Magistrantning ilmiy-tadqiqot ishlari. Magistrlik dissertatsiyasi strukturasi texnologiyasi


Download 24.37 Kb.
bet10/10
Sana16.06.2023
Hajmi24.37 Kb.
#1490415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Magistrantning ilmiy

6. Ilmiy ishning vazifalari

Dissertatsiyaning vazifalari uning farazlaridan kelib chiqadi. Odatda dissertatsiyaning ilmiy farazi qam, vazifalari ham 3-4 banddan oshmaydi. Ana shunda, ilmiy ishning mazmuni, matni uch bo’limdan iborat bo’lishini ta`minlaydi.

Jumladan:

1. Mavzuni vazifalarini o’rganish va taqlil qilish asosida, ilmiy izlanish vazifalarini shakllantirish.

2. Qo’yilgan vazifalarni dissertant tomonidan taklif etilgan echimlari.

3. Qabul qilingan qaror va vazifalar echimini (mantiqiy isbotlanishi, tajriba-sinov ish natijalarini, qayta ishlash va uning natijalarining tatbiq etilishi haqida ma`lumotlar berish).

Dissertatsiya matnida keltirilgan farazlarning tasdig’ini toptirish uchun quyidagi ilmiy vazifalarni echimi ko’zda tutiladi.

1. Birinchi vazifani amalga oshirish.

2. Ikkinchi vazifani amalga oshirish.

3. Uchinchi vazifani bajarish shakllantiriladi. Vazifalarni bajarishni shakllantirishda ilmiy

ishning metodlari bilan adashtirib yubormaslik kerak.

6. Tadqiqotning metodologik asoslari va ilmiy izlanish metodlari.

Ilmiy tadqiqotning metodologik asosi fundamental ish bo’lib, u tadqiqot metodini tanlab olish, uning natijalarini taqdim etish va boshqa elementlarini yoritishi bilan ularning ish faoliyatlaridan farq qiladi. Ilmiy tadqiqotning metodologik xarakteristikasi ishni kirish qismida quyidagi shaklda keltiriladi: nazariyaning nomi, kontseptsiyasi, ilmiy yo’nalishi va unga asos solgan shaxslarning alfavitli ro’yxati, ularni hal etishda hissa qo’shganlar va rivojlantirganlar familiyasi, ismi, nomlari keltiriladi.

Keltirilgan kontsepsiyada avval falsafiy, aniq fan yo’nalishi, shu sohada ilmiy tadqiqotlar maqsadi, ob`ekti va predmetiga to’xtab o’tish maqsadga muvofiqdir.

Keyingi keltirilgan uchta komponentlar ilmiy tadqiqotning nazariy bazasini tashkil etadi.

Metodologik asoslar keltirilgach tadqiqot metodlari belgilanadi. Belgilangan metodlar qo’yilgan vazifalarga mos kelishi kerak.

Ilmiy tadqiqotni o’tkazishda ham nazariy, kuzatish, taxliliy metodlarni qo’llayvermasdan, ulardan ishda qo’yilgan vazifalarga mosini tanlab, ya`ni tanlangan metodlar, qo’yilgan vazifalarga moslanib, ketma-ketlikda olingani ma`qul.

Masalan, nazariy asoslari; faoliyatga, shaxsga, tizimli yondashuv, modellashtirish, qiyosiy, tarixiy, tahlil, sintezlash, qiyoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish, solishtirish, tushunchalarni tahlil asosida olinishi mumkin. YUqoridagi metodlar nazariy holatni interpretatsiya, tahlil va umumlashtirish imkonini beradi.

Empirik metodlarda esa ma`lum ma`lumotlarni, ilmiy faktorlarni to’plash, pedagogik o’lchovlar (ro’yxatdan o’tkazish, oranjirovka qilish, shakllantirish, testlashtirish), kuzatuvlar olib borish, faoliyat mahsulotlarini o’rganish, hujjatlarni o’rganish, so’rovlar o’tkazish metodlari (anketa, suhbat va intervyu, sotsiometriya, xolis xarakteristikalar olish) pedagogik konsiliumlar o’tkazishlarni o’z ichiga oladi.

Tajriba-sinovda tadqiqot farazlari yangiliklari tekshirib ko’riladi. Ob`ektdagi miqdoriy o’zgarishlar matematik-statistika metodlari orqali ishlov berilib yakunlanadi.

Didaktik tadqiqotlarda ko’pincha o’quvchilarning bilim darajalari, tushuncha, ko’nikma, malaka ko’rsatgichlari bilan cheklanadilar. Albattta, bu ko’rsatgichlarni tahlili ham ta`lim darajalarini muhim mezonlari hisoblanadi.

Bunday baholashning qiyinchiligi shundaki, pirovard natijalarni olishda har bir tadqiqotchi o’zi tuzgan yozma nazariy ishi va testlar asosida xulosalar chiqaradi.

Ko’pincha tajriba-sinovda ishtirok etayotgan o’qituvchilar tomonidan qo’yiladigan baholarga suyanadilar va shu asosda xulosalar chiqaradilar. Albatta bunday xulosa natijalari sub`ektivlikka sabab bo’ladi. Bunday holatlarni tajriba-sinovlarning boshqa holatlariga qiyoslash va solishtirganda qiyinchiliklar tug’iladi.

Testlarning tuzilishi va murakkabligi turlicha bo’lishi natijasida o’quvchilarning bilim darajasini haqiqiy emasligiga sabab bo’lishi mumkin.

Haqqoniy natijalarni standartlashtirilgan yozma ish va testlar yordamida aniqlash maqsadga muvofiqdir.

Har qanday tadqiqotning yangiligi, odatiy h.odisa yoki qabul qilingan tushunchalardan, o’zgarish, o’sish, yangilanishga qadam qo’yishdan boshlanadi.

Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda jumladan, pedagogik tadqiqotlarni olib borishda modellashtirish metodlari keng tarqalgan.

Model shunday narsaki u konstruktsiyalashgan, ular ma`lum belgilar asosida tuzilgan bo’lib, asosan implitatsiya (moslashtirish) qoidalari asosida tuzilganligi uchun fikr yuritishga yordam beradi.

Modellashtirishda ob`ektning tuzilishi ichki qurilmalari, strukturalar asosida tuziladi. SHular asosida empirik (kuzatish, tahliliy) aniqlangan mazmunlar sintezlashib tushunishga imkon yaratib beradi.



Hodisa, jarayon, voqealarni tahlil qilish orqali tushunish, oson o’zlashtirish imkonini ochib beradi. YA`ni qilingan tadqiqotning natijalarini texnologiyalashtirishni osonlashtiradi.
Download 24.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling