Ma`deniyat taniw uzb


Download 1.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/98
Sana15.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1199760
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   98
Bog'liq
madaniyatshunoslik asoslari

Kitob san`ati. Turkistonda bosmaxonalar tashkil topishi va ularda gazetalar, jurnallar va 
kitoblarning chiqishi tasviriy san`at rivojiga ta`sir qildi, mahalliy tillarda kitob, gazeta, ilmiy 
to`plam va taqvimlar nashr etila boshladi. Bu nashrlarda tasviriy san`atning ilk namunalari yuzaga 
kela boshladi. Nashr qilinayotgan kitoblarni bezashga mahalliy rassomlar ham jalb etila boshlandi. 
1908 yili Toshkentda nashr qilingan «Shohnoma», «Farhod va Shirin» kabi kitoblar suratlar bilan 
bezatildi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida badiiy hayot birmuncha rivoj topib san`at uslublari 
evropa san`ati uslublari bilan uyg`unlasha boshladi. Kitob san`atida XX asr evropa san`atida keng 
tarqala boshlagan «modern» uslubi o`z aksini topa borgan. «O`rta Osiyo al`manaxi» shunday 
nashrlardan bo`lib, unda geometrik shakl va chiziqlar, ularning murakkab birlashma va hosilalari 
yaratilgan. XIX asr oxirida xattotlik, qo`lyozmalar tayyorlash bosmaxonalar yordamida kitob 
yaratish jarayoni juda kengayib ketdi. Bu so`zsiz xattotlik san`atiga bo`lgan talabni ham kamaytirib 
yubordi. Plakatning turli ko`rinishlari, afisha, reklama, amaliy grafik asarlar bu davrdagi Turkiston
badiiy muhitida etakchi o`rinni egallab, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etdi. 
Tasviriy san`at. XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Turkiston o`lkasi badiiy hayotida 
qalamtasvir va ayniqsa rangtasvir san`ati etakchi mavqeni egallab, bu san`at turlarida rus 
ijodkorlari peshqadam bo`ldilar. Bulardan V.Vereshchagin, N.Karazin, V.Veleje, O.Fedchenko va 
boshqalarni ko`rish mumkin. V.Vereshchagin «Turkiston» asarlari turkumini yaratdi, unda rus 
quroli, rus shuhrati ko`klarga ko`tarildi, jang manzaralari, mahalliy xalq vakillarini jazolash mavzui 
etakchilik qildi. S.Yudin manzara janrida san`at muhlislari orasida shuhrat qozongan edi. U 1889-
1923 yillarda Turkiston o`lkasi badiiy maktabida ustozlik qildi.
An`anaviy tasviriy san`at Samarqand, Buxoro, Qo`qon naqqosh –musavvirlari (Abdulhaq 
Maxdum, A.Donish, S.Siddiqiy va b.) ijodida ko`rinadi. Uy-joylardagi (maskovchi boylarning) 
devoriy rasmlari orasiga daryolarda suzib yurgan paroxod, temir yo`l, hayvonlar tasviri kabi yangi 
tasviriy ko`rinishlar kiritila boshlandi. Bu esa azaliy an`analarni o`zgarishiga olib keladi. 
Fan. XIX asrning ikkinchi yarmida O`rta Osiyoni Rossiya bosib olganidan so`ng o`lkani 
ilmiy jihatdan har tomonlama o`rganishga kirishildi. 1867 yil Turkiston harbiy topografiya bo`limi
tashkil qilindi. Bu bo`lim o`lkaning topografik xaritasini tuzish bilan shug`ullandi. 1867 yili 
Toshkentda metereologiya stantsiyasi ochildi. Birin-ketin tabiat, antropologiya va etnografiya 
havaskorlari jamiyatining Turkiston bo`limi (1870), O`rta Osiyo ilmiy jamiyati (1870) va boshqalar 
tashkil qilindi.
O`lkada ishlayotgan arxeologlar 1895 yilda Turkiston arxeologiya xavaskorlari to`garagiga 
birlashdilar. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Geografiya jamiyatining Turkiston bo`limi (1895) 
a`zolari tomonidan Orol dengizi, muzliklar, o`lkaning o`simliklar va hayvonot dunyosi, seysmik 
jarayonlari tadqiq etildi, foydali qazilma konlari ochildi. Rus olimlarining maxsus ekspeditsiyalari 
tuproqshunoslik va gidrologiya tadqiqotlari o`tkazdi. 1870 yilda Turkiston ommaviy kutubxonasi, 
1876 yilda Toshkent ommaviy muzeyi rus sharqshunoslarining sa`y-harakati bilan tashkil topdi. Bu 
muassasalar aslida Turkiston ma`naviy boyliklarini chorizm manfaatlari yo`lida o`zlashtirish 
yo`lida xizmat qilishi kerak edi. Muzeylardagi eng noyob boyliklar markazga - Sankt Peterburg
va Moskvaga olib ketilgan. 
Samarqand viloyatining Xo`jand tumanida Xoji Yusuf Mirfayozovning ilmiy-madaniy 
faoliyati ham diqqatga sazovor. Uning uyi Xo`jand madaniy markaziga aylangan. Falakiyotshunos, 


109 
matematika, geografiya, tabobat, tarix bo`yicha bilimdon Xoji Yusuf rahbarligida yaratilgan er shari 
globusi XIX asr ikkinchi yarmidagi ilmiy kashfiyotlardan biri edi. Globusda 1000 dan ortiq 
geografik nomlar joylashtirilgan. Umuman olganda, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Sattorxon 
Abdug`afforov, Saidrasul Saidazizov, Jo`rabek Qalandar qorio`g`li, Shohimardon Mirg`iyos o`g`li 
va boshqa ma`rifatparvarlar guruhi shakllangan. 

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling