Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Badiiy madaniyat. XVI asrdan boshlab O`rta Osiyo xududida Buxoro, Xiva va keyinchalik 
Qo`qon xonliklarini barpo etilishi xonlikdagi xalqlar san`atining keyingi taraqqiyotiga o`z ta`sirini 
ko`rsatdi. Bunda har bir xonlikda san`at mahalliy ijtimoiy, etnik xususiyatlar, geografik muhit
mahalliy maktab yo`nalishida, an`analarga ko`ra rivojlandi. XVIII asr oxiri – XIX asr birinchi 
yarmida badiiy madaniyat markazlari Movarounnahrda (Buxoro, Samarqand), Xorazmda (Xiva) 
va Farg`ona vodiysida (Qo`qon, Andijon, Namangan) qaror topdi.
Me`morchilik. Me`morchilik taraqqiyotida to`rtta davr ko`zga tashlanadi. Birinchisi – XVI 
asrning boshidan 60-yillarigacha bo`lgan davr. Uning xususiyati shundan iboratki, temuriylar davri 
an`anasini davom ettirishga harakat qilindi. Xususan, poytaxt Buxoroga ko`chirilishi munosabati 
bilan uning bosh maydonida Kalon masjidi (1514), uning qarshisida esa Miri Arab madrasasi 
bunyod etildi. (1535/36). Mahalla guzarlari qo`ynida Xoja Zayniddin xonaqohi va baland masjid
qurilgan. Ikkinchi davr – XVI asrning 60-yillaridan shu asrning oxirigacha bo`lgan davr. Unda 
Abdullaxon hukmdorligi vaqtida davlat hokimiyati mustahkamlanishi munosabati bilan qurilish va
me`morchilik yuksalgan. Ayniqsa, Buxoro va uning atrofida keng qurilish ishlari olib borilgan. 
Buxoroda o`z tarkibiga Modarixon madrasasi (1566) va Abdullaxon madrasalari (1588-90)ni


104 
birlashtirgan Qo`sh madrasa majmuasi, Govkushon madrasasi (1570) oldida maydon va Xoja 
masjidi (1598) qurildi. Shaharning bosh savdo yo`li chetlarida rastalar, markaziy bozor bunyod 
etildi. Rabodning sharqiy qismida yirik Ko`kaldosh madrasasi (1568-1569), shahar chetidagi 
Namozgoh masjidi qayta qurildi. Shuningdek, Abdullaxoni davrida mamlakatda 1000 dan ortiq 
rabot va sardoba, ko`plab masjid, madrasa, ko`prik, suv omborlari qurilgan. Xususan, shunday suv 
ombori qoldiqlaridan biri Nurota tumani markazidan 65 km sharqda, eski Oqchob qishlog`i 
yaqinidagi Beklarsoy darasida hozirgacha saqlanib qolgan. XVI asarda ushbu to`g`on yordamida 
1,2 ming gektar er maydoni sug`orilgan. Abdullaxon davrida qurilish ishlari nafaqat Buxoro vohasi, 
balki Samarqand, Toshkent, Balh va boshqa shaharlarda ham keng ko`lamda olib borilgan. 
Uchinchi davr – XVII asrda yirik me`moriy majmualar qurilishi davom ettirildi. Buxoroda 
Labihovuz (1619-1622) Nodir devonbegi madrasa va xonaqohi qurilishi yakunlandi. Ayniqsa, 
Samarqand hokimi Yalangto`shbiy bahodirning obodonchilik, qurilish ishlari sohasidagi faoliyati 
e`tiborga sazovor. U o`z mablag`lari hisobiga Registon maydonida Sherdor madrasa (1619-36), 
Ulug`bek davrida bunyod etilgan. Mirzoyi karvonsaroyi o`rnida Tillakori madrasasini qurdirgan 
(1641-46). Tillakori madrasasidan jome masjidi va madrasa sifatida foydalanilgan. Masjid 
bezagida boshqa bir obida qurilishiga etadigan miqdorda oltin sarflangani uchun “tillakori” (tilladan 
ishlov berilgan) deb atalgan. 
To`rtinchi davr – XVIII asr oxiri - XIX asrlar me`morchiligi. Bu davr me`moriy obidalari 
O`zbekistonning butun hududida saqlanib qolgan. Bu davr o`zidan ajoyib shaharsozlik ansambli – 
Xivani qoldirdi. Uning obidalari aynan shu vaqtda bunyod etilgan. Muhammad Amin inoq (1805), 
Qutlimurod inoq (1809), Sayidboy (1842) madrasalari, Solihbiy masjidi (1842) va boshqalar 
jumlasidandir. Olloqulixon tomonidan qurilgan Xivadagi Toshhovli qasri (1832-1841) Xorazm 
me`morchiligining o`ziga xos uslubini o`zida aks ettirgan 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling