Magistratura talabasining pedagogik amaliyot
Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov
Download 85.44 Kb.
|
kundalik(shaxsiy ish reja bo`yicha)
Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov
20.02.2022 Bugungi amliyotimni men 3-bosqich talabalariga dars mashg’ulotiga tahlilga kirishdan boshladim. Kafedra mudirimiz va ilmiy rahbarlari bergan tavsiyalari asosida aytilgan tartib qoidalar va meyoriy hujjatlar asosida dars jarayonini qiziqarli tarzda turli xildagi interfaol metodlar yordamida qiziqarli qilib o’tib berdilar. Bugungi amaliyot davomida kalendar ish rejasi mazmuni, ilmiy rahbar bilan birgalikda ishlab chiqilishi va oliy ta'lim muassasasining o'quv ishlari bo'yicha prorektori (direktor o'rinbosari) tomonidan tasdiqlanishi xususida ma'lumot oldik. Magistratura talabasi o'zining kalendar ish rejasi bajarilishi bo'yicha har oyda kafedra yig'ilishida hisobot berishini, shuningdek, har o'quv semestri yakunida fakultet o'quv-metodik kengashi yig'ilishida (magistratura bo'limida) kafedra mudiri magistratura talabasining kalendar ish rejasi bajarilishi yuzasidan hisobot berishi haqida tushunchaga ega bo'ldik. Bizning o'quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik ishlarimiz, amaliyot, stajirovkani o'tash va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo'yicha faoliyatimiz kalendar ish rejasiga binoan amalga oshirilishi bo'yicha tushunchaga ega bo'ldik. 21.02.2022 Amaliyotchi magistrantlar bilan birgalikda hammamiz yig`ilishib 1-mart kuni guruh jurnali qanday yuritilishi haqida tanishdik. Sinf rahbar tomonidan har bir guruhga berilgan guruh jurnalida har bir talabaning ma`lumotlari yozilib, har bir dars uchun alohida bet ajratilib, betning chap qismida talabalarning ism sharifi, o`ng qismida esa fan nomi va o`tilgan mavzu fan o`qituvchisi tomonidan qayd etilib imzo qo`yib borilishi bilan tanishdik. Talabalarning sababli va sababsiz dars mashg`ulotida ishtirok etmayotganligi ham fan o`qituvchisi tomonidan guruh jurnalida belgilab borilishi lozimligi bilan tanishdik. 22.02.2022 2-mart kuni barcha Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri Jalolov O.I. “Amaliy matematika” yo`nalishi II bosqich magistrantlari yig`ilib, kafedrada to`plandik. Axborot texnologiyalari fakulteti Amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri Jalolov O.I. tomonidan amaliyotchi magistrantlarning amaliyot rahbarlari vazifalari to`g`risida ma`lumot berdilar: amaliyot rahbari, avvalambor, pedagogik amaliyot bo`yicha tushuntirish ishlarini olib boradi; amaliyotchining amaliyot ish rejasini tuzishda ko`maklashadi; ish rejaning bajarilishini nazorat qiladi; magistrantning o`tkazgan darsini va kuzatib rasmiylashtirgan dars tahlilining muhokamasini tashkil etib beradi; magistrantning amaliyot davrida bajargan ishlari hisoboti va hujjatlarini tekshiradi Shu va boshqa bir qancha ma`lumotlarni berib, so`ng barcha magistrantlar o`z amaliyotlarini davom ettirish maqsadida biriktirilgan guruhlariga tarqalishdi. Download 85.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling