Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi


Download 295.08 Kb.
bet33/107
Sana05.01.2022
Hajmi295.08 Kb.
#212875
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   107
Bog'liq
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.

Dar kufr chu mane gazof oson nabuvad,

Mahkamtar az iymoni man iymon nabuvad..

Dar dahr chu man yakeyu on ham kofir,

Pas dar hama dahr yak baiymon nabuvad..

Tarjimasi:

Meni kofirlikda ayblash emasdir oson,

Iymonimdan mahkamroq topilmas iymon.

Shundayin bo‘lsamu desalar kofir,

Demak, yo‘q olamda aslo baiymon.

deb o‘z iymonining mustahkamligi va johillarning mutaassibligi haqida yozadilar. Shunga yaqin holat Isaak Nyuton bilan sodir bo‘lgan. Uning butun dunyo tortilish Qonuni sharhi bilan tanishgan Angliya qiroli: “Men bunda Haqni ko‘rmayapman”, – deganida, Nyuton “Men tabiat qonunlarini aniqlaganda, unga ehtiyoj sezmadim,” – deb javob bergan.

Dualistik qarashlar Sharqda, xususan, IX–X III asrda keng tarqalgan edi va mashshoiya – materializm atamasi bilan mashhur.1

Hozirgi kunda olimlarning ko‘pchiligi dualistik qarashda turadi. Zeroki, Haqqi mutlaq va umuman materiya mohiyatini aniqlashga inson aqli, qudrati ojiz. Shuning uchun Mir Alisher Navoiy:

Kunhi zotingdin xirad gar bo‘lsa ammo yo‘q ajab,

Zarraga yuz ming quyosh mohiyatin bilmak ne had.

yoki:


Vujudi zarraning mumkin emas to sobit o‘lmas mehr,

Ne hojat zarra xaylidin quyosh zotiga isbote.

deb Haq qudrati va san’ati oldida inson ongi ojizligini ta’kidlaydi.

Tabiiyki, mutaassib islom va nasroniylikda (kommunistik mafkurada ham) mashshoiya va dualistik qarashlar kufr sanalardi.

Haqqoniy ruhoniy (obyektiv idealistik) qarashda bir-biridan ajratilib, taraqqiyot, rivojlanish, umumiylik ruhiy olamga xos deb ta’kidlanadi. Ruh bu olamda rivojlanib, ma’lum bir taraqqiyot bosqichiga yetadi va keyin moddiy olamga o‘tadi: borliq, jumladan, xalq, til paydo bo‘ladi. Xalq ruhi xalqqa o‘tgach, xalq va til paydo bo‘ladi hamda uning buzilishi, parchalanishi, aynishi boshlanadi. Til ruhi xalqqa qaysi taraqqiyot holatida o‘tgan bo‘lsa, til shu taraqqiyot nuqtasida qoladi va bizga ma’lum bo‘lgan tarixiy taraqqiyot davrida faqat buzilib boradi. Tilshunos ruh sifatida shakllangan va rivojlangan tilning faqat buzilish jarayoninigina kuzata oladi. Shuning uchun F.Gegel, uning maslakdoshlari bo‘lgan komparativistlar (F.Bonk, Y.Grimm, A.Shleyxler, qisman, V.Gumboldtlar2)

a) tilning tarixdan oldingi taraqqiyoti;

b) tarixdan keyingi tanazzul

bosqichlarini farqlab, shu asosda ilmiy nazariya asoslarini ishlab chiqqan edilar1. Jumladan, tillarning qarindoshligi va eng rivojlangan yaxlit, mukammal ko‘rinishi bo‘lgan bobo til bosqichi, bobo tilning keyingi moddiy – dunyoviy tanazzulda parchalanishi nazariyasi shu falsafiy asosda ishlab chiqilgan edi.

Yevropada shakllangan obyektiv-idealistik nuqtayi nazar asosida fanlarda bixeviorizm, pozitivizm, strukturalizm, funksionalizm kabi ilmiy yo‘nalishlar rivojlangan. Markscha dialektik materializm ham o‘zining manbalaridan biri sifatida obyektiv-idealistik tadqiq usulini – dialektikani tan oladi. Shuning uchun idealistik (ruhoniy) nuqtayi nazarning o‘zida ikki

a) ilmiy;

b) diniy


yo‘nalishlarni farqlash zarur.


Download 295.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling