Magistratura bo’limi musiqa ta’lim va san’AT
MUSIQA O’QITUVCHISI VA UNGA BO’LGAN TALABLAR
Download 40.35 Kb.
|
Mavluda Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II . 2. Musiqa o’qituvchisining ijodiy faoliyati
MUSIQA O’QITUVCHISI VA UNGA BO’LGAN TALABLAR
II. 1. Musiqa o’qituvchisining kasbiy tayyorgarligi pedagogik faoliyat – insonlar mehnatining eng murakkab,mahsuliyatli sohalaridan biridir. O’qituvchi yuqori malakali, oyaviy,mahnaviy, mahrifiy jihatdan yetuk, axloqan sof bo’lishi jamiyat talabidir. O’zbekiston Res’ublikasining «Ta’lim to’risida»gi qonuni mazmunida umumta’lim maktablarida ta’lim tarbiya ishlariga alohida ehtibor berish va bu ishga ijodkorlik bilan yondashish talab etiladi. SHarq allomalaridan Rizoutdin ibn Faxriddin o’zining «Odobi ta’lim» kitobida shunday deb aytadi: «Gar usuli tarbiyat olgan muallim bersa dars, Etgusi shogirdlarin olim va dono–tarbiyat». Musiqa o’qituvchisi kasbi insondan doimo o’z shaxsini takomillashtirish, o’zining musiqiy qiziqishlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni talab etadi. Musiqa o’qituvchisi nafaqat o’z mutaxassisligi «sirlarini» ahlo darajada bilishi lozim, balki maktabda o’quvchilarning mafkuraviy dunyoqarashlarini, tushuncha va tasavvurlarini shakllantirishda lozim bo’lgan bilimlarga ega bo’lishi shart. Musiqa o’qituvchisi: - musiqa asbobini yaxshi chalishi, yoqimli ovozda kuylashi (darsda gram yozuvlardan foydalanishga to’g'ri keladi, ammo o’qituvchining jonli ijrosi bolalarda katta hissiyot hosil qiladi); - nozik musiqiy did va rivojlangan musiqiy eshituv qobiliyatiga ega bo’lishi; - musiqiy-nazariy bilimlar doirasiga ega bo’lishi; - musiqiy asarlarni badiiy-pedagogik tahlil qila olishi; - dirijyorlik malakalarini ko’rsata olishi; - musiqani boshqa badiiy fanlar bilan uzviy bolay olishi; - musiqa ta’limi va tarbiyasidagi yangi usul, vositalarni, zamonaviy texnologiyalarni egallashi va ulardan oqilona foydalana olishi katta ahamiyat kasb etadi. II . 2. Musiqa o’qituvchisining ijodiy faoliyati: Hozirgi davrda musiqa muallimi kasbi, faoliyati, professional tayyor garligiga bo’lgan talablar ilmiy-pedagogik izlanishlarga asos bo’lmoqda. Bu borada taniqli musiqachi-pedagoglar, haqidagi esdaliklar, ularning pedagogik faoliyatlari natijalarini o’rganishga qaratilgan bir qator izlanishlar ahamiyat kasb etadi. Musiqa o’qituvchisining kasbi o’z xususiyatiga ko’ra ijodiy faoliyatning ko’p qirralarini hosil qiladi: tadqiqotchilik faoliyati: o’qituvchi darsga lozim bo’lgan musiqiy asarlarni tanlash va tahlil qilishi, ularning emotsional tahsirchanligini aniqlash; yosh va individual xususiyatlardan kelib chiqqan holda bolalarda musiqa idroki xususiyatlarini o’rganishi, etakchi o’qituvchilarning ish metodlarini o’rganishi; o’z ishining natijalarini tahlil qilishi hamda musiqiy vametodik adabiyotlar bilan ishlashi, unda ilmiy izlanish malakalari bo’lishi tadqiqotchilik faoliyatiga kiradi. Loyihalashtiruv faoliyati: bolalarda musiqa ijodkorligini shakllantirishga qaratilgan o’quv tarbiya vazifalar, malaka va ko’nikmalarning o’qituvchi tomonidan rejalashtirilishi loyihalashtiruv faoliyatini tashkil etadi. Ijodiy rejalashtirish borasida o’z ishlarini, tajribalarini orttira borib, o’qituvchi o’zida o’quv-tarbiya vazifalarini belgilash, ta’lim jarayonida qo’llanilishi lozim bo’lgan usul va yo’llar, metodlar, pedagogik texnologiyalarni oldindan ko’ra bilish malakalarini rivojlantiradi. konstruktiv faoliyati: bunga musiqa darslari ishlanmasini tayyorlash, sinfdan tashqari ommaviy tadbirlar stsenariysi va to’garak mashulotlarini tuzish kiradi. kommunikativ faoliyati: o’qituvchi o’quvchilar, pedagogik jamoa bilan maqsadga muvofiq munosabat o’rnata olishi, o’quvchilarni o’ziga moyil qilishi, ular orasida yaxshi munosabat o’rnata olishi lozim,yahni yana bir sanhat, muloqat sanhatini egallashi kerakdir. Musiqa o’qituvchisining shaxsi mashulotlarda to’laligicha namoyon bo’ladi.Musiqiy asarni ijro etish va bu asar haqida so’zlash, asarga o’ziningemotsional munosabatini bildira borib, bolalarda taassurotni kuchaytirish, o’quvchilarning hissiyotlariga, taasurotlariga doimiy ehtibor berish orqali ularda o’qituvchiga nisbatan hurmat va ishonchni orttirish o’qituvchining kommunikativ qobiliyatini ko’rsatadi. Download 40.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling