Magistrantning ilmiy-tadqiqot ishlari. Magistrlik dissertatsiyasi strukturasi texnologiyasi
Download 24.37 Kb.
|
Magistrantning ilmiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba-sinov ishlarini natijalash
- 5. Dissertatsiyaning ilmiy farazi
Tajriba-sinov sinfi - tajriba-sinov ishlari aniq bir sinfda sinf rahbari va dissertant hamkorligida olib boriladi. Tajriba-sinov sinfiga teng tayyorgarlikka ega parallel nazorat sinf tayyorlanadi. Tajriba sinov ishlari natijalari har ikki sinfda bir-biriga taqqoslanib natijalar chiqariladi.
Tajriba-sinov ishlarini natijalash - tajriba-sinov jarayonining boshlang’ich natijalari har chorakda yakunlab boriladi. Yo’l-yo’lakay ayrim zarur hollarda tuzatishlar o’rnatilgan tartibda kiritilib boriladi. Ish yakunida o’quvchilarni o’zlashtirish, tarbiya topganlik dinamikasi ko’rsatiladi. Natijalari matematik-statistik hisoblar asosida yakunlanadi. 5. Dissertatsiyaning ilmiy farazi Faraz, qarama-qarshi qarashlar muammolarning echimini va mavjud vaziyatdan chiqish qolatlarini o’z ichiga oladi. Jarayonga ijodiy yondashish orqali uning ilmiy echimini topishga qaratiladi. Unda ko’pincha maqsadga etish va uni amalga oshirish uchun nimani qanday qilib amalga oshirishni o’z ichiga oladi. Dissertatsiyaning ilmiy farazi quyidagi mezon va talablarga javob berishi kerak: - taklif etilayotgan farazni printsipal tekshirish, nazorat etish mumkinligi; - uning maksimal tushunarli, ketma-ketligi; - uni amalda ijro etish mumkinligi; - mantiqan o’zaro bog’liqlik bo’lishi kerak; - ilgari surilayotgan faraz-mavjud bo’lgan bilimlar bilan aloqadorligi. Har qanday ilmiy faraz tadqiqot natijasida o’z isbotini talab etadi. Ilmiy izlanishda faqatgina muammolarni echibgina qolmay, ma`lum qonuniyatlarga bo’ysunishi talab etiladi. Ilmiy faraz qo’yilgan muammolar echimiga qaratilibgina qolmay, uning mantiqiyligini, ilmiy izlanishning maqsadini qo’yilgan muammoning echimini ko’zda tutadi. Ilmiy faraz muammolarni ilmiy maqsad va echimlarga erishish yo’llariga qaratiladi. Masalan, ta`lim jarayonida harakatli o’yinlardan foydalanish (boshlang’ich sinflarning jismoniy tarbiya darslari misolida) mavzusida tadqiqotning ilmiy farazi quyidagicha shakllanishi mumkin: - birinchidan, maktab o’quvchilarining jismoniy tayyorgarligi, individual-psixologik xususiyatlari, uning motivlar sohasi o’rganib chiqilganda; - ikkinchidan, maktab o’quvchilari uchun sinfdan tashqari tadbirlarda jismoniy chiniqishga mo’ljallangan didaktik tizimni ta`minlaydigan metodik majmualar ishlab chiqilganda; - uchinchidan, turli tizimli musobaqalar, sog’lom turmush tarzini reklama qiluvchi tarbiyaviy tadbirlar, suhbatlar, kechalar uyushtirilib, o’quvchilarning sport turlariga qiziqishlari inobatga olingan qolda to’garaklarga qabul qilinganda; - to’rtinchidan, o’quvchilarning jismoniy, ruhiy hamda intellektual qobiliyatlari uyg’unlikda o’stirilganda oila, sinf va maktabdagi pedagogika haqida psixologik muqit atroflicha o’rganib ularning hamkorligi rivojlantirilganda. YUqorida bayon qilinganlar asosida dissertantning maqsadi, keltirilgan ilmiy farazning isbotini topishdan iboratdir.
Download 24.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling