Magistratura bo


Download 40.44 Kb.
bet3/5
Sana30.04.2023
Hajmi40.44 Kb.
#1413516
1   2   3   4   5
Bog'liq
Q.Tursunboyev магистр ишчи дастури

Muammoning organilganlik darajasi. Bog’larda qator oralari tuproqlariga energiya resurstejamkor ishlov berish texnologiyalarini takomillashtirish, faol va passiv ish organli tuproqqa ishlov beradigan bog’dorchilik mashinalari konstruktsiyalarini yaratish, mashinalar sxemasi va ish organlar parametrlarini asoslash bo’yicha xorijda: R.Pellens, R.Deliron, G.Baraldi, E.Baldini, M.Carrara, G.Peri, F.Pipitone. G.Russo, A.Gaetano, G.Vivaldi, B.Gennaro, S.Camposeo, G.Ferrara, M.Fracchiolla, A.Chami, S.Camposeo, C.Lasorella, A.Pacifico, A.Aly, P.Montemurro, H.Michael, V.Misic, S.Buskoflap, L.Manov, V.Stoychev, X.Nankov, P.M.Vasilenko, P.T.Babiy, A.S.Kushnarev, I.B.Berenshteyn, Ya.Z.Jilitskiy, N.I.Gerasimov, V.V.Bыchkov, V.A.SHevkun, L.N.Makarov, K.A.Manaenkov, F.A.Mamedov, M.M.Gasanov va boshqalar shug’ullangan.
Respublikamizda bog’larning qator oralari tuproqlariga ishlov beradigan mashinalarni yaratish buyicha T.T.Axmedov, X.Kuishnazarov, Yu.YA.Sichev, Yu.M.Djavakyants, R.I.Baymetov, T.S.Xudoyberdiyev, A.Tuxtakuziyev, F.M.Mamatov, I.T.Ergashev, A.T.Musurmonov va boshkalar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan tadqiqotlarda daraxtlar ildiz tizimining turli chuqurliklarda yotishini nazarda tutib, tanasi atrofida minimal ximoya zonasini ta’minlashni xisobga olgan xolda bog’ qator oralari tuproqlariga ishlov beradigan mavjud texnik vositalarini takomillashtirish masalalari o’rganilgan. Lekin bog’ qator oralaridan unumli foydalanish maqsadida sabzavot, poliz ekinlarini ekishga tayyorlash jarayonlarini bir borib qaytishda bajaruvchi kombinatsiyalashgan agregat yaratish masalalari yetarli darajada o’rganilmagan. Shulardan kelib chiqqan xolda mazkur ish bog’larda daraxtlar qator oralari tuprog’ini baxorgi ekishga tayyorlovchi kombinatsiyalashgan resurstejamkor agregat yaratishning ilmiy-texnik yechimlarini ishlab chiqishga bag’ishlangan.
Tadqiqotning maqsadi. Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos bog‘ qator oralaridan samarali foydalanish uchun bir o‘tishda tuproqni ekin ekishga tayyorlovchi kombinasiyalashgan mashinani ishlab chiqish va uning tekislagich ish organlarining parametrlarini asoslash yo‘li bilan ish sifatini oshirish hamda sarf harajatlarni kamaytirishdan iborat.

Download 40.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling