Ilmiy bilimning metodologiyasi - ilmiy-tadqiqot faoliyatni olib borishning formasi, yo’llari va printsigshari.
Modellashtirish - ob`ektning (originalini) ayni nusxasini (model) o’rganish holati. Originalning o’rnini bosuvchi, aniqligini atroflicha o’rganish, o’rganilayotgan ob`ektni xususiyatlarini saqlagan holda amalga oshiriladi. Lekin model ob`ektni o’rganishga qulayligi bilan boshqalardan ajralib turadi.
Kuzatish - borliqni ob`ektiv maqsadli qabul qilish, ob`ektni tashqi qiyofasi, xususiyatlarini, ob`ektga munosabatlarni ta`minlaydi.
Ilmiy mavzu - ilmiy xarakterga ega bo’lgan vazifa bo’lib u ilmiy-tadqiqot olib borishni talab etadi. Ilmiy tadqiqotni reja asosida olib borish ko’rsatgichidir.
Umumlashtirish - fikrlash uslubi va uni natijasida o’rganilayotgan ob`ektni va uning xususiyatlarini belgilab beradi.
Tadqiqot ob`ekti - ma`lum bir jarayon yoki hodisa bo’lib, o’rganish uchun tanlangan va muammoli vaziyatni echimiga qaratilgan tekshirish faoliyatidir.
Tushuncha - predmetlarni farqlashtiruvchi, o’zaro munosabatlarni bildiruvchi fikr, yaxlitlash.
Tadqiqotning predmeti - tadqiqot etilayotgan ob`ekt ichida bo’lib o’tadigan, tadqiqotning ilmiy echimiga qaratilgan metod, mazmun, shakllari, vositalari.
Bashorat qilish - biror-bir xodisaning istiqboldagi rivojini maxsus ilmiy tadqiqot etish.
Eksperiment - lotincha so’z bo’lib, sinab ko’rish «tajriba qilib ko’rish» ma`nosini anglatadi. Asosan ta`lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbiq jarayonini aniqlash maqsadida
o’tkaziladi.
Tajriba* sinovni olib borish materiali - tajriba-sinov materiali ilmiy izlanuvchi tomonidan tayyorlanadi. Ilmiy raxbar bilan kelishiladi. Tajriba ob`ektidagi rahbar va o’qituvchilar roziligi olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |