Magnit maydon oqimi va tokli ramkani aylantiruvchi momentni o`rganish
Download 12.68 Kb. Pdf ko'rish
|
Referat Qodirov.X 20232531
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qollanilish sohasi
- Operatsion tizim
Dastur nomi: “Magnit maydon oqimi va tokli ramkani aylantiruvchi momentni o`rganish”. Funktsional imkoniyatlari: Ilova ishga tushirilganda uchta menyu chiqib keladi, ekranning pastki qismida joylashgan navigatsiya menyusi orqali shu uch oynalarning biriga (“Home”, “Animation”, “Info” oynalariga) o`tish mumkin. Birinchi oyna (“Home” menyusi) orqali dastur foydalanuvchiga ikki bo`limdan biriga o`tish mumkin bo`lgan interfeysni taqdim etadi: Oyna yuqorisida turgan birinchi card ko`rinishidagi ramka orqali dasturning birinchi qismi ishga tushiriladi. Bunda birinchi ramkadagi “Boshlash” tugmasini bosish orqali “sirt yuzini kesib o`tayotgan magnit maydon kuch chiziqlarini sonini aniqlash” (Φ=B*S*cosα (1.1)) ga mo`ljallangan oynaga o`tiladi. Bu oynada esa yuqoridagi (1.1) formulada keltirilgan barcha birliklarni hisoblay oladigan interfeys keltiriladi. Pastda turgan ikkinchi ramka orqali esa dasturning birinchi qismi ishga tushiriladi. Bunda ikkinchi ramkadagi “Boshlash” tugmasini bosish orqali “tokli ramkani aylantiruvchi momentni ramka yuzasi, magnit induksiya va ramkadan o`tayotgan tok kuchi orqali aniqlash” (M=I*B*S (1.2)) ga mo`ljallangan oynaga o`tiladi. Bu oynada esa yuqoridagi (1.2) formulada keltirilgan barcha birliklarni hisoblay oladigan interfeys keltiriladi. Quyida aynan birinchi va ikkinchi ramka oynalari keltirilgan: 1-oyna 2-oyna Navigatsiya menyusida turgan ikkinchi tugma “Animation” tugmasini bosish orqali o`tilgan oynada ushbu dasturda foydalanilgan formulalarni amaliyotda qanday qo`llash haqida animatsion videolar keltirilgan. Bu yerda ikkita o`quv video-roliklari keltirilgan bunda yuqori ramkada joylashgan video-rolik (1.1) formulani, quyidagi video- rolik esa (1.2) formulani hisoblash zaruriyatini amaliyotda qanchalik muhim ekanligini ifodalab beradi. Navigatsiya menyusida turgan uchinchi tugma “Info” tugmasini bosish orqali o`tilgan oynada ushbu dastur davomida ketirilgan formulalarning nazariy tomonlama izohi keltiriladi. Qo'llanilish sohasi: O`rta ta’lim muassalarida magnetizm bo`limining “Magnit maydon oqimi va tokli ramkani aylantiruvchi momentni o`rganish” mavzusini o`rganishga va keltirilgan kattaliklarni hisoblashga qaratilgan. Kompyuter turi: Android tizimining 5.0 versiyasidan yuqori bo`lgan barcha dasturiy ta’minotda ishlay oladigan devayslar (minimal holatda android planshetlar, smartfonlar, emulyatorlar va h.k). Operatsion tizim: Android. Dasturlash tili: Java, XML, Kotlin. Dastur hajmi: 14 MB. Izoh: Depandentlangan titul varaq avvalgi yozishmalarda keltirilgan. Download 12.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling