Magistral gaz quvurlari. Magistral gaz quvurlarning o‘tkazish
usulllari. Magistral gaz quvurlarini loyihalashdagi vazifalar.
Gaz
quvurlari, undagi bosim va gaz quvurining qo‘llanishiga qarab
quyidagilarga bo‘linadi:
a) magistral gaz quvurlari;
b) shahar gaz quvurlari;
c) sanoat gaz quvurlari
Magistral gaz quvurlari o‘ta yuqori bosimda ishlab (5,5
10 MPa.), gaz
konidan shaharlarga gaz yetkazib beradi. Shahar gaz quvurlari quyidagilarga
bo‘linadi:
tarqatish gaz quvurlari;
iste’molchilarga
tarmoq gaz quvurlari;
uy ichi gaz quvurlari;
Taqsimlash gaz quvurlari - gazni turar joy binolariga, sanoat va kommunal
korxonalarga yetkazib beradi. O‘tkazilishi bo‘yicha esa xalqasimon,
boshi berk
shaklida bo‘ladi.
Abonent tarmoqlari - gazni taqsimlash gaz quvuridan iste’molchilarga
yetkazadi.
Uy ichi gaz quvurlari - gazni turar joy binosi ichida tarqatib, gaz jihozlariga
yetkazib beradi.
Sanoat gaz quvurlari uchga bo‘linadi:
1) taqsimlash gaz quvurlaridan sanoat korxonasiga kiritish;
2) bo‘limlararo gaz quvurlari;
3) korxona ichi gaz quvuri;
Gazning bosimiga qarab shahar gaz quvurlari quyidagilarga bo‘linadi:
• past bosim gaz quvurlari 0,002
0,005 MPa;
• o‘rta bosim gaz quvurlari (0,005
0,3 MPa.);
• yuqori bosim gaz quvuri (0,3
0,6 MPa);
• o‘ta yuqori bosim gaz quvurlari (0,6
1,2 MPa);
Past bosim gaz quvurlari (0,002
0,005 MPa). Past bosim gaz quvurlariga
asosan, turar joy binolari, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari ulanadi.
Bunda
iste’molchining soatlik gaz sarfi 50 m3/soatdan kam bo‘lishi kerak. Chunki katta
gaz sarfini past bosimda uzatish uchun katta diametrli gaz quvurlari qurish kerak.
Bu esa iqtisod tarafdan manfaatsiz.