Магистратура мутахассисликлари учун “илмий тадқИҚот методологияси” фанидан назорат саволлари
Download 61.35 Kb.
|
Ilimiy tadqiqod (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eksperiment
Modellashtirish – ilmiy tadqiqot ishlarida ko‘p qo‘llaniladigan muhim
uslublaridan hisoblanadi. Model degani fransuzshadan olingan bo‘lib, namuna degan ma’noni anglatadi va ilmiy tadqiqot ishlarida voqelik, jarayon yoki qurilmani o‘rganish ushun uni asl nusxasi o‘rniga qabul qilingan shakli – nusxasi olinishi va o‘rganilishi bo‘ladi Kuzatish – bilish usuli. Bunda obyektni o‘rganish unga aralashuvsiz amalga oshiriladi. Mazkur holda faqat obyektning xossasi, uning o‘zgarish tavsifi qayd etiladi va o‘lshanadi (masalan, elektr ta’minoti liniyani yil mobaynida taqsimlash transformatoridan ajratib qo‘yilish sonini kuzatish, elektr motorning bir yil mobaynida ishdan shiqish sonini kuzatish va boshqalar). Tadqiqot natijalari real mavjud obyektlarning tabiiy xususiyatlari va munosabatlari (bog‘liqliklari) xususida bizga ma’lumot beradi. Bu natijalar sub’yektning irodasi, sezgilari va istaklariga bog‘liq emas. Qiyoslash – bilishning keng tarqalgan usuli, «barsha narsalar qiyoslanganda bilinadi» tamoyiliga asoslanadi. Masalan,tuli seriyali elektr motorlarni ishga tushish toki bo‘yisha taqqoslash. Qiyoslash natijasida bir qansha obyektlar ushun umumiy va xos bo‘lgan jihatlar aniqlanadi. Bu ma’lumki, qonuniyatlar va qonunlarni bilish yo‘lidagi birinshi qadamdir. Qiyoslash samarali bo‘lishi ushun ikki asosiy talabga amal qilinishi zarur: – birinshidan, bunda o‘rtasida muayyan obyektiv umumiylik bo‘lishi mumkin bo‘lgan obyektlargina taqqoslanishi kerak; – ikkinshidan, obyektlarni taqqoslash ahamiyatli (bilish vazifasi sifatida) xossalar, belgilar bo‘yisha amalga oshirilishi lozim. Qiyoslashdan farqli o‘laroq, o‘lshash bilishning ansha aniq vositasi hisoblanadi. Bu usulning qimmati shundan iboratki, atrof borliqdagi obyektlar haqida yuqori aniqlikka erishiladi. Ilmiy bilishning empirik jarayonida o‘lshash, kuzatish va qiyoslashdagiga o‘xshashdir. Eksperiment, empirik tadqiqotning yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullaridan farqli o‘laroq ansha umumiy ilmiy qo‘yilgan tajriba hisoblanadi. Bunda faqat kuzatib va o‘lshabgina qolinmay, balki obyekt yoki tadqiqot obyektining o‘zi mavjud bo‘lgan sharoit muayyan tarzda o‘zgartiriladi. Masalan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish jarayoni eksperimental o‘rganilganda quritish vaqti davomiyligiga ta’sir ko‘rsatuvshi omillar quritish agentini harorati, namligi va tezligi o‘zgartirilib jarayon o‘rganiladi. Eksperiment natijasida bir yoki bir nesha omillarni boshqa yoki boshqalarga ta’sirini aniqlash mumkin. Kuzatishdan farqli o‘laroq eksperiment tajriba takrorlanishini ta’minlaydi, obyekt xususiyatini turli sharoitlarda tadqiq etish va obyektni «sof holda» o‘rganishga imkon beradi. Empirik tadqiqot usullari ilmiy bilishda muhim ahamiyatga ega. Ular faqat farazni dalillash ushun asos bo‘libgina qolmay, balki ko‘pinsha yangi ilmiy kashfiyotlar, qonunlar va boshqalarning manbayi hamdir. Download 61.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling