Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi
Download 295.08 Kb.
|
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-MAVZU TIL TADQIQIGA YONDASHISH USULLARI
Savollar:
Idrokiy bilish nima? Idrokiy bilimni hosil qilish usullari qanday? Til birliklarini idrokiy o‘rganish qanday amalga ohiriladi? Adabiyotlar: Нурмонов А. Лингвистик тадқиқ методологияси, методикаси ва методлари. –Т. 2010. Бушуй Т., Сафаров Ш. Тил қурилиши: таҳлил методлари ва методологияси. – Тошкент, 2007. Дадабоев Ҳ. Тилшунослик назарияси ва методологияси. -Тошкент, 2004. 10-MAVZU TIL TADQIQIGA YONDASHISH USULLARI Reja: Nominalistik yondashish. Dialektik yondashish. Tayanch tushunchalar: nominalistik yondashuv, dialektik yondashuv, fahmiy yondashuv, zohiriy belgi, narsa o‘zida, botiniy xususiyat, narsa o‘zga narsa uchun Har bir narsa-hodisa borliqda mavjud ekan, u o‘ziga xos bir alohidalik, mustaqil va turg‘un. Zohiran u kuzatuvchiga mana shunday – alohida, mustaqil va turg‘un, barqaror ko‘rinadi. Odamning “sog‘lom aqli” uni mana shunday taraqqiyot va aloqadorliklardan uzilgan, obyektiv voqelik (falsafada “narsa o‘zida”, tasavvufda “fihi mo fihi”) sifatida qabul qiladi. Shuning uchun narsaga shunday – mustaqil, barqaror, alohidalik sifatida yondashib, uni o‘rganish mumkin. Falsafada nominalizm deb ataladigan bunday yondashish – tadqiq manbaiga turg‘un, tadiqotchining sezgi a’zolari vositasida qabul qilinadigan alohida hodisa sifatida yondashish – nominalistik yondashishning bir ko‘rinishi.1 Nominalistik yondashuvchi tadqiqotchi o‘z hukm va xulosalarini oddiy (yoki formal) mantiq, formal logika qonun-qoidalari asosida quradi va unda ma’lum bir narsaga nisbatan tasdiq va inkor mazmundagi ikki hukmdan faqat bittasigina to‘g‘ri bo‘la oladi, xolos. Zero, formal logikaning qat’iy qonunlaridan biri uchinchi mustasno qonuni.2 Nominalistik yondashish juda ko‘p hollarda fahmiy bilish bilan bog‘liq bo‘ladi, chunki fahmiy bilish usulida narsaning taraqqiyoti va aloqadorliklari ochilishi mumkin emas. Nominalistik yondashuv narsalar (o‘rganish manbai) bevosita kuzatishda, voqelikda qanday mavjud yoki namoyon bo‘lsa, ularni shunday tavsif va tasvirlash uchun eng qulay usul, fahmiy bilimlar hosil qilishning asosiy yo‘li. Tilshunosligimizda ham nominalistik yondashuv tavsifiy-fahmiy tadqiqotlarda keng qo‘llanilgan. Tilimizdagi alohida tovush, qo‘shimcha, grammatik kategoriya va shakl hamda so‘zlarning qo‘llanishlari, nutqiy ma’nolari, tashqi (yasalish, qurilish, variantlik) xususiyatlari, o‘zbek xalq shevalari tavsifi, u yoki bu yodgorlikning til xususiyatlari, yozuvchi va adiblarning uslublari mana shu usulda ochib berilgan. Nominalistik-fahmiy usulda yaratilgan sara ishlarning namunalari sifatida XX asr o‘zbek tilshunosligining otaxoni professor Ayub G‘ulomovning “Ўзбек тилидa кўплик кaтегорияси” (–Тошкент. 1944), “Ўзбек тилидa aниқловчилaр” (–Тошкент. 1941), “Ўзбек тилидa кeлишиклaр” 3, “Фeъл” (–Тошкент. 1954), “Ўзбeк тилидa сўз ясaш йўллaри” 4, Rahmatulla Qo‘ng‘urovning “Ўзбeк тилидa тaсвирий сўзлaр” (–Тошкент. 1966) kabi yuzlab ishlarini keltirish mumkin. 1940–70- yillarda Ayub G‘ulomovning shu ishlari namunasida o‘zbek tilining turli grammatik kategoriyalari tavsifiga bag‘ishlab yuzlab tadqiqotlar amalga oshirildi, 50-yillarda “Hozirgi zamon o‘zbek tili kursidan materiallar” sirasi tashkil etilib, 20 ga yaqin alohida-alohida risolalar nashr etildi. Bu risolalar Faxri Kamol tahriri ostida “Ҳозирги зaмон ўзбек тили. Фонетикa. Лексикa. Морфология” (–Т.: ЎзФA. 1957) va A.G‘ulomov, M.Asqarova muallifligida “Ҳозирги зaмон ўзбек тили. Синтaксис” (–Т.: Олий мaктaб. 1961) darsliklariga, ikki jildli “Ҳозирги ўзбек aдaбий тили” (1- жилд. –Т.: Фaн, 1966; 2- жилд, –Т.: Фaн. 1966) birinchi akademik grammatikaga1 asos bo‘ldi. V.V.Reshetov, Sh.Shoabdurahmonovning o‘zbek dialektologiyasi bo‘yicha izlanishlari asosida (jumladan, В.Решетов. Современный узбекский язык. Ч. I. –Т., 1946; В.Решетов, Ш.Шоабдураҳмонов. Ўзбек диалектологияси. –Т.: 1959; 1963; 1978.) o‘zbek shevalari tavsifiga bag‘ishlab 50 ga yaqin tadqiqotlar yaratildi. Nominalistik yondashuvda narsalar (tadqiq manbai) tadqiqotchiga qanday ko‘rinsa, shunday tavsiflanadi. Chunonchi, masalan, -ga jo‘nalish kelishigi (yoki -dan chiqish kelishigi) turli sharoitlarda 10 dan ortiq fonetik ko‘rinishlarga va 40 dan ziyod (xilma-xil qurshovlarda) ma’no nozikliklariga ega bo‘la oladi. Nominalistik yondashuvda turgan tadqiqotchi bu shakliy ko‘rinish va ma’no nozikliklarini sabot va matonat bilan to‘playdi, sistemalashtiradi (tartibga soladi) va fotoapparat singari tadqiqotda muhrlaydi. Bu fan taraqqiyotida poydevor, moddiy zamin sifatida juda katta ahamiyatga ega. Bunday zaminsiz hech bir fan hech narsaga erishmaydi. Shuni alohida eslatib o‘tish lozimki, biz odatda “aql bovar qilmaydi” deb biror narsaga ishonchsizlik bildirganimizda “sog‘lom aql” ostida mana shu nominalistik tushunishni nazarda tutamiz. Nominalistik yondashish ba’zan qonunchilikda (yurispuridensiyada), kuchli teokratik davlatlarda esa, odatda, mutlaqlashtiriladi va taraqqiyot uchun to‘siq bo‘ladi. Islom hukmronligi davrida ham bizda (shariatda) nominalistik yondashuv haddan ziyod kuchli edi. Sadriddin Ayniyning “Doxunda”, “Esdaliklar” kabi asarlarini o‘qigan har bir kitobxon o‘sha davrda asosiy qonunchilikda – shariatda hukm surgan mutlaqlashtirilgan nominalistik yondashishdan dahshatga tushadi. Fanda ham nominalistik yondashishning mutlaqlashtirilishi uning taraqqiyotini bo‘g‘adi, unga “aql bovar qilmas” g‘oyalarning kirib kelishi va rivojlanishiga monelik qiladi. Mutlaqlashtirilgan nominalistik yondashish fanda metafizika, metafizik yondashish deb ataladi va bunda u qoloqlik, tanazzul so‘zlariga yaqin ma’noga ega.2 Fanda nominalistik tadqiqotlar ahamiyatini hech qachon pasaytirish mumkin emas – nominalistik usul haqqoniy fahmiy bilim hosil qilishning yagona va eng to‘g‘ri yo‘lidir va bunda ularning Boduen de Kurtene ta’kidlagan ahamiyatini esdan chiqarmaslik kerak. Lekin fanni, ilmni faqat nominalistik tadqiqotlardan iborat deb tushunish ham mumkin emas. Chunki borliq doimiy taraqqiyot va rivojlanishdadir – u bizga turg‘undek ko‘rinadi, xolos. Mohiyatan esa u doimiy o‘zgarishda. Fan uni nafaqat turg‘un holatini, balki taraqqiyot, o‘zgarish va rivojlanishini ham o‘rganishi, tavsiflashi zarur. Bu esa nominalistik yondashish asosida amalga oshirilmaydi – bunga boshqacha yondashish usuli zarur. Endi shu haqda bahs yuritamiz. Narsaga (o‘rganish obyektiga) nominalistik yondashishga dialektik yondashish qarama-qarshi turadi. Dialektik yondashish narsaga barqaror, turg‘un, mustaqil alohidalik sifatida emas, balki doimiy taraqqiyot va o‘zgarishda bo‘lgan, boshqa narsalar bilan rang-barang aloqa va bog‘lanishlarda (munosabatlarda) turgan umumiylik sifatida yondashadi. Shuning uchun dialektik yondashishga narsaning o‘ziga emas, balki uning rang-barang munosabatlarini aniqlash va tavsiflashga katta e’tibor beriladi. Dialektik yondashish juda ko‘p hollarda narsaning idrokiy o‘rganish bilan hamohang. Lekin fahmiy bilish dialektik yondashuv asosida amalga oshirilmaydi deb aytish noto‘g‘ri. Dialektik yondashuvning shu bo‘lim mavzulari ikkinchi faslida ko‘rib o‘tiladigan 16 elementi (talabi)dan birinchisi – narsaning obyektivligi (haqqoniyligi) tamoyili bevosita fahmiy bilish bilan aloqador. Tilshunoslik fanida ham til birliklarini dialektik yondashuv asosida tavsiflash fanimiz kabi qadimiy. Oddiy bir misol: katta olim – ulkan olim kabi ikki so‘z birikmasini olib ko‘raylik. katta va ulkan so‘zlari orasidagi ma’noviy farq (ya’ni katta va ulkan so‘zlarining ma’nosini aniqlash) shu ikki so‘zning bir-biriga munosabatini o‘rganish (ya’ni, dialektik yondashuv) asosidagina ochilishi mumkin. Shaklan esa katta va ulkan so‘zlari mutlaqo o‘xshash emas. Yoki o‘zbek tilining izohli lug‘atida ot I va ot II leksemalari omonimlar sifatida alohida-alohida so‘zlar kabi izohlanadi. Buning sababi shundaki, ot shakli ikki lug‘aviy paradigmadan o‘rin oladi. 1) от ~ ном ~ исм ~ лaқaб. . . | фaмилия
| тaхaллус
| куня
| aйғир
| бaйтaл
Tilshunoslikda har xil lug‘aviy va grammatik hamda stilistik paradigmalar (chunonchi, so‘z turkumlari, son kategoriyasi, kelishik paradigmalari va h.) ajratish ham dialektik yondashuv asosida amalga oshiriladi, zeroki paradigmalar (siralar, qatorlar, har turli guruhu majmualar) bevosita kuzatishda berilmagan va aqliy umumlashtirish yo‘li bilan ochilgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, ilmiy tadqiq jarayonida o‘rganish manbaiga nominalistik va dialektik yondashish ko‘p hollarda uzviy hamkorlikda bo‘ladi. Nominalistik yondashish fahmiy, dialektik yondashish idrokiy bilim hosil qilishning asosiy usuli bo‘lganligi sababli fanning ilk taraqqiyot bosqichlarida – fahmiy bilimlar xazinasi shakllanishi jarayonida – nominalistik yondashish ustunlik qilsa, ma’lum taraqqiyot darajasiga ko‘tarilgach, yig‘ilgan va sistemalashtirilgan faktlarnig o‘zaro munosabatlarini o‘rganishga zarurat paydo bo‘ladi. Tilshunosligimizda ham 1940–70-yillarda tadqiq manbaiga nominalistik yondashish yetakchilik qilgan bo‘lsa, bugun sistemaviy tahlilning turli yo‘nalishlarida dialektik yondashish ustunlik qiladi. Afsuski, bu yo‘nalishda izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarning ko‘pchiligi (metodologiya masalalari bilan chuqur tanishmaganligi sababli) o‘z yondashish asoslaridan bexabar. Hozircha sanoqli tilshunoslar, jumladan, Buxoro tilshunosligi maktabi namoyondalari,1 A.Abduazizov, A.Nurmonov, G‘.Zikrillayev, N.Mahmudov kabi tadqiqotchilar izlanishlarida o‘zbek tili hodisalari talqiniga dialektik yondashuv ustunlik qilayotganligini rasman va ochiq e’tirof etishadi. Tadqiq manbaiga ilmiy dialektik yondashishning o‘ziga xos 16 tamoyili mavjud va bu tamoyillar izohiga alohida mavzu bag‘ishlanadi. Bu suhbatning oxirida kursning birinchi ma’ruzasida eslatilgan masala – O‘TILda metod so‘ziga keltirilgan dialektik metod va qiyosiy metod namunaviy misollrining nega izohtalab ekanligi sharhlanadi; yuqoridagi tavsifdan ko‘rinib turibdiki, tadqiq manbaiga dialektik yondashish oddiygina metod emas – balki o‘ziga xos yondashish, dunyoqarash, tadqiq manbaini o‘ziga xos tushunish va talqin etish yo‘llari majmuasini belgilaydi. Shuning uchun uni oddiygina bir metod – tadqiq manbaining ma’lum bir qirrasini o‘rganish va tavsiflashga xoslangan usul bilan tenglashtirish mumkin emas – yondashish va metod tushunchalarini bunday aralashtirish (fanda, hatto metodologiya masalalariga bag‘ishlangan falsafiy adabiyotlarda juda ko‘p uchrasa-da,) dialektik yondashish mohiyatini cheklaydi, uni metodologiyaning – tadqiqotchi ilmiy dunyoqarashinig muhim tarkibiy qismi mavqeyidan (tadqiq manbaining kursimizning uchinchi bo‘limida tavsiflanadigan o‘nlab) tahlil usullaridan bittasi darajasiga tushirib qo‘yadi.
Download 295.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling