Magistral gaz quvurlari. Magistral gaz quvurlarning o‘tkazish


O‘rta bosim gaz quvurlari (0,005


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana08.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1442242
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
04 Magistral gaz quvurlari. Magistral gaz quvurlarning o\'tkazish usulllari.

O‘rta bosim gaz quvurlari (0,005

0,3 MPa). Bu gaz quvurlariga sanoat 
korxonalari va past bosim gaz quvuriga gaz yetkazib beruvchi GRP lar ulanadi. 


Yuqori bosim gaz quvuri (0,3

0,6 MPa). Bu gaz quvuriga yirik 
iste’molchilar ulanadi. Bundan tashqari, bu gaz quvuridan GRP orqali o‘rta yoki past 
bosim quvurlari ham ta’minlanadi. 
O‘ta yuqori bosim gaz quvurlari (0,6

1,2 MPa). Bu gaz quvurlari shahar 
atrofida yarim xalqasimon yoki xalqasimon shaklda o‘tkazilib, undan yirik 
iste’molchilar, hamda shahar yuqori va o‘rta bosim gaz quvurlari GRP orqali 
ta’minlanadi. Har xil bosimdagi gaz quvurlari faqat GRP orqali bir-biriga ulanadi. 
Shahar gaz tizimi bosim turlariga qarab quyidagilarga bo‘linadi: 
a) bir bosqichli tizimlar
b) ikki bosqichli tizimlar; 
c) uch va ko‘p bosqichli tizimlar; 
Tizimlarni tanlashda shaharning satxi, umumiy iste’mol qilinadigan gaz 
miqdori, gaz manbaasining turi, gazlashtirishning ketma-ket bo‘lishi va iqtisodiy 
masalalarni inobatga olish kerak. 
4.1-rasm. Bir bosqichli 
gazlashtirish tizimlari. 
1-magistral gaz quvuri;
2-GRS;
3-xalqasimon past bosim gaz 
quvurlari;
4-iste’molchilarga tarmoq;
5-boshi berk gaz quvurlari. 
Bunday tizimda faqat past bosimli gaz quvurlari qo‘llaniladi. Bunday tizim 
ishchi posyolkalarda, kichik qishloqlarda ishlatilishi mumkin. Bunda faqat past 
bosimdagi gaz quvurlari o‘tkaziladi. Shuning uchun buni bir bosqichli deyiladi. U 
faqat turar joy binolari va mayda korxonalarni ta’minlaydi. Bunday tizimlarda faqat 
past bosim bo‘lgani uchun katta diametrdagi quvurlar qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Bu 
iqtisodiy tarafdan manfaatsiz. 
Ikki bosqichli gaz taqsimlash tizimlari kichik va o‘rta shaharlarda qo‘llanilib, 
o‘rta va past bosim gaz quvurlari ishlatiladi. O‘rta bosimdan sanoat korxonalar va 
past bosim gaz tarmoqlari GRP orqali ta’minlanadi. 
Bosimni oshirish gazlashtirish tizimida kichikroq diametrdagi quvurlar 
ishlatish imkonini beradi. Bu mablag‘larni tejashga olib boradi. Lekin, bosimni 
oshirib borish, tizimni ishlatishda katta talablar qo‘yadi. 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling