Magistratura talabasining pedagogik amaliyot
Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov
Download 85.44 Kb.
|
kundalik(shaxsiy ish reja bo`yicha)
Ilmiy rahbar ____________________ dotsent H.Sh.Rustamov
04.04.2022 Biz bugun amaliyotimizni universitetga kelib avvalroq boshlagan tajribamni yana davom ettirdim Loyihalarni avtomatik boshqara olish maqsadida MS Project ilovasidan foydalanishning afzal va kamchiliklarini o`rganishdan boshladim. Loyihaning texnik topshirig`ini tuzgandan so`ng shu texnik topshiriq asosida loyihalashtirishni bajardim. Natija olish maqsadida 2,5 soat mehnat qildim. Hosil bo’lgan loyiha maxsulotni ilmiy rahbarim Saidovaga ko’rsatdim. 05.04.2022 Magistratura bo‘limi tomonidan berilgan magistrlik dissertatsiyasini yozish talabi asosida tadqiqot ishining annotatsiya qismini yozishni boshladik. Ilmiy rahbarlarimiz yordamida annotatsiya qismida keltirilgan so‘rovlar asosida magistrlik dissertatsiyasining umumiy mazmuni yoritib beriladigan qismini o‘zbek tilida yozishga kirishdik. Bunda namunaviy talabda ko‘rsatilgan har bir band asosida tadqiqot ishining asosiy maqsadi vazifalari obekti, uning ilmiy yangiligi haqida bayon qildik. Shu bilan birga kafedramiz o`qituvchilarning dars o`tish mahoratlarini o`zlashtirish masadida dars mashg’ulotiga tahlilga kirdik. 06.04.2022 Tadqiqot ishining o‘zbek tilida yozilgan annotatsiya qismini ilmiy rahbarimiz va kafedra katta o‘qituvchilari bilan birgalikda yana bir bor tahlil qilib aniqlangan kamchiliklarni tuzatdik. Yozilgan annotatsiyani rus va ingliz tillarida tarjima qilishga harakat qildik. Bunda dastlab tarjimani elektron dastur orqali qilib ko‘rdik, hosil bo‘lgan natijani kursdoshlarimiz bilan birgalikda tahlil qilib undagi kamchiliklarni va xatolarni tuzatdik. Axborot texnolgiyalar kafedrasi katta o‘qituvchilari va tajribali ustozlar yordamida o‘zimiz ko‘rib chiqqan tarjimalarni yana bir bor o‘rganib chiqdik. Tarjima jarayonida yo‘l qo‘yilgan bir qator kamchiliklarni tuzatdik. 07.04.2022 Biz bugun ilmiy ishimizning nazariy hamda tajriba qismlarini kafedra mudirimiz hamda ilmiy rahbarimiz tomonlaridan yana bir bor ko’rib chiqdik. Ilmiy ishimizdagi ayrim kamchiliklar, imloviy xatolar formulalardagi ayrim indekslarni xatolarini topib shularni tuzatdik. Bu esa bizga yana bir bor ilmiy ishimizni ko’rib takrorlab olishimiz ucun imkon bo’ldi desan xato bo’lmaydi, bu jarayonda bizga kafedra mudirimiz va ilmiy rahbarimiz juda katta ko’mak berishdilar. 08.04.2022 Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan tadbir fakultetning katta yig’ingohida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Tadbirga boshqa yo‘nalish talabalari, kafedra o‘qituvchilari, dekan hamda maʼnaviyat va marifat ishlari rahbari taklif etildi. Tadbir oldindan tayyorlangan reja asosida sahnada namoyish etildi. Amir Temur hayoti aks etgan videorolik ham katta sahnada namoyish etildi. Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna korinishi, lirik chekinishlar tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. Tadbir yakunida fikr bildirish uchun so‘zni fakultet dekaniga berishdi, u kishi so‘zga chiqib ushbu tadbirni sahnalashtirishga yordam bergan barchaga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar. 09.04.2022 Bugun biz amaliy matematika va dasturlash texnologiyalari kafedrasi katta o’qituvchisi Hayatov Xurshid Usmonovichning Axborot tizimlari ta’lim yo’nalishi birinchi bosqich magistrantlariga maruzalariga talil qilish va metod o’rganish maqsadida kirdik. Dars jarayoni davomida magistrlarga mavzuninig nazariy qismi haqida umumiy va to’liq ma’lumot berildi, talabalar dars jarayonida faol ishtirok etishdi. Biz bu darsdan o’zimiz uchun yangi bilim va tajriba oldik. magistrlarning o`zlashtirish va qabul qilish qobiliyatlarini faollashtiradigan usullarni qo`llagan holda mustaqil darslar o`tkazishga tayyorlaydi. Kafedra mudiri, fan o`qituvchilari, guruh rahbarlar va boshqa pedagog xodimlar ishlarini o`rganish va tahlil qilishni o`rgandik. Download 85.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling