Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Tabiiy fanlar. XVI-XIX asrlarda o`tgan davrga nisbatan O`rta Osiyo tabiiy fanlar rivojida
birmuncha turg`unlik holati vujudga keldi. Bu jamiyat madaniy hayotida va musulmon ruhoniylarining mutaassib qatlamini nufuzi kuchayib ketishi bilan bog`liq edi. Shunga qaramay O`rta Osiyolik olimlar o`tmishdagi buyuk ajdodlari Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug`bek, Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi allomalarning asarlariga sharhlar yozdilar, yangi g`oyalarni o`rtaga tashladilar. Bu davr matematik olimlari qatorida Muhammad al - Xodi Toj al-Sayidiy, Latif Muhammad ibn Bobo Samarqandiy (Bobokalon Muftiy nomi bilan shuhrat qozongan), Muhammad Amin al-Mo`minobodiy, Abdusamad ibn Qozi Muhammad Akbarxon (Xon Ulum laqabi bilan mashhur), Tursun az-Zominiy al-Farxiziy, Soqi Muhammad ibn Muhammad Amin as-Son Chahoryoqiy, Mirza Bade` devonlarni ko`rsatish mumkin. Bu olimlardan Latif Muhammad ibn bobo Samarqandiy (XVI asr)ning O`rta Osiyodagi madrasalarda XVII – XIX asrlarda darslik sifatida o`qitilgan. “Risola dar ilmi hisob” (“Hisob ilmi risolasi”), “Vasiyat bar chahor qism” (“To`rt xil vasiyat”) va boshqa asarlari diqqatga sazovor. Qozizoda Rumiyning nabirasi Mahmud Muhammad Miram Chalabiy astronomiya va matematikaga oid bir qancha asarlar yozgan. Ashtarxoniylardan bo`lgan Buxoro xoni Subxonqulixon ilmi nujum (astronomiya)ga doir “Lubb ul-laviyih ul-qamar fil-ixtiyorot” (“Baxtli soatni aniqlashda oy manzillarining mohiyati”) risolasi muallifi hisoblanadi. Astronomiya ilmi rivojiga, shuningdek Ahmad Donish (1827-1897) ham munosib xissa (“Manozir ul-kavokib”), (“Sayyoralarning joylashishlari” asari) qo`shgan. XVI-XIX asrlarda geografiya fani ham birmuncha rivojlandi. Goegrafiyaga doir maxsus asarlardan tashqari memuar xarakterdagi risolalar, sayohatnomalar paydo bo`ldi. Nizomiddin Abduvali al- Birjandiy, Bobur, Sulton Muhammad al-Balxiy, Hofiz Tanish al-Buxoriy, Mahmud ibn Vali, Sayid Muhammad Tohir ibn Abdulqosim, Abulg`ozi Bahodirxon, Abdulkarim Buxoriy, Xudoyberdi ibn Qushmuhammad, Abu Toxirxoja Samarqandiy kabilar bu sohaga munosib hissa qo`shganlar. Jumladan, Birjandiy (taxminan 1525 yil vafot etgan) “Ajoyib ul-buldon” (“Mamlakatlar ajoyibotlari”) asarida O`rta Osiyoda keng tarqalgan bo`lib, unda etti iqlimdagi dengizlar, tog`lar, daryolar, shuningdek yirik shaharlar – Samarqand, Buxoro va Xorazm haqida qiziqarli ma`lumotlar keltirilgan. Boburning “Boburnomasi”da Farg`ona vodiysi, Buxoro, Toshkent, Hisor, Xirot, va Qobulning tabiiy sharoitlari keltirilgan hamda boshqa mamlakatlar haqidagi geografik ma`lumotlar, o`simlik va xayvonot dunyosi, aholisi haqida qiziqarli faktlar keltirilgan. O`rta Osiyo xalqlari o`rtasida tibbiyotga doir asarlar keng tarqalgan. Ularning orasida Sharq olimlarining tibbiyotga oid mumtoz asarlarining tarjima qilingan nusxalari, shuningdek mahalliy olimlarning risolalari ham bo`lgan. Yusuf ibn Muhammad ibn Yusuf al-Hiraviyning fors tilida yozilgan “Jome` al-favoid” (“Foydali ma`lumotlar to`plami”) asari (1511y) ko`plab kasalliklarni davolashda qo`llanma bo`lgan. U 1882 yil Mulla Muhammad Zohir al-Xorazmiy tomonidan o`zbek tiliga tarjima qilingan. Shuningdek Nurulloh A`lo al-Hakim, Mulla Muhammad Yusuf Qahhol, Ubaydulloh ibn Yusuf Ali, Muhammad Kozim, Solih ibn Muhammad Solih 102 Qandahoriy, Ja`farxo`ja ibn Nasriddinxo`ja, Junaydullo ibn Shayx al- Islom, Muhammad Sharif Buxoriy va boshqalar tibbiyot sohasiga oid ko`plab asarlar yozdi. Subhonqulixonning “Ihyo at-tibb Subhoniy” asari turli kasalliklarni davolashga bag`ishlagan. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling