Magistratura bo


Download 40.44 Kb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi40.44 Kb.
#1413516
1   2   3   4   5
Bog'liq
Q.Tursunboyev магистр ишчи дастури

Tadqiqot ob’ekti. Bog’ qator oralari tuproklarining fizik-mexanik xossalari, bog’larda tuproqqa ishlov berish texnologik jarayonlar va kombinatsiyalashgan mashinaning tekislagich ish organi.
Tadqiqot predmeti. Bog’ qator oralarini bahorgi ekinlarni ekishga tayyorlovchi kombinatsiyalashgan mashinaning va uning tekislagich ish organlarining konstruktiv-texnologik parametrlari, ish rejimlari, ish jarayonning sifat va energetik ko’rsatkichlarini o’zgarish qonuniyatlarini tashkil etadi.
Tadqiqotning vazifalari
- tuproqni ekin ekishga tayyorlashda tekislash ishlarini bajaruvchi tekislash mashinalari va tekislagich ish organi bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinalarni bo‘yicha ilgari bajarilgan tadqiqotlarni tahlil etish;
- bog‘ qator oralari bir o‘tishda ekin ekishga tayyorlovchi resurstejamkor texnologiya va uni amalga oshiruvchi tekislagich ish organi bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinaning konstruktiv sxemasini ishlab chiqish;
- kombinatsiyalashgan mashinaning tekislagich ish organi parametrlarini aniqlash bo‘yicha nazariy va eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish;
- tekislagich ish organi bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinaning iqtisodiy ko’rsatkichini aniqlash.
TADQIQOT USULLARI
Ish jarayonida nazariy tadqiqotlar nazariy mexanika, oliy matematika va pona nazariyasi asosida analitik va grafoanalitik usullar bilan, eksperimental tadqiqotlar hamda sinovlar laboratoriya va dala sharoitlarida ishlab chiqilgan tekislagich ish organi bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashina tajriba nusxasini qo’llab, Tst 63.04.2001 «Ispыtaniya selskoxozyaystvennoy texniki. Mashiny i orudiya dlya poverxnostnoy obrabotki pochvy. Programma i metody ispytaniy» va Tst 63.03.2001 «Ispytaniya selskoxozyaystvennoy texniki. Metody energeticheskoy otsenki mashin» [5, 6] me’yoriy hujjatlar bo’yicha o’tkaziladi. Tajribalarda olingan natijalarga matematik statistika usuli bilan ishlov beriladi [7-8].
Kombinatsiyalashgan mashinaning tekislagich ish organi parametrlarining maqbul qiymatlari ko’p omilli eksperimentlarni matematik rejalashtirish asosida aniqlanadi [9-10].
O’tkazilgan tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan tekislagich ish organi bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan mashinaning iqtisodiy samarasi RD Uz 63.03-98 «Ispytaniya selskoxozyaystvennoy texniki. Metody rascheta ekonomicheskoy effektivnosti ispыtyvaemoy selskoxozyaystvennoy texniki» [11] asosida xo’jalik sinovlarining natijalari va me’yoriy hujjatlar materiallaridan foydalanib aniqlanadi.

Download 40.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling