Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi


Download 295.08 Kb.
bet44/107
Sana05.01.2022
Hajmi295.08 Kb.
#212875
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   107
Bog'liq
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.

4-, 5-, 6- tamoyillar. Amma menga nisbatan amma, boshqa birovga nisbatan ona, qiz, xola, jiyan, xotin va h. k. bo‘la olishi -m egalik qo‘shimchasi bilan ta’kidlangan. Demak, amma menga nisbatan bir turdagi sifat-munosabat sohibi bo‘lsa, o‘z ammasiga nisbatan boshqa, onasiga va h. nisbatan boshqa-boshqa sifat-munosabatlar tashuvchisi. Barcha bir-biriga zid bo‘lgan belgi-xususiyatlar bitta narsada – amma shaxsida mujassam­langan.

3- tamoyil. Mening tug‘ilishidan oldin ammam amma emas edi, amma bo‘ldi, ya’ni o‘zgardi. Hozir u, masalan, ona emas, lekin ma’lum muddatdan keyin ona bo‘ladi, ya’ni u doimiy o‘zgarishda.

7- tamoyil. Ammam hukmida bir narsani (qizni) inson, ayol, shaxs va h. umumiyliklardan ajratish (analiz), uni qon-qarindoshlar guruhiga birlashtirish va “men” bilan bog‘lash (sintez) voqelangan.

8- tamoyil. Amma shaxs, ayol jinsiga mansublik bilan birga kasb-kori, yashash joyi va h. tomonlari bilan boshqa cheksiz shaxs va narsalar bilan munosabatda. Bunday rang-barang munosabat­lar tashuvchisi ham shu ammam deb atalgan shaxs. Uning munosabatlarining juda ko‘p qirralari (chunonchi, xotinlik, onalik, buvilik, kelinlik, o‘qituvchilik, rahbarlik va b.) ochilishi ham oldinda. O‘tmishda ham u bog‘cha, maktab, oila va b. rang-barang munosabatlar tashuvchisi bo‘lgan – ammaning barcha munosabatlarini men hech qachon to‘liq ocha olmayman.


Download 295.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling