Magmatik(otilib chiqqan), cho‘kindi va metamorfik


Ikkinchi tartibdagi xilma-xillik


Download 62.36 Kb.
bet6/6
Sana06.05.2023
Hajmi62.36 Kb.
#1434008
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tog\' jinslari massivining darzligi va ularning tasnifi Reja

Ikkinchi tartibdagi xilma-xillik bilan bog‘liq juda kichik bloklar o‘lchami bir necha o‘n santimetrdan o‘nlab metrgacha etadi.
Bu sinfga qatlamning bir pachkasi orasidagi tog‘ jinsining xilma-xil strukturasi va tarkibi, shuningdek tabiiy darzliligi tegishli bo‘ladi.


Uchinchi tartibdagi xilma-xillikga oldindan aniq bo‘lgan eng kichik darzliklardan tashqari har bir alohida minyeral ko‘rinishlar, zarralar va kristallar orasidagi bog‘lanishlar tegishli bo‘ladi. Bu yerda, byerilgan turdagi xilma-xillikda shakllangan bloklar o‘lchamlari birdan bir necha o‘n santimetrgacha bo‘lgan oraliqda o‘zgaradi.
Bundan tashqari, tog‘ jinslari ko‘pincha kristallari orasi hududida strukturaviy buzulishlar, shuningdek tog‘ jinsi hosil qiluvchi minyerallar panjarasida strukturaviy nuqsonlar bilan bog‘liq o‘zining ko‘p tarkibli ko‘p kristallashgan minyerallar majmuini namoyon etishi sababli to‘rtinchi tartibdagi xilma-xillikga ajratiladi. Bu holatda strukturaviy elementlarning o‘lchamlari millimetrning ulushidan bir necha santimetr orasida o‘zgaradi.
Tog‘ jinslari va massivlarning xossalari va deformatsiyalanishiga turli tartibdagi strukturaviy xilma-xilliklar ta’sir darajasini tasniflashning umummlashgan sonli ko‘rsatkichlari hali aniqlanmaganligini e’tiborga olamiz. Bu esa o‘rganilayotgan jarayonlarga bevosita tog‘ jinslari joylashgan joyida katta ko‘lamli tajribalarni o‘tkazishga xilma-xilliklarning ta’siri va boshqa omillar (massivning kuchlanganlik holati, sinalayotgan hajmni tajribaga tayyorlash usuli, namlik va boshqalar) tufayli olingan natijalarni tushuntirib byerish qiyinchiliklari bilan izohlanadi.
Turli tog‘ jinslaridan tashkil topgan massivlarning tajriba ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, massivlarda quyidagi umumiy moyillik kuzatiladi: deformatsiyalanish jarayoni nuqtai nazaridan hajmning ortishi bilan massivning deformatsiya moduli kamayadi, deformatsiya ko‘rsatkilari esa ortadi.
Download 62.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling