Magistral neft quvurlarining texnologik loyihasi Reja: Quvurlarni texnologik loyihasi uchun birlamchi ma’lumotlari
Quvurlarni texnologik loyihasi uchun birlamchi ma’lumotlari
Download 259.75 Kb.
|
Magistral neft quvurining texnologik loyihasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quvurlarni texnologik hisobi uchun birlamchi ma’lumotlari
- Neft va uning mahsuloti quvurlarini gidravlik hisobi
1.Quvurlarni texnologik loyihasi uchun birlamchi ma’lumotlari
Neft va uning mahsulotlari quvurlarining texnologik hisobi tarkibiga, quvurlarni gidravlik hisobi, jihozlashni tanlash, mexanik va issiqlik hisoblari, optimal (maqbul) quvur diametrini tanlash bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisoblari kiradi. Quvurlarni texnologik hisobi uchun birlamchi ma’lumotlari Quvurni yillik mahsulot o‘tkazuvchanlik qobiliyati (mln, t/yilda). Hisoblashda uni m3/soat va m3/sekund aylantiriladi. Quvur yotqiziladigan chuqurlikdagi tuproqni o‘rtacha oylik harorati; Neft va uning mahsulotlarini 20оС dagi zichligi р20, hamda 20оС ва 50оС dagi qovushqoqligi: V20 va V50; Quvur metalining mexanik ko‘rsatkichlari; Kapital va ishlatishdagi harajatlarni hisoblash uchun texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar; Quvur trassasini profil chizmasi. Neft va uning mahsuloti quvurlarini gidravlik hisobi Quvurning gidravlik hisobini asosiy vazifasiga: quvur uzunligi bo‘yicha umumiy bosimni yo‘qolishini aniqlash; haydovchi nasos stansiyalar sonini aniqlash va ularni trassa bo‘yicha joylashtirishlar kiradi. Gidravlik hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: O‘tkazuvchanlik qobiliyati va qovushqoqlik bo‘yicha quvur diametri va suyuqlikni oqish rejim (Reynolds) aniqlanadi. Quvurdagi (luping bo‘lsa) undagi bosimni yo‘qolishi va gidravlik nishob qiymatlari aniqlanadi. Trassa profil chizmasi bo‘yicha dovon nuqtasigacha bo‘lgan hisobli trassa uzunligi va geodezik nuqtalar farqi aniqlanadi. Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib, nasos stansiyalar aniqlanadi. Davon nuqta nima? – bu quvur trassasini balandlashgan joyi bo‘lib, shu yerdan hisobli neft yoki uning mahsulotlarini keyingi punktgacha (NSgacha) o‘zicha oqib kelishini ta’minlovchi nuqta. Quvurlarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati deganda hisobli maqbul parametrlarda (ko‘rsatkichlarda) va qabul qilingan rejimda, quvur orqali maksimal haydalgan neft yoki neft mahsulotlarining miqdori tushuniladi. Yuqoridagilarga asoslanib, neft va uning mahsuloti quvurlarining texnologik hisobining mazmuni bilan tanishib chiqamiz. Yillik mahsulot o‘tkazuvchanligi bo‘yicha, quvurning soat yoki sekund davomidagi o‘tkaziladigan neft yoki neft mahsulotni miqdori aniqlanadi. Bu yerda: - quvurni yillik mahsulot o‘tkazuvchanligi; m/yil; 350- quvurni yil davomidagi ish kuni; - neft yoki uning mahsulotining zichligi t/m3; 24-soat; 3600-sekund. Aniq o‘tkazuvchanlik qobiliyati va qabul qilingan suyuqlikni oqish tezligiga ko‘ra (1,5÷2,5 m/s) quvur diametri aniqlanadi. Bu yerda: - quvurni sekunddagi o‘tkazuvchanlik qobiliyati, m3/s; - suyuqlikni oqish tezligi, m/s. Aniqlangan quvur diametrini GOST bo‘yicha yaxlitlanadi. Quvurning devor qalinligi mexanik hisoblash orqali aniqlanadi. Quvurni gidravlik hisoblari quyidagi ifodalar yordamida amalga oshiriladi. Yumoloq qirqimga ega bo‘lgan quvur ichidagi bosimni ishqalanishdagi (hт) kamayishi Darsi-Veysbax ifodasi orqali hisoblanadi. Bu yerda: - gidravlik qarshilik koeffitsiyenti; - quvur uzunligi, m; - quvurni ichki diametri, m; – suyuqlikni harakat tezligi, m/s; - erkin tushish tezligi. m/s2 (9,81 m/s2 qabul qilinadi). Gidravlik qarshilik koeffitsiyenti ƛ o‘lchov birligiga ega bo‘lmagan son. U suyuqlikni xarakat rejimiga bog‘liq bo‘lib, Reynolds (Ре) kriteriyasi bilan tavsiyalanadi. U o‘z navbatida suyuqlikni o‘rtacha tezligiga (ω); quvur diametriga (d) va suyuqlikni kinematik qovushqoqligiga (v) bog‘liq. Suyuqlik oqimi laminar bo‘lganda (Re˂2000da), yumaloq qirqimli quvurlarda ishqalanish (gidravlik) koeffitsiyent ko‘rsatkichi faqat Re soniga bog‘liq bo‘lib, u Stoks ifodasi bilan aniqlanadi. Re˃3000 da suyuqlik oqimi turbulent rejimida bo‘ladi. Re=2000-3000 oralig‘ida bo‘lganda ikkala oqish rejimini ko‘rish mumkin. Turbulent oqimida, faqat Re kriteriyasiga bog‘liq bo‘lmay, quvurning g‘adir budurligiga (ε), silliqligiga; yangi yoki eskiligiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq bo‘lib, gidravlik qarshilik koeffitsiyenti, tegishli ifodalar yordamida aniqlanadi. Hisoblash ifodalari asosiy o‘quv adabiyotlari batafsil keltirilgan. Loyihalash texnologiyasi normalariga ko‘ra magistral quvurlarni amaliy hisoblashda Re сони 2000 dan 3000 gacha bo‘lganda koeffitsiyentini aniqlashda quyidagi emirik ifodadan foydalaniladi. J=(0,16 Re-13) 10-4 Quvurning gidravlik nishobi (i)aniqlanadi. Gidravlik nishob bosimni ishqalanish natijasida yo‘qolishini (hт), quvur uzunlik birligiga bo‘lgan nisbatidir. yoki Suyuqlikni quvuurdagi oqish tezligi (m/s) quyidagi ifoda orqali aniqlanadi. Bu yerda: -haydalayotgan suyuqlik miqdori, m3/s. Quvur uzunligi bo‘yicha umumiy bosimni yo‘qolishi quyidagi ifoda orqali hisoblanadi. H=hт+Σhm+ΔZ Bu yerda: Σhm – mahalliy qarshiliklardagi bosim yo‘qolishining yig‘indisi. ΔZ – quvur trassasini ohirgi va boshlang‘ich nuqtalarining joylashish balandliklari o‘rtasidagi farqni ko‘rsatuvchi belgi. Mahalliy qarshilik bo‘yicha bosimni yo‘qolishi quyidagi ifoda bo‘yicha hisoblanadi. Bu yerda: ξ-mahalliy qarshilik koeffitsiyenti. Uning qiymati mahalliy qarshilikni turiga ko‘ra jadval yordamida qabul qilinadi. φ – to‘ldirish koeffitsiyenti (turbulent rejim uchun φ=1; laminar rejim uchun uning qiymati Re va ξ larga ko‘ra grafik bo‘yicha qabul qilinadi). Nasos stansiyalarining asosiy jihozlari tanlanib, ularningsoni va joylashtirish ishlari amalga oshiriladi. Neft va uning mahsulotlari magistral quvurining nasos stansiyalarining asosiy jihozlariga, nasoslar va ularni harakatga keltiruvchi elektrodvigatellar kiradi. Asosan markazga intilma nasoslar qabul qilinib, kerakli o‘tkazuvchanlik qobiliyati bo‘yicha, ularning turlari kataloglardan tanlab olinadi. Nasos stansiyalar soni umumiy ko‘rinishdagi ifoda yordamida aniqlanadi. Bu yerda: i – quvur uzunligi, agar dovon nuqtasi shungacha bo‘lgan masofa, km. - stansiyada hosil qilinayotgan bosim. Agar stansiya markazga intilma nasoslar bilan jihozlangan bo‘lsa, kerakli bosim, stansiya kommunikatsiyalarda bosimning yo‘qolishini hisobga olib, nasos stansiyalar soni quyidagi ifoda yordamida topiladi. Bu yerda: Нр – quvur ichidagi hisobli bosim. U ishlatiladigan quvurni chidamlilik qobilyatiga ko‘ra aniqlanadi, m; - stansiya quvur kommunikatsiyalarida yo‘qotishlardan tashkil topgan qo‘shimcha bosim, m. Haydovchi nasos stansiyalarni quvur uzunligi bo‘yicha joylashtirish V.G.Shuxovning analitik-grafik metodi bo‘yicha amalga oshiriladi. Download 259.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling