Ma`deniyat taniw uzb
Madaniyatimizning dunyoga sochilgan durdonalari
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
madaniyatshunoslik asoslari
Madaniyatimizning dunyoga sochilgan durdonalari. Tarixdan ma`lumki, Turkiston
hududi qadimdan turli mamlakatlar uchun o`lja manbai bo`lib kelgan. O`rta Osiyoga turli maqsadlarni ko`zlab kelib-ketgan ilmiy, harbiy ekspeditsiyalar, sayyohlar, tijorat vakillarini eng avvalo O`rta Osiyoning qimmatbaho, betakror boyliklari qiziqtirgan. Rossiya imperiyasining O`rta Osiyoga bosqini nafaqat uning hududini egallash, aholisini talash bilan cheklangan, balki o`zbek xalqining madaniy merosini talon-taroj qilib, tashib ketish va madaniyat yodgorliklarini harob qilish bilan birga sodir etilgan. Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Samarqand, Buxoro, Xiva va Qo`qon kabi ko`hna shaharlar xazinasida to`plangan boyliklar maxfiy rejalar asosida ba`zan ochiqchasiga talon- taroj etildi. Xiva yurishi vaqtida harbiy maslahatchi bo`lgan sharqshunos A.L.Kun turli yo`llar bilan to`plangan 300 kitobdan iborat sharq qo`lyozmalarini 1873 yil Imperator xalq kutubxonasiga topshirgan. A.L.Kun va uning guruhi Xivadan tanga zarb qilishga mo`ljallangan 200 nusxa qolip, muhrlar bog`lami, xon taxti, 172 nusxa Jo`jixon tangalari, Qo`ng`irot sulolasidan bo`lgan Xiva xonlarining 3 nusxa tanga va bir qator etnografik ashyolarini, xususan, ayollar va bolalar kiyim- boshlari, ko`plab tilla va kumush bezaklarini 2 olib ketgan. Qo`qon bosqini vaqtida ham tarix, tibbiyot, huquq va ilohiyotga doir 130 qo`lyozma kitob Rossiyaga olib ketilgan va Imperator xalq kutubxonasiga topshirilgan. Demak, Qo`qon arxivi ham, xuddi Xiva xonlari arxivi kabi bosqinchilar tomonidan zo`ravonlik bilan olib ketilgan. Turkiston general - gubernatorlarining o`zlari Turkistondagi boyliklarning eng birinchi qaroqchilari va shaxsiy kollektsiyalarning tuzuvchilari edi. Xulosa qilib aytganda, Turkiston xalqlarining fan va madaniyati mustamlaka tuzumining biqiq tarkibida ham, ruslashtirish siyosatining barcha zug`um sitamlariga qaramay, rivojlanishdan to`xtamadi. Mustamlakachilar xalqimizning ilm-ma`rifatga intilishi, ilg`or g`oyalar va istiqlol istagini bo`g`ib tashlay olmadilar. Chorizmning madaniyat sohasidagi siyosatining asosiy yo`nalishlarini quyidagicha belgilash mumkin: - Chor hukumati Turkistonda turg`unlik xolatini saqlash, o`zaro nizo-adovatlar urug`ini sepib turgan xolda ulardagi millatparvarlik, yurtsevarlik va jangovarlik tuyg`ularini o`ldirish. - O`lka xalqlarini o`z tarixi va madaniyatidan uzoqlashtirish. Bu sohada chorizm juda izchil ish yuritdi. Olimlar, ilmiy jamiyatlar tomonidan Turkiston tarixiga doir moddiy va ma`naviy yodgorliklar yig`ib olindi va Moskva hamda Sankt-Peterburgga jo`natildi. Shunday qilindiki, endilikda o`lka tarixini o`rganish uchun turkistonliklar ana shu markazlarga borishga majbur bo`lishdi. - Mustamlaka ma`muriyati o`lkadagi tarixiy adabiyotlarning qarovsiz qolib vayron bo`lishiga ataylab yo`l qo`ydi. - Chorizm xalq maorifi sohasidagi ruslashtirish siyosatini rus-tuzem maktablari tizimini vujudga keltirish va rus tiliga davlat maqomi berish vositasida amalga oshirdi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling