lumot to`plangan. XVII asrning ikkinchi yarmi - XVIII asrning birinchi choragida Farg`ona vodiysida yashagan iqtidorli shoir va mutafakkirlardan biri Boborahim Mashrab edi. U adabiyotda progressiv yo`nalish taraqqiyotida katta rol` o`ynadi. Mashrab asarlarining aksariyati chuqur ijtimoiy yo`nalishga ega bo`lib, o`sha davr hayoti, jamiyatdagi voqea-hodisalar bilan chambarchas bog`liq. Xususan, u ba`zi ruhoniylarning kirdikorlari va xiylakorliklarini fosh etadi, tekinxo`rlar, mulkdorlar va johil amaldorlarning zo`ravonliklarini tanqid qiladi. Mashrabning bu tur asarlari qo`ldan qo`lga, og`izdan og`iga o`tib, tez tarqalgan. XVIII asr o`zbek adabiyotining yana bir yirik namoyondalaridan biri Xuvaydo edi. Uning “Devoni Xuvaydo” kulliyotidagi she`rlarda insonparvarlik g`oyalari, sevgi, sadoqat, ahloqiy poklik tarannum etilgan. Qo`qon xoni Umarxon va uning xotini, mashhur o`zbek shoirasi Nodirabegim o`zlari ijodkor bo`lganlari tufayli shoir, tarixchi, adabiyotshunoslarga homiylik qilishgan. Ular atrofida Qo`qon adabiy muhiti vujudga kelgan. Bu muhit namoyondalaridan Akmal (Mahmurning otasi), Amiriy (amir Umarxon), Boqixon to`ra, Gulxaniy, Yoriy, Zavqiy, Zoriy, Ma`dan, Mahjub, Maxmur, Mushrif, Nizomiy, Nodir, Nozil, G`oziylarni sanab o`tish mumkin. Qo`qon adabiy muhiti shoirlari o`zbek va tojik tillarida ijod etishgan. Gulxaniy “Zarbulmasal” asari bilan o`zbek adabiyoti tarixiga masal janrini boyitgan shoir sifatida kirdi. Maxmur “Hapalak” hajviy she`rida Qo`qon xonligidagi xalq turmush tarzini aks ettirgan. O`zbek mumtoz adabiyoti namoyondalaridan biri bo`lgan Maxmur ijodi merosida hajv san`atining murakkab, ayni zamonda, mahsuldor va yorqin usullaridan biri – o`z-o`zini fosh etish usulida yaratilgan asarlar alohida o`rin tutadi. Qo`qon adabiy muhitini Jahon otin - Uvaysiy va Mohlaroyim-Nodirabegimlarsiz tasavvur etib bo`lmaydi. Uvaysiy she`riyatida el-yurt dardi, xalq qismati, hasrati bosh mezon bo`lgan. Nodirabegim she`riyati asosini lirik she`rlar tashkil qilgan, ularda muhabbat, sadoqat, mehr-vafo, ayni paytda sharq ayollarining dard-alamlari kuylanadi. Nodirabegim nafaqat ajoyib shoira, ma`rifatparvar, balki etuk davlat arbobi ham bo`lgan. U mamlakatda bunyodkorlik ishlariga ham katta e`tibor bergan. Xususan, bozor va rastalar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga boshchilik qilgan. Nodirabegimning adabiy merosi o`z g`oyaviy-badiiy ahamiyati nuqtai nazaridan mumtoz she`riyatining go`zal namunalaridir. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling