Magistratura bo’limi musiqa ta’lim va san’AT
Download 40.35 Kb.
|
Mavluda Kurs ishi
TerDPI MAGISTRATURA BO’LIMI MUSIQA TA’LIM VA SAN’AT 1-KURS MAGISTRANTI NORMURODOVA MAVLUDANING MUSIQA PEDAGOGIKASI FANIDAN KURS ISHI d
Reja: Kirish. I.Bob. Musiqa pedagogik jarayonlari haqida tushuncha. I.1. Musiqiy tarbiyalashning maqsadlari, vazifalari va tamoyillarining o’zaro bog’liqligi. I.2. Musiqiy ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlari. II.Bob. Pedagogik maxorat haqida. II.1. O’qituvchi pedagogik maxoratining ijtimoiy va kasbiy mazmuni. II.2. Pedagogik maxorat-pedagogik faoliyat san’ati sifatida. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish. O’zbekiston Respublikasida keyingi yillarda barcha soxalarda siyosiy – iqtisodiy o’zgarishlar bo’lgani kabi xalq ta’limi sohasida ham katta o’zgarishlar ro’y berdi. «Ta’lim to’g’risidagi» qonun, «Kadrlar tayyorlash» Milliy dasturi»ni ro’yobga chiqarish sifat ko’rsatkichi bosqichiga kirdi. Davlat ta’lim standarti, o’quv dasturi, Yangi avlod darsliklarini yaratilishi hamda madaniy rivojlanishni yuqori bosqichlarga ko’tarish, jaxon hamjamiyati safidan munosib o’rin egallashga yo’naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Yangi ta’lim standartlarni o’zlashtirish mustaqil fikr yuritishga undash, yangi texnologiya asosida ish olib borish bevosita o’qituvchi faoliyatiga bog’liqdir. Ta’lim samaradorligini oshirish, davlat ta’lim standartlarining bajarilishini tahminlash, ta’limning sifat ko’rsatkichini kafolatlashda zamonaviy texnologiya hal qiluvchi omillardan bo’lib bormoqda. Zamonaviy pedagogika ta’limi tizimining Maqsadi yangi toifaga mansub bo’lgan o’qituvchining uzluksiz umumiy va kasb kamolotiga erishishdan iborat, chunki umumiy ta’lim maktabi o’qituvchi oldiga, uning kasb malakasiga va shaxsiy xislat xamda fazilatlariga nisbatan yuksak talablarni ko’ymokda. O’qituvchini tayyorlash oliy O’quv yurtidagi butun ta’lim-tarbiya ishlarining majmui vositasi bilan amalga oshiriladi, O’quv jarayoni va darsdan tashkari ish uning asosiy tarkibiy kismlari xisoblanadi. Muntazam yondashuv talabalarda o’qituvchi kasbi uchun zaruriy bilim maxorat ko’nikmalarni xamda shaxsiy xislatlarni rivojlantirish uchun oliy ta’limning barcha imkoniyatlaridan foydalanishni ta’minlaydi. Shu vazifani muvaffakiyatli xal etishini ta’miylandigan vositalar orasida musiqa- pedagogika soxasi uchun pedagogik maxorat asoslarini tarkib to’tirish katta axamiyatga egadir. Bu vosita bo’lajak o’qituvchilarni kasbga tayyorlash tizimining tarkibiy kismidir. Talabalarning nazariy bilimi, tayyorgarligi ularning bilim doirasini kengaytirish uchun kulay sharoit yaratadi, bo’lajak musiqa o’qituvchisining shaxsini shakllantirish vositasi bo’lib xizmat kiladi, talabalarda pedagogik mexnati ko’nikmalarini, maxoratini, bu mexnatga ijodiy yondashish kayfiyatini rivojlantirishga, o’zining ruxiy xolatini boshkara bilish, boshka insonning xissiy xolatini tushunish va anglash kabi kobiliyatlarni rivojlantirishga ko’maklashadi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonunida kayd kilinishicha – «Ta’limda umuminsoniy va milliy madaniy kadriyatlarning ustivorligi ta’lim- tarbiyada mamlakatimiz siyosatining asosiy yo’nalishini belgilaydi». Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan islox kilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangilangan tizimini vujudga keltirish muxim axamiyatga molik masalalardandir. Ayniksa, bo’lajak musiqa o’qituvchilarining kasbiy maxoratini oshirish, ularda pedagoglik sifatlarni shakllantirib rivojlantirish – oliy ta’limning musiqapedagogika yo’nalishi oldida turgan dolzarb vazifalardan xisoblanadi. O’zbekiston Res’ublikasi umumta’lim maktablarida musiqa ta’limtarbiyasi Konse’siyasining aloxida bir bobi zamonaviy musiqa o’qituvchisi va uning kasbiy sifatlari majmuiga bag’ishlanadi. Xujjatda ta’kidlanishicha: «Xozirgi zamon musiqa o’qituvchisi yuksak madaniyatli, o’z kasbiga cheksiz sadokat, ilg’or pedagogik tafakkur egasi bo’lmog’i lozim». U o’zining uzluksiz kasbiy va madaniy rivojlantirish kobiliyatiga ega bo’lishi shart. U musiqa, nafosat (estetika), pedagogika va psixologiya-fiziologiya fanlaridan, xususan musiqa o’kitish uslubiyotidan kom’leks tarzda chukur bilim va malakalar egasi bo’lmog’i darkor. Ayniksa musiqa ukituvchisi ixtisosida zarur me’yorida cholg’uchilik, xonandalik, xor dirijerlik va musiqa nazariyotchiligi sifatlari mujassam bo’lmog’i lozim. Xozirgi musiqa o’qituvchisi ilmiy tafakkur egasi, ilg’or tajribalar shaydosi, izlanuvchan va ijodkor bo’lib, musiqa o’kitishning yangi shakl va usullarini kashf etishga intilmog’i lozim. U musiqa ta’lim tarbiyasi mazmunini boshka fanlar mazmuni va kundalik xayot bilan bog’lab, boyitib olib borishi darkor. Izlanuvchan va ijodkor o’qituvchining ilg’or tajribasi va kashf etgan yangi usullari maktabdagi musiqa ta’lim-tarbiyasini doimiy ravishda takomillashtirib rivojlantirishning asosiy tayanchi va ilxom manbaidir. Bilimdon va tajribakor musiqa o’qituvchisi san’at ziyolisi sifatida maktabda musiqiy-ma’rifiy ishlarning sarkoridir». O’qituvchining kasbiy sifatlariga kuyilgan talablar, albatta shakllantirilishi uchun talabalik ‘aytlaridayok chora-tadbirlarni amalga oshirmok lozim. Zero, musiqa o’qituvchisi pedagogik maxoratining ‘rofessiogrammasi- musiqa muallimi oldiga mutaxassislik kasbi bo’yicha kuyiladigan talablar tizimini tarkib to’tirishni talab etadi. Tuzilma xarakteristikasi: Ixtisoslik xarakteristikasi. Download 40.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling