Magistral neft quvurlarining texnologik loyihasi Reja: Quvurlarni texnologik loyihasi uchun birlamchi ma’lumotlari


Neftquvurlar uzatmalarning sinflari va tarkibiy qismlari


Download 259.75 Kb.
bet3/9
Sana02.06.2024
Hajmi259.75 Kb.
#1834731
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Magistral neft quvurining texnologik loyihasi

Neftquvurlar uzatmalarning sinflari va tarkibiy qismlari
Neft va neft maxsulotlarini xaydash uchun mo`ljallangan quvurlar uzatmasini neft quvurlar uzatmasi deb ataladi.
Xaydalayotgan neft maxsulotlrining turiga qarab quvurlari uzatmasi bizga ma’lumki, neft, gaz va neft maxsulotlarini uzoq masofalarga quvur transporti orqali uzatish jarayonida yetarlicha muammolar tug’iladi. Bu muammolarni asosiy sabablaridan biri fikrimizcha quvur uzatkich tizimlarida xaydalayotgan maxsulotlarni hamma xususiyatlarini xisobga olmasdan, ma’lum kamchiliklar bilan texnologik xisoblashdir. Agar biz maxsulotni quvur transporti orqali uzatish tizimi texnologik jarayoniga tegishli barcha, ham texnik, ham iqtisodiy xisoblash ishlarini aniq va to’g’ri olib borsak, katta isrofgarchiliklarning oldini olgan bo’lar edik.
Bu amaliy mashg’ulotni bajarish davomida men, magistral neft va magistral gaz quvurlari gidravlik xisoblashlarini to’liq keltirib, bunda avvalo kon maydoniga ishlatiladigan quvurlar haqida, keyin tayyor neft va gazni uzatish tizimida kerakli xisob ishlarni bajarmoqchimiz. Ya’ni xisoblashlar natijasida olingan natijalar asosida ma’lum masofaga neft va gazni transport qilishda oraliq nasos stansiyalar va kompressor stansiyalar turi va sonining eng optimal varianti aniqlash asosiy maqsad deb bilsak. Bundan kelib chiqib nasos stansiyalar joylashish grafigi, gaz quvuri trasasida bosim tushish grafigi va ikkita nasos stansiyalari orasidagi bosim tushish grafiklari keltirilgan.
Quvurlar tasniflanishi.
Neft koni maydonidagi quduqlar maxsulotini tashish (transport) uchun ishlatiladigan quvurlar quyidagi asosiy kategoriyalarga bulinadi.
1.Vazifasiga ko`ra-neft quvurlari, gaz quvurlari, neftgaz quvurlari, neftgaz quvurlari;
2.Bosim tasnifiga ko`ra-bosimli va bosimsiz;
3.Ishchi bosim miqdoriga ko`ra-yuqori bosimli 64∙105 Pa;
4.Yotqizilish usuliga ko`ra-yer ostida, yer ustida va suvda;
5.Funksiyasiga ko`ra-
a) ichki liniya ya’ni quduq ustidan guruxiy ulchov qurilmasiga (AGZU)
b) neft, gaz, suv va neftgaz suvni yig’uvchi kolektorlar;
v) tayyor neftni tashuvchi;
Barcha magistral quvurlarni diametri bo`yicha quyidagi 4 sinfga ajratish mumkin:
1. Ø = 1400 ÷ 1000 mm
2. Ø = 1000 ÷ 500 mm
3. Ø = 500 ÷300 mm
4. Ø = 300 mm dan kichik bo`lgan quvurlar hozirgi kunda dunyo bo`yicha eng katta diametr ega boqlgan magistral quvur diametri Ø = 1420 mm ga teng.
Xamma suyuqlik haydaladigan quvurlarni napor xarakteriga ko`ra ikkita: suyuqlik, quvur kundalang kesim yuzasini to’ldirib oqadigan va quvur kundalang kesim yuzasini to’ldirib xarakatlansa, naporli harakat, oqim hosil qilsa naporsiz harakat deb yuritiladi.
Odatda kon maydonidagi ichki liniyalar va neft yig`ish kollektori quvurlarida naporsiz oqim xosil qilish kuzatiladi. Quvurda neft harakatlinishi jarayonida quvurlarning yuqori fazasida separatorlar yomon ishlashi natijasida neft tarkibidan gaz ajralib chiqib bo`sh joyni (yuqori faza) egallaydi. Bu esa o`z navbatida quvurda gaz bosimi (kengayshi natijasida) oshib quvurning neft utkazish qobiliyatini yomonlashishiga olib kilishi mumkin.
Ma’lumki, kon maydonida ichki liniyalar orqali neft va uning maxsulotlari quduqdan AZGU gacha quduq usti bosimi xisobiga amalga oshiriladi. Ichki liniya diametri quduq debitidan kelib chiqib 75 – 150 mm qilib qabul qilinadi va yer tagida yotqiziladi. Ichki liniyalar texnik-iqtisodiy xisob qilinib, 4km gacha cho`zilishi mumkin. AGZUdan DNS (dojimnoy NS) gacha yoki UPPG (pervichny podgotovki gaza) gacha odatda diametri 100 – 350 mm, uzunligi 10 km bo’lgan yig`uvchi kollektorlar yotqiziladi.

Download 259.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling