Ma`deniyat taniw uzb
Xiva xonligidagi adabiy hayot
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Xiva xonligidagi adabiy hayot. Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy hayotidagi voqealar
madaniy hayotga ham ta`sir etmay qolmadi. Ijtimoiy tafakkurning barcha sohalarida reaktsion va progressiv dunyoqarash o`rtasida kurash olib borildi. Buni biz o`sha davrda yaratilgan tarixshunoslikka oid asarlarda va she`riy to`plamlardan kuzatishimiz mumkin. Abulg`ozi Bahodirxonning ikki tarixiy asari alohida e`tiborga sazovor. Abulg`ozi (1603-1664) nafaqat Xiva xoni, balki turkiy va forsiyda ijod etgan yirik tarixchi olim hamdir. Uning “Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk” asarlari O`rta Osiy xalqlari tarixi bo`yicha qimmatli manba hisoblanadi. Abulg`ozi tib ilmiga oid “Manofi`ul inson” (“Insonga foydali narsalar”) asarini ham yozgan. Xiva xonligida ijod etgan adiblardan Andalib, Pahlavon Ravnaq, Rahim, Nishotiy, Muhammad Hokisorlarni sanab o`tish mumkin. XVII – XVIII asrlarda “Go`ro`g`li” dostonlari turkumi va “Tohir va Zuhra”, “Oshiq G`arib va Shohsanam”, “Sayyodxon va Hamro”, “Sanobar”, “Yusufbek va Ahmadbek”, “Bahrom va Dilorom” kabi xalq-fol`klor dostonlari xalq orasida keng tarqaldi. Bu davrda Muhammad Yusuf Rojiy, Bobojon Sanoiy, Xudoybergan Muhrkan, Muhammad Yoqub Devon Xorazmiy, Muhammad Rizo Oxund va boshqa xattotlar ijod etdi. Munis va Ogahiylarning tarixiy asarlari “Firdavs ul iqbol”, “Riyoz ad-davla”, “Zubdat at- tavorix”, “Gulshani davlat” va boshqalar Xiva xonligi tarixini o`rganishda beqiyos qimmatga ega. 103 Munisning “Savodi ta`lim” asari yoshlarni xattotlik san`atini o`rganishlariga bag`ishlangan. Bu davrda Xorazimda ko`plab tarixiy, ilmiy va badiiy asarlar o`zbek, tiliga tarjima qilingan. Xonlikda o`ziga xos tarjima maktabi shakllangan. Ogahiy, Komil, Sanoiy, Dilovar xoja, Muhammad Yoqubxo`ja va boshqalar ko`plab asarlarni tarjima qilishgan. Komil Xorazmiy (1825-1899) shoir, bastakor, xattot va rassom bo`lgan. U musiqaga oid “Xorazm notasi”ni yozgan. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling