Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar


Download 0.52 Mb.
bet90/113
Sana28.09.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1688773
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   113
Bog'liq
Energetikasining-hozir.org

Massa defekti. Yadro massasini mass-spektrometrlar deb ataluvchi asbob yordamida katta aniqlikda o‘lchash mumkin. Bunday o‘lchashlarning ko‘rsatishicha, yadroning massasi uning tarkibiga kiruvchi nuklonlar massalarining yig‘indisidan kichik ekan. Boshqacha aytganda, nuklonlardan yadro hosil bo‘lishida
m = [Z · mp + (AZ)mn] – mya (7–10)
ga teng massa yetishmovchiligi vujudga keladi. Bu yerda: mp, mn, mya mos ravishda proton, neytron va yadroning massalari. Massaning yetishmagan bu qismi massa defekti deyiladi. Bizga ma’lumki, massaning har qanday Δm o‘zgarishiga energiyaning Δmc2 o‘zgarishi mos keladi. Aynan shu energiya yadroni bir butun tutib turadi va bog‘lanish energiyasiga teng:
E = Δmc2 = [Z · m + (AZ)mm ]c2. (7–11)
bog‘ p n ya
Tabiiyki, turli yadrolar uchun bog‘lanish energiyasi ham turlicha. Ularni taqqoslab, qaysilari barqaror, qaysilari esa beqarorroq ekanligini qanday aniqlashimiz mumkin? Buni aniqlashning yagona yo‘li har bir nuklonga to‘g‘ri keluvchi bog‘lanish energiyasini solishtirishdir.
Solishtirma bog‘lanish energiyasi Esol deb, har bir nuklonga to‘g‘ri keluvchi bog‘lanish energiyasiga aytiladi, ya’ni:


Esol
= Ebog‘ , (7–12)
A


bu yerda: A – yadrodagi nuklonlar soni.


7.7-rasmda solishtirma bog‘lanish energiyasi Esol ning massa soni A ga bog‘liqlik grafigi keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, Esol ning turli yadrolar uchun qiymatlari ham turlichadir. Mendeleyev elementlar davriy sistemasining o‘rtasida joylashgan


elementlarning yadrolari ancha barqaror. Bunday yadrolar uchun bog‘lanish energiyasi 8,7 MeV ga yaqin. Yadrodagi nuklonlarning soni ortishi bilan bog‘lanish energiyasi kamaya boradi. Davriy sistemaning oxiridagi elementlar (masalan, uran) uchun 7,6 MeV atrofida bo‘ladi. Bunga sabab – yadrodagi protonlarning soni ortishi bilan ular orasidagi itarishish kuchining ortishidir.




Esol
A
7.7-rasm.
Elektronning atomga bog‘lanish energiyasi 10 eV atrofida bo‘ladi. Demak, nuklonning yadroga bog‘lanish energiyasi, elektronning atomga bog‘lanish energiyasidan million marta katta ekan.

Xuddi shuningdek, yengil yadrolar uchun ham solishtirma bog‘lanish energiyasi ancha kichik. Deyteriy uchun u bor-yo‘g‘i 1,1 MeV ni tashkil qiladi.


Shuning uchun ham yadro energiyasini ajratib olishning ikki xil usuli va demak, yadro energetikasining ham ikki xil yo‘nalishi mavjud. Bulardan birinchisi, yengil yadrolarni sintez qilish bo‘lsa, ikkinchisi, og‘ir yadrolarning parchalanishidir.


  1. Atom yadrosining massa soni nimani ko‘rsatadi?


  2. Yadroning bog‘lanish energiyasi deb qanday energiyaga aytiladi?


  3. Massa defekti nima?


  4. Atom massasining qancha qismi yadroda mujassamlangan?


  5. Yadroning zaryad soni deganda nimani tushunamiz?

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling