Ilmiy yo‘nalish borliqda g‘ayri moddiy (g‘ayritabiiy, ilohiy) kuchni inkor etmaydi, lekin umumiylik ~ alohidalik, mohiyat ~ hodisa, imkoniyat ~ voqelik, sabab ~ oqibat (UMIS ~ AHVO), shakl-mazmun, barqarorlik-o‘zgaruvchanlik, taraqqiyot ~ tanazzul, va h. ziddiyatlar va qonuniyatlar shu kuch tomonidan borliqda mujassamlashtirilgan deb qabul qiladi. Bu borliqni tadqiq etish, ochish, undan amaliy foydalanish uchun insonga sohibi qudrat tomonidan ong berilgan. Shuning uchun taqdir va taraqqiyot insonning o‘z qo‘lida. U faol bo‘lmog‘i lozim.
Musulmonlikda tasavvufning Abduxoliq G‘ijduvoniy tomonidan asoslangan “Dil ba yoru, dast ba kor” (Qalbing suyukli bilan, qo‘ling ish bilan) tamoyiliga tayanuvchi tariqat va uning suluklari (jumladan, xojagon, kubraviya, qodiriya, naqshbandiya, xilvatiya va b.) ta’limoti ham shu yo‘nalishga ancha yaqin, chunki u taqdirni inson qo‘liga beradi. 2
Do'stlaringiz bilan baham: |