Magistratura bo
Bajaruvchi magistrant:___________ Q.Tursunboyev
Download 40.44 Kb.
|
Q.Tursunboyev магистр ишчи дастури
- Bu sahifa navigatsiya:
- « Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish... »
KIRISH. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda mevali bog‘lar qator oralari tuprog‘ini himoya zonasini qoldirish bilan yumshatadigan, nam saqlaydigan, begona o‘tlarni yo‘qotadigan, yuqori hosil olishni ta’minlaydigan yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan zamonaviy resurstejamkor texnika va texnologiyalarni yangi ilmiy-texnikaviy yechimlarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu borada, bog‘ qator oralari tuprog‘iga bir o‘tishda ekin ekishga tayyorlovchi kombinasiyalashgan mashina va ish organlarni ishlab chiqish hamda ularni bir ramada maqbul sxema bo‘yicha joylashtirish yo‘li bilan energiya tejamkorligini ta’minlaydigan texnologik jarayoni va parametrlarini asoslashga alohida e’tibor berilmoqda. Respublikada meva yetishtirishda mehnat va energiya sarfini kamaytirish, resurslarni tejash, ilg‘or texnologiyalardan foydalanish va yuqori unumli qishloq xo‘jalik mashinalarini ishlab chiqish yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi» da, jumladan «Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish...» bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan [2]. Ushbu vazifalarni amalga oshirish, jumladan, agrotexnik talablar asosida bog‘ qator oralarini bir o‘tishda ekin ekishga tayyorlovchi energiya-resurstejamkor mashina ishlab chiqish va uning asosiy ish organlari parametrlarini asoslash muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi» to‘g‘risidagi Farmoni [2], 2019 yil 20 martdagi PQ-4246-son «Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi [3] va 2019 yil 31 iyuldagi PQ-4410-son «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi Qarorlari [4], hamda mazkur faoliyatga tegishli me’yoriy-xuquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Download 40.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling