Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Adabiy hayot. XVI asrda Samarqand va Buxoro mamlakatning madaniy va adabiy
markazlari hisoblangan. Tarix va tilshunoslik, adabiyotshunoslik va sufiylikka doir XVI asrda yozilgan va bizgacha etib kelgan asarlar o`sha davrdagi adabiy, falsafiy va ijtimoiy qarashlarni o`rganishda katta ahamiyatga ega. Bunday asarlar sirasiga Mas`ud ibn Usmon Ko`histoniyning “Tarixi Abulxayrxoniy”, noma`lum muallifning “Tarixi guzida nusratnoma”, Abdulloh Nasrullohiyning “Zubdat al-osor”, Kamoliddin Binoiy va Muhammad Solhining “Shayboniynoma”, Fazlullox ibn Ro`zbexonning “Mehmonnomayi Buxoro”, Hofiz Tanish al- Buxoriyning “Abdullanoma” Gulbadanbegimning “Humoyunnoma”, Muhammad Xaydarning “Tarixi Rashidiy”, Boburning “Boburnoma”, Zayniddin Vosifiyning “Badoi al-vaqoe”, Ali Safiy ibn Husayn Voiz Koshifiyning “Rashahat ayn ul hayot” kabilarni kiritish mumkin. Hofiz Ko`hakiy (1490-1584) Ulug`bekning shogirdi Ali Qushchining avlodidan bo`lib, shayboniylar davrining etuk tarixchisi, mantiq, fiqh, kalom ilmidagi olimi bo`lgan. Uning “Tarixi ali Chingiz” (“Chingizxon va uning avlodlari tarixi”), “Sharhi odobul al-munozara” (“Odob va ahloq to`g`risida munozara” kitobiga sharh), “Favoid ziyoiya” (“Munavvar foydalar”) kabi asarlari ma`lum. XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoroda ko`plab adiblar, shoirlar bo`lib, ular orasida forsigo`y shoir Abdurahmon Mushfiqiy ajralib turadi. Hajviy shoir sifatida shuhrat qozongan. Mushfiqiy Abdullaxonning saroy shoiri bo`lgani uchun unga atalgan ko`plab madhiyalari saqlanib qolgan. Shayboniy hukmdorlar, shahzodalarning ko`plari ham shoir bo`lishgan. Shayboniy, Ubaydiy, Xoniy va boshqalarning she`rlari bizgacha etib kelgan. Shu davrda ijod etgan shoirlardan Majlisiyni qayd etib o`tish joiz. Uning “Qissai Sayfulmuluk” dostoni xalq mehrini qozongan. Asarda adolat, yaxshilik va ezgulik madh etilgan, podshohlar adolatga chaqirilgan, xotin-qizlar xuquqlarini himoya qilish g`oyalari ilgari surilgan. Shoir Ibodulla Sayid Podshoxoja ibn Abdulvahhobxoja ham mashhur bo`lib, u Xoja taxallusida ham nasr, ham nazmda ijod qilgan. Buxoroda bu davrdagi adabiy hayot to`rtta asosiy tazkira-Mutribiyning “Tazkirat ash- shuaro”, Maleho Samarqandiyning “Muzakkir al-ashob”, Mulla Sodiq Samarqandiyning “Riyoz ash-shuaro” va Nurmuhammad Nasafiyning “Mazhar al-musannifin”larni yaratilishi bilan e`tiborga molik. Turdi Farg`oniy, Mulla Mastiy Oxundiy va boshqalar shu davr adabiyotida progressiv rol` o`ynadilar. Ularning g`azallarida ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi adolatsizliklar qoralandi. Shuningdek, Sayid Nasafiy ijodi alohida ajralib turadi. Uning “Xayvonotnoma”asari mashhur. Shoir hayvonlar timsoli orqali adolatsizlik, poraxo`rlik, amaldorlarning kirdikorlarini fosh etadi. Shoir Mujrim Obid o`zbek va tojik tillarida yozilgan she`rlaridan maxsus devon tuzgan. Bulardan tashqari Vola, Shavqiy Kattaqurg`oniy Xiromiy kabi shoirlar ham ijod qilishgan. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling