Mavzu: oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi namlik miqdorini aniqlash


Download 13.58 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi13.58 Kb.
#1208029
Bog'liq
1-laboratoriya


1 - LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
MAVZU: OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TARKIBIDAGI NAMLIK MIQDORINI ANIQLASH
Nazariy qism:
Quyida keltirilgan tajribada kolbasa mahsulotlarining barcha turlaridagi namlikni aniqlash usuli keltirilgan.
a) quritish shkafida quritish
b) quritish apparatida infraqizil lampa nurlari bilan.
Tanlab olingan kolbasa bo’laklari namunalari oldin ustki qobiqdan tozalanib, diametri 3-4 mm bo’lgan qiyma maydalash apparatidan 2 marta o’tkaziladi va tez-tez aralashtirib turiladi. So’ngra olingan qiymani shisha bankachaga ustki qismini yaxshilab yopib, sovuq joyga analiz tugaguncha olib qo’yiladi.
a) Namlik miqdorini quritish yo’li bilan quritish shkafida aniqlash(arbitraj usuli)
Tajriba o’tkazish uchun quyidagi apparaturalar qo’llaniladi: analitik taroz yoki texnik tarozi (pishirilgan kolbasalar uchun), shishali yoki alyumin stakanchalar(byukslar) qopqoqlari bilan 30-50mm diametrli, termoregulyatorli quritish shkafi, kvartsli qum.
Aniqlash jarayoni:
1,6-8 gramm qumni shisha tayoqcha bilan stakanchalarga solib olinadi. So’ngra analitik tarozida 3 gramm kolbasa qiymasi tortib olinadi. Olingan qiyma shisha tayoqcha bilan qumga aralashtiriladi. Aralashma nam holatida bo’lishi kerak. Stakanla ichidagi aralashmalar bilan quritish shkafiga joylashtiriladi va 1 soat davomida 1500C temperaturada saqlanadi. Quritish tugaganidan so’ng stakanchalar aralashmalari usti engil qopqoq bilan yopib, eksikatorda 40 minut davomida sovitiladi. Shundan so’ng qopqoqlarni yaxshilab yopib ularni tarozida tortiladi.
Natijalarni hisoblash
Tarkibidagi namlik foizlarda (x) o’lchanadi
G1 – G2
X = ------------- x 100
G
Bunda G – qiyma aralashmasi, g; G1–stakanchaning aralashma bilan birga oqirligi (quritishdan oldin) g.; G2-stakanchaning aralashma bilan birga oqirligi (quritishdan keyin), g.
1.Analizning oxirgi natijasi ikki marta o’tkazilgan sinovning o’rtacha arifmetik qiymatidan olinadi. Namlik darajasi 0,1% aniqligida o’lchanadi.
2.Probalar orasidagi o’rtacha natija 0,5% dan oshmasligi kerak.
b) Namlik miqdorini quritish apparatida infraqizil lampa nurlari bilan qizdirish yo’li bilan aniqlash.
a) Apparat va uskunalar.
Namlikni aniqlash uchun quyidagi apparat qo’llaniladi.
Uchta lampadan iborat bo’lgan quritish apparati, IK-nurlanishi 500Vt har biri 220V kuchlanishga ega bo’lgan, stolning yuza qismidan lampaning yuqori qismigacha 10 sm masofada joylashtirilgan tortish kuchi uchun mo’ljallangan stakanchalardan iborat.
Doimiy kuchlanishni saqlab turish va byuksalarning stolcha bilan aylanishini ta'minlash maqsadida apparatga qarshilik reostati va voltmetr (-250v) ulab qo’yilgan.
Stakanlar quritish uchun (byuksa) alyuminiydan yasalgan qopqoqlari bilan diametri 40 mm, balandligi 30 mm bo’ladi.
b) Tajribaning o’tkazilishi:
1.Tajriba o’tkazishdan oldin apparat 150-200V kuchlanishida, 10-15 minut davomida qizdiriladi. Apparat tayyor bo’lgandan so’ng kuchlanish 100-105 V ga to’qrilanadi, shunda quritish zonasida 1350S temperaturasi hosil qilinadi.
2. 5-6 gramm oldindan quritilgan qum alyuminiy stakanchalarga shisha tayoqcha bilan joylashtiriladi. Shundan so’ng analitik tarozida 2 gramm kolbasa qiymasi o’lchanib, stakanchaga solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Qorishma 2 mm qalinlikda bir xil tarqalgan bo’lishi kerak.
Quritish jarayoni 12-15 min, stolchaning aylanish tezligi 8-10 ayl/min. Eksikatorda sovutilgandan so’ng stakanchalar tarozida tortiladi. Namlik miqdorini oldingi usulda ko’rsatilgan formula orqali hisoblanadi.
Download 13.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling