Magistral gaz quvurlari. Magistral gaz quvurlarning o‘tkazish


Yer оsti gаz оmbоrlаri (YОGО)


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana08.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1442242
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
04 Magistral gaz quvurlari. Magistral gaz quvurlarning o\'tkazish usulllari.

Yer оsti gаz оmbоrlаri (YОGО) - tоg‘ jinslаridаn yarаtilgаn gаz 
sаqlаgichlаrdir.
Yer osti gaz omborlari ikki turgа bo‘linаdi: 
• Sun’iy ishlаnmаlаrdаn hosil qilingan 
• G‘оvаkli qаtlаmlаrdа hosil qilingan 
Rejada joylashishi bo‘yicha gazlashtirish tizimlari ikki turga bo‘linadi:
• xalqasimon 
• boshi berk yoki tarmoqlangan tizimlar 
 Xalqasimon tizimlar - o‘zaro bog‘liq bo‘lgan tutash, xalqasimon gaz 
quvurlaridan iborat bo‘ladi. Bunday tizimning asosiy afzalligi, ularning 
ishonchligidir. Chunki, gazlashtirish tizimining biron-bir uchastkasida avariya sodir 
bo‘lib gaz oqimi berkilib qolsa, avariya bo‘lgan uchastkadan keyin joylashgan (gaz 
oqimi bo‘yicha) iste’molchilarga gaz qo‘shni, xalqasimon quvur orqali yetib boradi 
va iste’molchilarni gazsiz qolishga yo‘l qo‘ymaydi. 
 Bunday tizimlarning kamchiligi, ulardagi gaz quvurlarining umumiy 
uzunligining kattaligi va natijada qurilishga ko‘p kapital mablag‘ talab qilishidir. 
Tarmoqlangan, boshi berk tizimlar - shaharning har tarafiga tarmoqlangan 
boshi berk gaz quvurlaridan iborat bo‘ladi. Quvurlarning oxirgi uchastkalari o‘zaro 
tutashmagan. Shuning uchun bunday tizimlarga kamroq kapital mablag‘ sarf bo‘lib, 
qurilish arzonga tushadi. Lekin bunday tizimlarning biror joyida avariya bo‘lsa, bu 
joydan keyin joylashgan (gaz oqimi bo‘yicha) iste’molchilar gazsiz qoladi.
Tarmoqlangan, boshi berk tizimlar kichik aholi punktlarida, sanoat 
korxonalari hududida, hamda biror shaharni gazlashtirish jarayoni boshlanishida 
qo‘llanilishi mumkin. Bunda, avval shaharning har tomoniga boshi berk asosiy gaz 
quvurlari o‘tkazilib, asosan gaz iste’molchilari birinchi navbatda ta’minlanadi, 
keyinchalik esa, gazlashtirish rivojlantirib, boshi berk gaz quvurlari o‘zaro 
tutashtiruvchi gaz quvurlari bilan ulanib, xalqasimon gazlashtirish tizimlarini hosil 
qilishi mumkin. Shuning uchun boshi berk tizimlar kelajakdagi xalqasimon 
gazlashtirish tizimlarining asosini tashkil qilishi mumkin. 
Har bir quvurning zavod sharoitida tayyorlanishi, qat’iy nazorat qilinadi. 
Quvurdagi payvand choklari 3 turga bo‘linadi: 
bir chokli quvurlar; 
ko‘p chokli quvurlar; 


spiral chokli quvurlar; 
Bu quvurlarning ichida eng mustahkamligi yuqori bo‘lgan quvur spiral 
quvurlar hisoblanadi. Ular 100 MPA bosimgacha chidaydi. Har bir quvurning 
diametriga bog‘liq holda uning devor qalinligi belgilanadi: 
530 mm–7–8 mm; 
620 mm–8–9 mm; 
1400 mm–12–14 mm 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling