Magnit maydon elektromagnit induksiya elektromagnit tebranishlar elektromagnit to‘lqinlar


Download 0.52 Mb.
bet87/113
Sana28.09.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1688773
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   113
Bog'liq
Energetikasining-hozir.org

Lazerning turlari. Kvant generatorlari kvant mexanikasi qonunlari asosida istalgan (elektr, issiqlik, yorug‘lik, kimyoviy va h.k.) energiyani

kogerent yorug‘lik nuri energiyasiga aylantirib beradi. Bu ajoyib xossaga egaligi lazer nurining juda keng qo‘llanilishiga sabab bo‘lmoqda.


Lazerlar faollashtiruvchi moddalarning turlariga, ya’ni qanday energiyani kogerent yorug‘lik nuri energiyasiga aylantirishiga qarab bir nechta turlarga bo‘linadi. Bular: qattiq lazerlar, yarim o‘tkazgichli lazerlar, gaz lazerlari, kimyoviy lazerlar, tolali lazerlar, rentgent lazerlari va hokazolar.
Ular impuls, uzluksiz va kvaziuzluksiz rejimlarda ishlashi mumkin. Lazerning xossalari bilan tanishaylik.
Yuqori darajada kogerent, ya’ni fotonlarning fazalari bir xil.
Qat’iy monoxromatik. Dastaga kiruvchi fotonlar to‘lqin uzunliklarining
farqi 10–11 m dan oshmaydi, ya’ni ∆λ < 10–11 m.
Nurlanish quvvati juda katta. Lazer nurida nurlanish quvvati 1016–1020 W/m2 gacha bo‘lishi mumkin. Bu juda katta qiymat hisoblanadi. Vaholanki, Quyoshning to‘la nurlanish spektri bo‘yicha nurlanish quvvati 7 · 107 W/m2 ni tashkil qiladi.
Nurning yoyilish burchagi juda kichik. Masalan, Yerdan Oyga yo‘naltirilgan lazer Oy sirtida 3 km diametrli joynigina yoritadi. Odatdagi projektor nuri esa 40 000 km diametrli maydonni yoritgan bo‘lardi.
Lazerning qo‘llanilishi. Qulayligi va kam energiya sarflanishi lazerning juda qattiq materiallarni qayta ishlash va payvandlashda keng qo‘llanilishiga imkon yaratdi. Masalan, oldin olmosdan kichkina teshikcha ochish uchun 24 soat vaqt sarflangan bo‘lsa, hozir bu ish lazer yordamida 6–8 minutda amalga oshiriladi.
Soatsozlik sanoati uchun zarur bo‘lgan yoqut va olmos toshlarda ochiladigan diametri 1–10 mm, chuqurligi 10–100 μm bo‘lgan nozik teshikchalar lazer yordamida hosil qilinadi.
Lazer juda keng qo‘llaniladigan sohalardan yana biri – materiallarni kesish va payvandlashdir. Bu ishlar nafaqat mikroelektronika, poligrafiya kabi nozik sohalarda, balki mashinasozlik, avtomobilsozlik, qurilish materiallarini ishlab chiqarishda ham bajariladi.
Lazer nurlari buyumlardagi nuqsonlarni aniqlash, kimyoviy reaksiyalar mexanizmini o‘rganish va ularni tezlashtirish, o‘ta toza materiallarni hosil qilishda ham juda yaxshi yordamchidir. Hozir lazer yordamida izotoplar, jumladan, uran izotoplari ajratib olinmoqda.
Lazer o‘lchov ishlarida ham juda keng qo‘llaniladi. Ular yordamida uzoqdan turib ko‘chishlarni, muhitning sindirish ko‘rsatkichini, bosimni,
temperaturani o‘lchash mumkin. Lazer nuri Yerdan Oygacha bo‘lgan
masofani aniqlashtirishga, Oy xaritasiga aniqliklar kiritishga yordam berdi.
Lazer tibbiyotda ham juda keng qo‘llanilmoqda. U qon chiqarmaydigan pichoq vazifasini bajarib, kishilarning umrini uzaytirishga, ko‘rish qobiliyatini tiklashga xizmat qilmoqda.
Lazer qo‘llanadigan istiqbolli sohalardan yana biri – yuqori temperaturali plazma hosil qilishdir. Bu soha termoyadro sintezini lazer bilan boshqarish yo‘lida yaxshigina imkoniyatlar ochgani sababli olimlarning diqqat markazida turibdi.
Lazerli disklar tushunchasi kompyuterda ishlovchilar va musiqasevarlar
kundalik hayotining ajralmas qismiga aylanib qoldi.
Hozirgi paytda lazerning qo‘llanilish sohasi shu qadar ko‘pki, ularning hammasiga to‘xtalib o‘tishning imkoni ham yo‘q. Ammo bizning izlanuvchan o‘quvchimiz bu ishni mustaqil amalga oshiradi, degan umiddamiz.


  1. Lazer nima?


  2. Spontan nurlanish deb qanday nurlanishga aytiladi?


  3. Majburiy o‘tish qanday hosil qilinadi?


  4. Metastabil holat deb qanday holatga aytiladi?


  5. Lazerning o‘lchov ishlarida, fanda, tibbiyotda qo‘llanilishiga misol-


lar keltiring.

      1. Download 0.52 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling