Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar


Download 0.52 Mb.
bet93/113
Sana28.09.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1688773
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113
Bog'liq
Energetikasining-hozir.org

Sintillatsion hisoblagich. Ish prinsipi tez zarralarning fluoressiyalanuvchi ekranga tushishida ro‘y beradigan chaqnash – sintillatsiyaning kuzatilishiga asoslangan. Hosil bo‘lgan kuchsiz yorug‘lik chaqnashi elektr impulslariga aylantiriladi va kuchaytirilib, maxsus apparatlar yordamida qayd qilinadi. α – zarra birinchi marta aynan shunday hisoblagich yordamida (1903-yil) qayd qilingan edi.
Vilson kamerasi zarralarning iziga qarab (trek – inglizcha – iz) qayd qiladi.

Kamera 1911-yilda ingliz fizigi Ch. Vilson tomonidan yaratilgan. U tez uchib kelayotgan zarralarning bug‘simon holatdagi moddadan o‘tganida, shu modda molekulalarini ionlashtirishiga asoslangan.


Vilson kamerasining sxemasi 7.9-rasmda tasvirlangan. Kameraning ishchi hajmi (1) suvning yoki spirtning to‘yingan bug‘i bo‘lgan havo yoki gaz bilan to‘ldirilgan. Porshen (2) pastga qarab tez harakatlanganda 1 hajmdagi gaz adiabatik ravishda kengayadi va soviydi. Natijada gaz o‘ta to‘yingan holatga keladi. Kameradan uchib o‘tgan zarra o‘z yo‘lida ionlarni vujudga keltiradi va hajm kengayganda kondensatsiyalangan bug‘lardan tomchilar hosil bo‘ladi. Shunday qilib, zarra orqasida ingichka tuman yo‘l ko‘rinishidagi iz qoladi. Bu izni kuzatish yoki rasmga tushirish mumkin.
Alfa-zarra gazni kuchli ionlashtiradi va shuning uchun Vilson kamerasida qalin iz qoldiradi (7.10-rasm). Beta-zarra – juda ingichka iz qoldiradi. Gamma-nurlanish esa Vilson kamerasidagi gaz molekulalaridan urib chiqargan fotoelektronlari yordamidagina qayd etilishi mumkin.
1
2


7.9-rasm. 7.10-rasm.
Fotoemulsiya usuli. 1927-yilda rus fizigi L. Misovskiy zaryadlangan zarralar izini qayd qilishning oddiy usulini taklif qildi. Zaryadlangan zarralar fotoemulsiya orqali o‘tganda, unda tasvir hosil qiluvchi ionizatsiyani vujudga keltiradi. Surat ochilgandan keyin zaryadlangan zarralarning izlari ko‘rinib qoladi. Emulsiya juda qalin bo‘lganligi uchun ham zarraning unda qoldirgan izi juda ham qisqa bo‘ladi. Shuning uchun, fotoemulsiya usuli juda katta energiyali tezlatkichlardan chiqayotgan zarralar va kosmik nurlar vujudga keltiradigan reaksiyalarni o‘rganish maqsadida ishlatiladi.


    1. Zarralarni qayd qilishning asosiy usullari ularning qanday ta’sir- lariga asoslangan?


    2. Gaz razryadli hisoblagichning ish prinsipi qanday?


    3. GeygerMyuller hisoblagichining ish prinsipi va unumdorligi qanday?


    4. Fotoemulsiya usuli nimadan iborat?


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling