Magistratura talabasining pedagogik amaliyot


Download 85.44 Kb.
bet6/23
Sana19.06.2023
Hajmi85.44 Kb.
#1614065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
kundalik(shaxsiy ish reja bo`yicha)

23.02.2022
Bugungi amliyotimni men tuitorlar faoliyati va ularning yuritiladigan hujjatlarini o`rganishdan boshladim. Ularning bergan tavsiyalari asosida aytilgan tartib qoidalar va meyoriy hujjatlar asosida iqtidorli talabalar, Talabalarning yashash manzillari va olimpiada qatnashuvchi talabalar haqida ma`lumotlarni oldim. . Bugungi amaliyot davomida kalendar ish rejasi mazmuni, ilmiy rahbar bilan birgalikda ishlab chiqilishi va oliy ta'lim muassasasining o'quv ishlari bo'yicha prorektori (direktor o'rinbosari) tomonidan tasdiqlanishi xususida ma'lumot oldik. Magistratura talabasi o'zining kalendar ish rejasi bajarilishi bo'yicha har oyda kafedra yig'ilishida hisobot berishini, shuningdek, har o'quv semestri yakunida fakultet o'quv-metodik kengashi yig'ilishida (magistratura bo'limida) kafedra mudiri magistratura talabasining kalendar ish rejasi bajarilishi yuzasidan hisobot berishi haqida tushunchaga ega bo'ldik. Bizning o'quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik ishlarimiz, amaliyot, stajirovkani o'tash va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo'yicha faoliyatimiz kalendar ish rejasiga binoan amalga oshirilishi bo'yicha tushunchaga ega bo'ldik.

24.03.2022
Bugungi amaliyotimizni normativ hujjatlarni o'rganishdan boshladik. O'quv reja normativ hujjat bo'lib u ikkiga bo'linadi.O'quv reja - oliy ta'lim muassasasining aniq bir ta'lim yo'nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun o'rnatilgan tartibda Davlat ta'lim standartlariga asosan tayanch oliy ta'lim muassasalarining tegishli kafedrasining yetuk professor-o'qituvchilari tomonidan, shuningdek, turdosh oliy ta'lim muassasalarining shu soha bo'yicha yuqori malakali mutaxassislarini hamda kadrlarni buyurtmachilarini jalb etgan holda ishlab chiqiladigan - normativ huquqiy hujjat ekanligi tushuntirildi. O'quv reja o'quv jarayonini aniqlashtiradigan eng asosiy hujjat bo'lib, unda bloklarning nomlari, o'quv fanlarining nomlari, hajmi, fanlarning o'qitish ketma-ketligi, o'tiladigan dars mashg'ulotlarining (ma'ruza, seminar, amaliy mashg'ulot, laboratoriya) turlari, joriy attestatsiyalar, malakaviy amaliyotlar, ta'tillar, davlat attestatsiyalari va malakaviy bitiruv ishlarining himoyasi ko'rsatilishi o'rgatildi.Shuningdek reja asosida navbatdagi ochiq dars mashg’uloti kursdosimiz Yo’ldosheva Rano analitik kimyo fanidan 2-kurs talabalariga Molekulyar lyuminesessiya mavzusi asosida o’tkazildi. Bu ochiq dars mashg’ulotidan anchagina tajriba o’rgandik.


25.02.2022.
Bugungi amaliyotni ishchi o'quv rejani o'rganishdan boshladik. Oliy ta'lim muassasasining aniq bir ta'lim yo'nalishi yoki magistratura mutaxassisligi uchun namunaviy o'quv rejaga asosan har o'quv yili uchun ishlab chiqiladigan va o'rnatilgan tartibda OTMning rektori (o'quv ishlari bo'yicha prorektori) tomonidan tasdiqlanadigan o'quv jarayonining normativ hujjati hisoblanadi. Tegishli ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining ishchi o'quv rejalari Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoni grafigini tuzish uchun asos bo'lib hisoblanadi. OTM o'quv jarayoni grafigida tegishli belgilar asosida har bir kurs uchun hafta kunlari oylari, nazariy ta'lim, amaliyot, yakuniy nazorat, ta'tillar ko'rsatiladi. Ishchi o'quv rejalar o'quv rejalarga asosan aniq bir bakalavriat ta'lim yo'nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo'yicha har o'quv yili uchun ta'lim dasturlari, o'quv kurslari, fanlari va o'quv yillari bo'yicha ixtisoslik, tanlov va qo'shimcha fanlarni shakllantirgan holda ishlab chiqilishi va o'rnatilgan tartibda tasdiqlanishini o'rgandik.



Download 85.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling