Magnit va elektr separatorlar
Minerallaming magnit xossalari
Download 66.49 Kb.
|
doston dastgohlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magnit separatorlarining klassifikatsiyasi
Minerallaming magnit xossalari
va ularning klassifikatsiyasi Hamma jismlar o‘zining magnit xossalariga qarab diamagnit, paramagnit va ferromagnit minerallarga bo‘linadi. Diamagnit minerallar manfiy magnitlanishga moyilikka ega va bir jinsli bo'lmagan magnit maydonidan itariladi (mis, aluminiy, vismut, surma). Paramagnit minerallar odatdagi sharoitda musbat magnitlanishga moyillikka ega va kuchli tashqi magnit maydoni ta’sirida ular magnitlanadi va magnit maydoniga tortiladi. Ferromagnit moddalarning magnitlanishga moyilligi paramagnitlamikiga nisbatan ancha katta va ularni magnitlash uchun nisbatan kuchsiz magnit maydoni talab qilinadi (temir, nikel, kobalt). Boyitishda mineral zarralar solishtirma magnitlanishga moyillikning kattaligiga qarab klassifikatsiyalanadi va u bo‘yicha hamma minerallar 3 guruhga bo'linadi. 1. Kuchli magnitli minerallar, ular jc>300 10-3 m3/kg ga teng magnitlanishga moyillikka ega. Bu minerallarga magnetit, maggemit, pirrotin va boshqalar kiradi, ular ferromagnit minerallar hisoblanib, ulami ajratish uchun magnit maydonining kuchlanganligi kichik (70- 120kA/m) separator ishlatiladi. 2. Kuchsiz magnitli minerallarning magnitlanishga moyilligi x=10x 10-3 -600 10-3 m3/kg orasida. M inerallarning bu guruhi paramagnit minerallarga mansub bo‘lib, ularga hamma marganesli minerallar, tem ir oksidlari, titan, volfram va boshqa minerallar kiradi. Bu minerallarning magnit fraksiyasiga ajratish uchun separatorlaming magnit maydonining kuchlanganligi 480—1600 kA/ m atrofida bo'lishi kerak. 3. Nomagnit minerallar, ularga x<10 10-3 m3/kg dan kichik paramagnit minerallar va hamma diamagnit m inerallar kiradi. Minerallarning bu guruhi magnit fraksiyaga, hatto kuchli maydonli separatorlarda ham ajralmaydi. Magnit separatorlarining klassifikatsiyasi Magnit separatorlari bir-biridan magnit tizimining tuzilishi, magnit maydoni ta’sir etuvchi zona, ajralish mahsulotlarini qabul qiluvchi vannaning tuzilishi, magnit fraksiyani ishchi zona bo‘ylab harakatlantiruvchi ishchi organining tuzilishi bilan farq qiladi. Magnit maydonining kuchlanganligi va kuchiga qarab, separatorlar ikki guruhga bo'linadi: 1. Kuchlanganligi 80-120 kA/m bo‘lgan kuchsiz magnit maydonli separatorlar. Bu separatorlar kuchli magnitli minerallami ajratishga mo‘ljallangan. Bunday maydonlami hosil qilish uchun ochiq magnitli tizim ishlatilib, ularda maydonning har xil jinsliligi turli ishorali bir . nechta qutblarni almashtirib, galma-gal ulab hosil qilinadi. Bu guruhdagi separatorlar magnetitli rudalarni va og‘ir suyuqliklarda boyitishda, ferromagnitli suspenziyani regeneratsiyalashda ishlatiladi. 2. Magnit maydonining kuchlanganligi 800-1600 kA/m bo'lgan kuchli magnit maydoniga ega separatorlar. Ular ruda tarkibidagi kuchsiz magnitli minerallarni ajratishga mo‘ljallangan. Bunday kuchli magnit maydonini faqat yopiq magnitli tizimni qo'llab hosil qilish mumkin. Boyitilish usuliga qarab, bu guruhning separatorlari ikki turga bo‘linadi: quruq boyitish uchun (muhit sifatida havo) va ho‘l usulda boyituvchi separatorlar (muhit sifatida suv). Rudaning harakatlanish yo'nalishi va boyitish mahsulotlarini ishchi zonadan chiqarish usuliga qarab, ho‘l usulda boyituvchi separatorlar quyidagilarga bo‘linadi: — oqib o'tuvchi vannali separatorlar, ularda dastlabki ruda va nomagnit minerallar bitta yo'nalishda harakatlanadi; magnit va nomagnit mahsulotlar yo‘nalishlari orasidagi burchak < 90°. — qarama-qarshi oqimli vannali separatorlar; ularda ruda va nomagnit minerallar bitta yo‘nalishda harakatlansa, magnitli mahsulot qaram a-qarshi yo'nalishda harakatlanadi. Yo‘nalishlar orasidagi burchak >90°. — yarim qarama-qarshi oqimli vannali separatorlar; ularda mahsulot bo‘tana shaklida pastdan bosim ostida beriladi, magnit va nomagnit m inerallar bir-biriga qaram a-qarshi yo'nalishda harakatlanadi, yo‘nalishlar orasidagi burchak >90°. Magnitli mahsulotni chiqarib oluvchi moslamaning tuzilishiga qarab barabanli, valokli, disk(gardish)li va rolikli separatorlar mavjud. Separatorlar ikki turda tayyorlanadi: elektromagnitli-(E) va doimiy magnitli (P). Quyidagi turlarda ishlab chiqariladi: ho‘l separatsiyalash uchun barabanli (БМ); quruq separatsiyalash uchun barabanli (БС); ho‘l separatsiyalash uchun valokli (BM); quruq separatsiyalash uchun valokli (BC); quruq separatsiyalash uchun diskli (ДС) va hokazo. Yordamchi asbob-uskuna sifatida boyitish fabrikalarida rudani magnitlash va magnitsizlantirish uchun apparatlar hamda magnitli gidroseparatorlar ishlatiladi. 10> Download 66.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling