Magistratura bosqichi 5A120102 Lingvistika (o‘zbek tili) mutaxassisligi


Download 295.08 Kb.
bet99/107
Sana05.01.2022
Hajmi295.08 Kb.
#212875
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107
Bog'liq
1-kurslar uchun UMK. Tilshunoslik metodologiyasi.

Elektron manbalar

www. literature.uz

www. genhis philol.ru.

http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism



O‘ Z B E K I S T O N R E S P U B L I K A S I

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI



Ro‘yxatga olindi
MD-5A120102
2019-yil «_____» _______________

“TASDIQLAYMAN”

Termiz davlat universiteti

o‘quv ishlari prorektori

Axmedov O‘.Ch. ____________

“___”__________________2019-yil


TILSHUNOSLIK METODOLOGIYASI

fanidan

ISHCHI O‘QUV DASTUR

Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha

Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar

Ta’lim yo‘nalishi: 5A120102 – Linvistika (o‘zbek tili)





Umumiy o‘quv soati



138 soat

Shu jumladan:







Ma’ruza



36 soat

Amaliy mashg‘ulot



36 soat

Seminar mashg‘ulot







Mustaqil ta’lim



66 soat


Termiz – 2019

Fanning ishchi o‘quv dasturi Termiz davlat universiteti Kengashi tomonidan 201 -уil da tasdiqlangan o‘quv reja va 201 -уil da tasdiqlangan o‘quv dastur asosida ishlab chiqildi.




Tuzuvchi:








B.Umurqulov

-

o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti




























Taqrizchi:






A. Omonturdiyev

-

o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori










Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘zbek tilshunosligi kafedrasining 201 - yil _____- ___________dagi _____-sonli majlisida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.





Kafedra mudiri:

v.b. f.f.n. B.Umurqulov

Fanning ishchi o‘quv dasturi o‘zbek filologiyasi fakulteti Kengashining 201 - yil ___- ____________dagi ____- sonli yig‘ilishida muhokama qilinib, tasdiqqa tavsiya etilgan.




Fakultet kengashi raisi:

f.f.n. Hamroyeva M.



Kelishildi:

O‘quv-metodik boshqarma boshlig‘i:

Mustafoyev U





Kirish

Kursda bo‘lajak tadqiqotchilarni ilmiy tadqiq metodikasi, metodlari va metodologiyasi tushunchalari bilan tanishtirishni, ularni mustaqil ilmiy izlanish olib borishga tayyorlash maqsad qilib qo‘yilgan. Bunda bir narsaga alohida e’tibor qaratish lozim: ilmiy tadqiqotlarda metodika, metod va metodologiya tushunchalari juda ko‘p hollarda aralashtiriladi, biri o‘rnida ikkinchisi qo‘llab ketilaveradi. Ma’lumki, rasmiy himoyaga chiqishdan oldin dissertatsiyada va uning e’lon qilingan avtoreferatida (OAK talablariga ko‘ra) tadqiqotning metodologik asoslari sharhlab va asoslab berilishi lozim. Ammo ularning aksariyatida metodologiya o‘rnida tadqiq metodikasi va metodlari izohlanadi, xolos. Metodologiya haqida so‘z yuritilgan taqdirda ham uning bilish nazariyasi, dialektik mantiq yoki tasavvuf bilish nazariyasi ekanligi deklarativ ravishda bayon etiladi yoki bayon qilinayotgan ilmiy fikrlarga qanchalik daxldor bo‘lishidan qat’iy nazar, ushbu ta’limotlarga oid bir necha tushuncha va kategoriyalar keltiriladi-yu, tadqiqotning metodologik asoslari masalasi osongina hal etib qo‘yiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan avtoreferat mualifi metod va metodika, metodologiya tushunchalarini anglab etmaganligidan dalolat beradi. Demak, unda ongli ilmiylik, mustaqil fikrlash, ijodiylik yo‘q. Ular o‘z ilmiy tadqiqotlarini kimlargadir (kimlarningdir tadqiqotiga) ongsizlarcha (ko‘r-ko‘rona) ergashish, taqlidchilik asosida yaratgan. Zero, ilmiy tadqiq metodikasi, metodlari va metodologiyasi orasidagi farqni uqish, ularning o‘zaro aloqadorliklarini anglash mustaqil ilmiy tadqiqotning ibtidosi sanalishi lozim.


Fanning asosiy maqsad va vazifalari

Fanning asosiy maqsadi: magistratura talabalarining o‘zbek tilshunosligining metodologiyasi masalalari haqida bilim olishlariga erishish.

Fanning asosiy vazifalari:

- bilish bosqichlari haqida ma’lumot berish;

- metodologiyaning xususiy fanlardagi rolini ochib berish;

- empirik va nazariy bosqich metodologiyasini farqlash va vazifasini idrok etishlariga erishish.



Fan bo‘yicha bilim, malaka, ko‘nikmaga qo‘yiladigan talablar

“Tilshunoslik metodologiyasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

a) ilmiy tadqiq metodikasi;

b) ilmiy tadqiq metodologiyasi;

d) ilmiy tadqiq metodi tushunchalari haqida zamonaviy bilimlar, ularni tahlil qilish ko‘nikmasi va bilimlarni amaliyotga tatbiq etish malakasiga ega bo‘lishlari kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

“Tilshunoslik metodologiyasi” tanlama ixtisoslik fani hisoblanadi. Bu fan dasturini amalga oshirish o‘quv rejasida keltirilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi”, “Falsafa” fanlarida o‘rganiladigan muammolar borasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni

Magistrantlarda lingvistik tadqiqot metodologiyasi bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni shakllantirish; tilshunoslikda faol qo‘llaniladigan metodlarni o‘zlashtirish va tilshunoslikka oid nazariy masalalarning hal qilinishi va yoritilishi, bilish bosqichlarini farqlash va ularning har biriga doir metodologiyalarni anglab yetish, fanning taraqqiyot tendensiyalarini idrok etish va o‘z faoliyatini unga yo‘naltirish malakalarini hosil qilishda bu fan katta ahamiyatga ega.




Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

“Tilshunoslik metodologiyasi” fanini o‘zlashtirishda o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari magistrlarga mustaqil ta’lim sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, texnik vositalardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”, “Bumerang”, “Keys-stadi”, “Matbuot konferensiyasi” singari metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia namoyishlari bilan o‘tkaziladi.



Asosiy qism

Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltirilgan. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib berilgan. Mavzu bo‘yicha magistrantlarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar to‘la qamrab olinadi.

Asosiy qismda mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o‘zgrishlar, huquqiy va boshqa sohalardagi islohotlarning ustuvor masalalarini qamrab olish ko‘zda tutilgan hamda fan va texnologiyalarning so‘nggi yutuqlariga e’tibor qaratilgan.
Ma’ruza mashg‘ulotlari

Tilshunoslik metodologiyasi fanining maqsad va vazifalari.

Kursning maqsad va vazifalari. O‘rganish manbai va predmeti. Reyting tizimi. Adabiyotlar majmuasi. Terminologik tizimi. Minimal majburiy talablari. Tatbiq doirasi.



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Dialogik yondashuv, Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, tizimli yondashuv, muammoli ta’lim, Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Venn diagrammasi, T-sxemasi, zig-zag usuli, munozara, BBB, Insert, bumerang, 3x3 usuli, baliq skeleti, 4x4 usuli, ma’ruza, namoyish etish metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q6; Q7; Q8; Q9; Q10; Q11; Q12; Q13; Q14.
Bilish bosqichlari

Bilish va uning turlari. Empirik bilish va uning bilish tizimidagi o‘rni. Ratsional bilish va uning imkoniyatlari. Empirik va ratsional bilish o‘rtasidagi munosabat. O‘zbek tilshunosligida ilk empirizm va uning metodologiyasi. Bilim. Bilish a’zolari. Irsiy bilim. Hissiy bilim. Aqliy bilim. Ruhiy bilim. Empirik bilishning afzallik va cheklanganlik xususiyati.



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: tizimli yondashuv, muammoli ta’lim. Qadamba-qadam metodi, Venn diagrammasi, zig-zag usuli, munozara, BBB, ma’ruza, namoyish etish, SWOT tahlil, savol-javob, fikrlash xaritasi, kichik guruhlarda ishlash metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q7; Q8; Q9; Q10; Q11; Q12; Q13; Q14.
Idrokiy va fahmiy bilimlarning o‘zaro munosabati

Idrokiy (aqliy, nazariy, ratsional) bilim; bilim-hukm-xulosa;bevosita kuzatishda berilganlik – zohiriy – tashqi – hissiy – moddiy; bevosita kuzatishda berilmaganlik – botiniy – ichki –idrokiy – mazmuniy – vazifaviy (funksional) narsaning o‘zi, o‘zga narsa; munosabat chizmalari; ilmiy talqinni g‘oyaga (nazariyaga) muvofiqlashtirish



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Dialogik yondashuv, tizimli yondashuv, muammoli ta’lim. Venn diagrammasi, munozara, bumerang, ma’ruza, namoyish etish, SWOT tahlil, savol-javob, fikrlash xaritasi, kichik guruhlarda ishlash metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q7; Q8; Q9; Q10; Q11; Q12; Q13; Q14.


Ilmiy tadqiqod metodologiyasi va metodlari

Metod. Metodologiya. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Bilish usuli. Induksiya, gnoseologiya, fanning umumiy metodologiyasi. Dialektik metod. Fenomenologiya metodi. Germenevtik, sinergetik, metafizik metodlar. Fluktuatsiya va bifurkatsiya.



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, tizimli yondashuv, muammoli ta’lim. Pog‘ona, qadamba-qadam metodi, Venn diagrammasi, munozara, BBB, baliq skeleti, ma’ruza, namoyish etish, SWOT tahlil, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Q8; Q9; Q10; Q11; Q12; Q13; Q14.
Ilmiy tadqiq jarayoni va uning tarkibiy qismlari. Ilmiy tadqiq jarayoni

Metodika, metod, metodologiya, ilmiy tadqiq metodologiyasi, ilmiy tadqiq, tadqiq manbai, tadqiqotchi dunyoqarashi, tadqiqiotchi mantiqi, metodologik adabiyotlar, bibliografik ko‘rsatkich, tanqidiy yondashish, ilmiy tadqiq jarayoni



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Dialogik yondashuv, tizimli yondashuv, muammoli ta’lim. Venn diagrammasi, munozara, bumerang, ma’ruza, namoyish etish, SWOT tahlil, savol-javob, fikrlash xaritasi, kichik guruhlarda ishlash metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Q8; Q9; Q10; Q11; Q12; Q13; Q14.
Ilmiy tadqiqotda qisqartma, havola va bibliografik ma’lumotlarni berish

Qisqartma, shartli qisqartma, ismli qisqartma, raqamli qisqarma, aralash qisqartma, havola, havola o‘rinlari, ilmiy odob, plagiat, manba imlosi



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Dialogik yondashuv, tizimli yondashuv, muammoli ta’lim. Venn diagrammasi, munozara, bumerang, ma’ruza, namoyish etish, SWOT tahlil, savol-javob, fikrlash xaritasi, kichik guruhlarda ishlash metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Q8; Q9; Q10; Q11; Q12; Q13.
Til birliklarini fahmiy o‘rganish, uning maqsad, usul va vositalari

Fahm, fahmiy bilim, fahmiy bilish bosqichi, sezgi turlari, sezgi a’zolari, empirik, empirizm, sensual, sensualizm, atomizm, nominalizm, sezgi a’zolarini kuchaytiruvchi vositalar, tavsiflovchi (описательное), moslashtiruvchi (резонирующее), haqiqiy ilmiy (подлинно научное), empiriokritik, praktik, eksperimental kabi baynalminal, чуственное, опытное, внешное, hissiy, fahmiy, zohiriy, tashqi, tajribaviy



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Dialogik yondashuv, tizimli yondashuv, muammoli ta’lim. Venn diagrammasi, munozara, bumerang, ma’ruza, namoyish etish, SWOT tahlil, savol-javob, fikrlash xaritasi, kichik guruhlarda ishlash metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Q8; Q9; Q10; Q11; Q12; Q13; Q14.
Til va uning birliklarini idrokiy o‘rganish,

uning maqsad, usul va vositalari

Idrokiy bilish va idrokiy bilim, idrokiy bilim hosil qilish usullari, idrokiy bilim va amal, idrokiy bilim va fahmiy bilim orasidagi munosabat, ratsional, teoretik, kauzal, logik, sintetik, fenomenologik, умозрительное, умственное, обобшающое, aqliy, idrokiy, mantiqiy, nazariy, ichki, botiniy



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Dialogik yondashuv, tizimli yondashuv, muammoli ta’lim. Venn diagrammasi, munozara, bumerang, ma’ruza, namoyish etish, SWOT tahlil, savol-javob, fikrlash xaritasi, kichik guruhlarda ishlash metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Q8; Q9; Q10; Q11; Q12; Q13; Q14.
Til tadqiqiga yondashish usullari

Nominalistik yondashuv, dialektik yondashuv, fahmiy yondashuv, fahmiy bilish, zohiriy belgi, narsa o‘zida, botiniy xususiyat, narsa o‘zga narsa uchun



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Dialogik yondashuv, tizimli yondashuv, muammoli ta’lim. Venn diagrammasi, munozara, bumerang, ma’ruza, namoyish etish, SWOT tahlil, savol-javob, fikrlash xaritasi, kichik guruhlarda ishlash metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q4; Q5; Q6; Q7; Q8; Q9; Q10; Q11; Q12; Q13; Q14.
Tilni ilmiy o‘rganishda tadqiqotchining tayanch nuqtayi nazari turlari

Idialistik nuqtayi nazar, mashshoiya (moddiyun), obyektiv, obyektiv idealizm, idealistik materializm, dualistik qarash, ilmiy yo‘nalish, diniy yo‘nalish



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Dialogik yondashuv, tizimli yondashuv, muammoli ta’lim. Venn diagrammasi, munozara, bumerang, ma’ruza, namoyish etish, SWOT tahlil, savol-javob, fikrlash xaritasi, kichik guruhlarda ishlash metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Q8; Q9; Q10; Q11; Q12; Q13; Q14.
Ilmiy tadqiq metodologiyasi tarkibiy qismlari orasidagi munosabat.

Fetishizm, metodologik tamoyillarning tatbiqi chegaralari va o‘rinlari, grammatik fetishizm, milliy grammatika, tilshunoslikda go‘l (vulgar) materializm, yafetik nazariya, til haqida yangi ta’limot



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Dialogik yondashuv, tizimli yondashuv, muammoli ta’lim. Venn diagrammasi, munozara, bumerang, ma’ruza, namoyish etish, SWOT tahlil, savol-javob, fikrlash xaritasi, kichik guruhlarda ishlash metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Q8; Q9; Q10; Q11; Q12; Q13; Q14.
Ilmiy dialektik tadqiq metodologiyasining amaliy tatbiqi masalasi

Dialektik tadqiq tamoyillari, dialektik tamoyillar va amaliyot, narsa va uning aloqadorliklari, inkorni inkor, narsa, xossa, munosabat



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Dialogik yondashuv, tizimli yondashuv, muammoli ta’lim. Venn diagrammasi, munozara, bumerang, ma’ruza, namoyish etish, SWOT tahlil, savol-javob, fikrlash xaritasi, kichik guruhlarda ishlash metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q1; Q2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Q8; Q9; Q10; Q11; Q12; Q13; Q14.
Lingvistik tadqiq metodlari

Komparativizm, naturalizm, qiyosiy-tarixiy metod, yosh grammatiklar, individual psixologizm, analogiya, semiotik sistema, transformatsiya, sema, integral sema, differensial sema, komponent tahlil, chastota, sinxronik formal-tavsifiy metod, qiyosiy-chog‘ishtirma tafsifiy usul, mantiqiy-grammatik usul, statistik tahlil usuli, qiyosiy-tarixiy metod, eksperimental (instrumental) fonetik tahlil usuli, tipologik umumiyliklar (lingvistik universaliyalar) tahlil usuli, struktural (sistemaviy) tahlil usullari, transformatsiyalash (aylantirish) usuli



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Dialogik yondashuv, tizimli yondashuv, muammoli ta’lim. Venn diagrammasi, munozara, bumerang, ma’ruza, namoyish etish, SWOT tahlil, savol-javob, fikrlash xaritasi, kichik guruhlarda ishlash metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q3; Q4; Q5; Q6; Q7; Q8; Q9; Q10; Q11; Q12; Q13; Q14.
O‘zbek tilshunosligida nazariy bosqich va uning metodologiyasi

Qadimgi turkiy tilshunoslik, eski turkiy tilshunoslik, formal o‘zbek tilshunosligi, substansial o‘zbek tilshunosligi.



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Dialogik yondashuv, tizimli yondashuv, muammoli ta’lim. Venn diagrammasi, munozara, bumerang, ma’ruza, namoyish etish, SWOT tahlil, savol-javob, fikrlash xaritasi, kichik guruhlarda ishlash metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q7; Q8; Q9; Q10; Q11; Q12; Q13; Q14.

Til va jamiyat yaxlitligi. Til va tafakkur.

Tilning ijtimoiy hodisalardan farqi, til va tafakkur munosabati, til va nutqning aloqasi, nutqning turi va ko‘rinishlari, tilning biologik, irqiy, sinfiy hodisa emasligi.



Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Dialogik yondashuv, tizimli yondashuv, muammoli ta’lim. Venn diagrammasi, munozara, bumerang, ma’ruza, namoyish etish, SWOT tahlil, savol-javob, fikrlash xaritasi, kichik guruhlarda ishlash metodlari.

Adabiyotlar: A1; A2; Q7; Q8; Q9; Q10; Q11; Q12; Q13; Q14.



Bo‘lim va mavzu nomlari

soat

  1. 1

Tilshunoslik metodologiyasi fanining maqsad va vazifalari.

2



Download 295.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling