Magnit va elektr separatorlar


Download 66.49 Kb.
bet5/5
Sana02.06.2024
Hajmi66.49 Kb.
#1836725
1   2   3   4   5
Bog'liq
doston dastgohlar

д = d Q / d S, bunda: dQ dS elementar maydondagi zaryad.

Zaryadning hajmiy zichligi deb, fazoviy elementda joylashgan zaryadning shu elementning hajmiga nisbatiga aytiladi:
Absolut dielektr o'tkazuvchanlikning o'lchov birligi farada/metr (F/m).
0 ‘tkazgichlarning muhim xususiyati ularning elektr o‘tkazuvchanligi, ya’ni elektr tokini o'tkazish xususiyatidir. Elektr o‘tkazuvchanlikning o'lchov birligi qilib simens (Sm) qo‘llaniladi. Simens — o'tkazgich uchlaridagi kuchlanganlik 1V bo‘lganda 1 A tok o'tkazadigan o‘tkazgichning elektr o'tkazuvchanligi.
Elektr o‘tkazuvchanlikka teskari kattalik qarshilik deyiladi va Omlarda o‘lchanadi.
Ko'pincha moddaning solishtirma elektr o'tkazuvchanlik va solishtirma qarshilik kattaliklaridan foydalaniladi. Moddaning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi — tok zichligining elektr maydoni kuchlanganligiga nisbati. Solishtirma elektr o‘tkazuvchanligining SI tizimidagi


Elektr separatorlarining tuzilishi

Rudali va noruda foydali qazilm alarni boyitishda elektr separatsiyaning quyidagi usullari keng tarqalgan:


elektrostatik separatsiya — elektrostatik maydonda amalga oshiriladi;
tojli separatsiya - tojli razryadli elektrsizlashtirish maydonida amalga oshiriladi (zarralar ionlashish orqali zaryadlanadi);
tojli elektrostatik separatsiya — tojli elektrostatik maydonda amalga oshiriladi.
Kamdan-kam hollarda dielektrik separatsiya qo‘llaniladi. Elektr separatsiyasi usullarining bunday tasnifiga, asosan, elektr separatorlarini quyidagi asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin:
elektrostatik (barabanli, kamerali, pog‘onali, plastinkasimon); tojli va tojli-elektrostatik (barabanli, kamerali); triboadgezion;
dielektrik.
Har qanday elektr separatorining tuzilishi zarrani zaryadlovchi moslama va mineral zarraning ajralishi sodir bo'luvchi separatsiya zonasi bilan aniqlanadi. Zaryadlovchi moslama va separatsiya zonasi alohida va birlashgan holda tayyorlanishi mumkin. Elektr separatorlarining ajralmas qism iyuqori kuchlanish manbayidir.
Mineral zarralami elektr o‘tkazuvchanlikka qarab boyitish uchun 16 ta parallel plastinkasimon elektrodlardan tuzilgan plastinkasimon pog'onali separator ishlatiladi) . Pastki elektrodlar bir tekis, yuqorilari jalyuzsimon. Plastinkasimon elektrodlarning bir qatori yerga ulangan, izolatorlarga ulangan boshqa qatordagi elektrodlarga yuqori kuchlanganlik beriladi. Dastlabki mahsulot elektrodlar orasida yuqoridan pastga harakatlanib, o‘n oltita elektr maydoni ta’siriga quyi elektrodlar; yuqori elektrodlar; izolator; qabul qiluvchilar uchraydi. Tok o‘tkazuvchi zarralar tekis elektroddan uziladi va teskari elektrodning jalyuzlari orqali o‘tib, qabul qiluvchi idishga tushirib olinadi. Tok o ‘tkazm aydigan zarralar separatorning hamma kaskadlaridan o‘tib qabul qiluvchi idishga tushadi.Bu jarayon plastinkalarhing qiyalik burchagini, ular orasidagi masofani va beriladigan kuchlanganlikni o'zgartirib boshqariladi.Amaliyotda barabanli tojli va tojli-elektrostatik separatorlar eng ko‘p ishlatiladi. Barabanli tojli elektr separatorining sxemasi keltirilgan. Qutichada podshipniklarda metall baraban - cho‘ktiruvchi elektrod aylanadi. Undan ma’lum masofada alohida qutichada barabanni hosil qiluvchiga parallel holda bir nechta ingichka o'tkazuvchilar - tojlantiruvchi elektrodlar tortilgan. Barabanning ustida yuklovchi voronka, ostida esa boyitish mahsulotlarini qabul qilish uchun bir nechta bo‘limlardan iborat qabul qiluvchi bunker o‘rnatilgan. Barabanni yopishib qolgan zarralardan tozalash uchun aylanuvchi cho'tka ko'zda tutilgan. Tojli elektrsizlanish hosil qilish uchun tojlantiruvchi elektrodlarga yuqori kuchlanish beriladi. Cho'ktiruvchi elektrod yerga ulanadi. Aylanuvchi baraban orqali material bunkerdan elektrodlar orasidagi maydonga beriladi. Baraban yuzasida mineral zarralar ionlar oqimidan zaryad oladi. Tok o‘tkazmaydigan zarralar barabanda zaryadini o ‘zgartirmaydi, uning yuzasida ushlanib qoladi va bunkeming III bo'limiga to'kiladi. 0‘tkazuvchi zarralar zaryadini tez o‘zgartiradi va baraban yuzasidan har xil zaryadlangan zarra sifatida itariladi .va I bo‘limga tushadi. Yarim o‘tkazuvchi zarralar esa II bo‘limga bo‘shatiladi. Sanoatda ishlatiladigan elektr separatori bir nechta barabandan tashkil topib, ularda asosiy separatsiya va mahsulotlardan birini tozalash sodir bo'ladi. Elektr separatsiya, asosan, kamyob metallar rudalari (qalay, volfram, titan - sirkoniy, tantal — niobiy) ning boyitmalari sifatini me’yorga yetkazish, shuningdek, keramik mahsulotlami, shishali qumlarni, fosforit, slyuda, olmos va hokazolarni boyitishda ishlatiladi.


Xulosa
Magnit usulida boyitishning mohiyati shundan iboratki, ruda zarralariga magnit va mexanik kuchlar bilan ta’sir qilinganda, har xil magnit xossasiga ega bo‘lgan zarralar turli xil harakatlanish trayektoriyalariga ega bo‘ladi.
O‘zlarining trayektoriyalari bo'ylab harakatlanib, magnit va nomagnit zarralar magnit maydonidan alohida mahsulotlar holida chiqib, bu mahsulotlar bir-biridan faqat magnit xossasi bilangina emas, balki o'zining moddiy tarkibi bilan ham farq qiladi.
Magnit usulida boyitish qora va rangli metall rudalarini boyitishda, magnitli og‘irlashtirgichlarni regeneratsiyalashda, turli xil materiallardan temirni yo'qotishda qo'llaniladi.
Ruda zarralarining magnit xossalariga qarab ajratish sodir bo'ladigan mashinalar magnit separatorlari deb ataladi.
Foydali qazilmalarni elektr separatsiyasi uchun minerallaming elektr xossalaridagi farq ishlatiladi. Elektr maydonida harakatlanuvchi m ineral zarraga ta ’sir qiluvchi elektr kuchlarining kattaligi m inerallaming elektr xossalari (elektr o'tkazuvchanlik, dielektrik doimiylik va hokazolar) ni belgilaydi.
Mineral zarralarning elektr maydonida turli trayektoriyalar bo‘ylab harakatlanishi ularni ajratish uchun qo'llaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. I.K. Umarova, G.Q. Solijonova ,,Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash”.




  1. A.V. Tarasov, N.I. Utkin ,,Umumiy metallurgiya”.



  1. http://fayllar.org.



  1. http://arxiv.uz.

Download 66.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling