Ma`deniyat taniw uzb
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Qiziqchilik - o`zbek an`anaviy teatr turi. Qiziqchilik teatri, asosan Qo`qon xonligi
hududida (ayniqsa, Farg`ona vodiysi va Toshkentda) rasm bo`lgan, ijrochisi qiziqchi (qiziq), to`da boshlig`i va ish yurituvchisi korfarmon deb atalgan. XIX asrda qiziqchilarning truppalari (mas. Bidiyorshum, Zokir Eshon boshchiligidagi 111 to`dalar) faoliyat ko`rsatgan. Bidiyorshum truppasi XVIII asr oxiri - XIX asr birinchi yarmida Qo`qonda ijod qilgan. Uning repertuari, asosan, hajviya, askiya, musiqa, ashula va raqslardan iborat bo`lgan. XIX asr ikkinchi yarmida Zokirjon qiziq to`dasiga 20 dan ziyod qiziqchi uyushgan bo`lib, yuzga yaqin tanqid, muqallid, kulki-hikoyalar va latifalar namoyish etishgan ∗ . Davriy matbuot. O`zbekiston hududida matbuotning paydo bo`lish jarayoni XIX - asrning 70 - yillariga to`g`ri keldi. Mustamlakachilar mintaqada yashovchi erli xalqlarga o`zlarining siyosatlarini targ`ib va tashviq etish maqsadida 1870 yilda Toshkentda “Turkestanskie vedomosti” va “Turkiston viloyatining gazeti”ni tashkil etgan. Markaziy Osiyoda davriy matbuot shu tariqa paydo bo`ldi. Mazkur gazetalarning har ikkisi ham 1917 yilgacha chop ettirilgani bois Turkiston matbuoti tarixida uzoq muddat davomida uzluksiz faoliyat ko`rsatgan davriy nashrlar sanaladi. “Turkiston viloyatining gazeti” o`zbek publitsistikasining shakllanishiga yo`l ochdi. Zokirjon Furqat, Sattorxon Abdug`afforov, Ishoqxon Ibrat, Mahmudxo`ja Behbudiy va boshqa ko`plab ziyolilarning bu gazeta bilan ijodiy hamkorligi natijasida Turkiston o`lkasida jaholatga qarshi kurash, ommani, ayniqsa, yosh avlodni har tomonlama ilm-ma`rifatli qilib tarbiyalashga intilish harakatining kuchayishini ta`minladi. Boshqacha aytganda, mazkur nashr ma`rifatparvarlarning fikr va so`z aytishi uchun ilk minbar vazifasini o`tadi. XIX asrning 90-yillariga kelib Turkistonda matbuot sohasida o`ziga xos yangilanish jarayonlari kuzatildi. Rus tilidagi dastlabki xususiy gazetalar nashr qilina boshlandi. Dastlab Samarqandda, keyinroq Toshkentda nashr etilgan “Okraina” (1890-1907), Toshkentda chiqqan “Russkiy Turkestan” (1898-1907) gazetalari shular jumlasidandir. Aynan shu davrda “Sredneaziatskiy vestnik” (1896), “Turkestanskiy skorpion” (1907, hajviy), “Srednyaya Aziya” (1910-11), “Turkestanskiy karakurt” (1911, hajviy) jurnallari Turkiston jurnalchiligining ilk namunalari edi. O`zbek tilida esa “Oyna” (1913-15), “Al-isloh” (1915) kabi jurnallar hamda “Al-izoh” (1917) va boshqa al`manaxlar ham o`lkaning tarixini, o`sha kezdagi ahvolini o`rganishga, o`quvchilarning madaniy-ma`rifiy ehtiyojlarini qondirishga ko`maklashdi. Chorizm mahalliy xalqlar ongi va bilim saviyasining yuksalishidan manfaatdor bo`lmagan. Shu bois hukmron siyosat milliy ongning yuksalishiga xizmat qiladigan vositalarning, jumladan, milliy tildagi davriy nashrlarning yuzaga kelishiga imkon qadar yo`l qo`ymadi. 1906 yilga qadar butun o`lkada yagona “Turkiston viloyatining gazeti”dan bo`lak mahalliy tilda bironta gazeta nashr qilinmagani ham buning isbotidir. Turkiston jadidlarining etakchi namoyandalari: Mahmudxo`ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniylar demokratik yo`nalishdagi o`zbek matbuotini shakllantirishga katta hissa qo`shdilar. Jadidlar milliy davriy nashrlar faoliyatini tashkil etish va yo`lga qo`yishda mahalliy rus matbuoti hamda Rossiyaning turli hududlarida tatar tilida nashr qilingan gazetalarning, xususan, ma`rifatchi Ismoilbek Gaspirali muharrirligida chiqqan “Tarjumon” gezetasining ish tajribasiga tayandilar. O`zbekistonda chinakam milliy matbuotning yuzaga kelishi 1906 yil 27 iyundan Toshkentda chiqa boshlagan jadidlarning “Taraqqiy” gazetasi bilan bog`liq. Uning sahifalarida podsho Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini fosh qiluvchi maqola, xabarlar bosilgan. Gazeta materiallaridagi tanqidiy ruh mustamlakachi ma`murlarga yoqmagan. 19 soni chiqqach, gazeta yopib qo`yilgan. Gazetaning ilk soni chiqqan 27 iyun` 1993 yildan buyon mamlakatimizda «Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» sifatida nishonlanadi. “Sadoi Turkiston” (Toshkent, 1914-15), “Samarqand” (1913), “Sadoi Farg`ona” (1914) gazetalari hamda “Oyna” (Samarqand, 1913-15) jurnallarini saviyasi, omma ongiga ta`siri jihatidan o`zbek matbuoti tarixidagi eng ibratli nashrlardan deb hisoblash mumkin. 1917 yil Rossiyadagi fevral` inqilobi Turkistondagi ijtimoiy munosabatlar, shu jumladan, matbuot rivojiga ham ta`sir ko`rsatmay qolmadi. Milliy birlik harakatini avj oldirishga, o`zbek xalqining istiqlolga erishish yo`lidagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga 1917 yilda tashkil etilgan “Najot”, “Turk eli”, “Turon”, “Ulug` Turkiston”, “Hurriyat” (Samarqand), “El bayrog`i” (Qo`qon) gazetalari va “Yurt” (Qo`qon), “Chayon” jurnallari o`ziga xos hissa qo`shdi. ∗ Зокиржон Эшон (лақаби Зокиров) қарийб ярим аср даврида Қўқон актёрлар гуруҳига раҳбарлик қилган. Тақлидчилик, маъноли имо-ишора ва ҳаракатлари, маъноли сўз ва оҳангдор товуш унинг асосий бадиий ифода қуроли бўлган. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling