Zarafshon shahar
6-sonli Maktabgacha ta`lim
tashkiloti direktori
____________S.H.Fayziyeva
“______” _____________2022-yil
6-sonli Maktabgacha ta`lim tashkilotida “Mahalla – tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik, ma’rifat va tarbiya qoʻrgʻonidir”
mavzusida o`tkazilgan ma’naviyat soati
YIG`ILISH BAYONI №11
2023- yil “14” aprel Zarafshon shahar
Qatnashdilar: -S.H.Fayziyeva - Zarafshon shahar 6-sonli ta`lim
tashkiloti direktori,
N.E.Jalilova – uslubchi,
M.O.Davronova – uslubchi,
D.N.Sanaqulova –ma`naviy va ma`rifiy
ishlar bo`yicha ma`sul xodim va barcha xodimlar.
KUN TARTIBI:
1.“Mahalla – tinchlik va osoyishtalik poydevori;
2. Ahillik va hamjihatlik, ma’rifat va tarbiya qoʻrgʻonidir”.
Yig`ilishni Zarafshon shahar 6-sonli maktabgacha ta`lim tashkiloti direktori S.H.Fayziyeva kun tartibiga qoʻyilgan birinchi masala yuzasidan gapirib oʻtdi. Mahalla tizimi jamiyatimizning eng muhim va tayanch boʻgʻini hisoblanadi. Keyingi uch yilda uni rivojlantirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, mahalla institutiga oid 38 ta qonun va meʼyoriy hujjat qabul qilindi, 50 dan ortigʻi takomillashtirildi. Jamiyat hayotida jonbozlik koʻrsatgan soha xodimlari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Fuqarolar yigʻinlari raislari va masʼul kotiblarining oylik ish haqi oʻtgan yilning oʻzida 1,5 barobar oshirildi.
Shubdan soʻng, DMTT ma’naviyat ishlar yurituvchisi Sanaqulova D.N. mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’ruzasini oqib eshittirdi. Mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha taʼsirchan tizimni shakllantirish maqsadida profilaktika inspektori koʻrib chiqadigan maʼmuriy huquqbuzarliklar sonini oshirish zarurligi taʼkidlandi.
Ichki ishlar vazirligiga profilaktika inspektorlariga yaratilgan sharoitlarni oʻrganib, tayanch punktlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash vazifasi qoʻyildi. Shu bilan birga, profilaktika inspektorlari faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqib, bu vazifaga munosib xodimlarni tayinlash boʻyicha topshiriq berildi.
Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida fuqarolar yigʻinlari majmualarini qurish, boʻsh turgan binolarga mahalla idoralarini joylashtirish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.
Mahallalarda ahillik va oʻzaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yosh avlodda vatanparvarlik, mehnatsevarlik tuygʻularini mustahkamlashda keksalar tajribasidan foydalanish muhimligi taʼkidlandi.
QAROR QILADI:
Maktabgacha ta`lim tashkilotining ma`naviy va ma`rifiy ishlar bo`yicha ma`sul D.N. Sanaqulovaning mavzusida ma`ruzasi “Mahalla – tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik, ma’rifat va tarbiya qoʻrgʻonidir” ma`lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Mazkur yig`ilish bayoni qarorining bajarilishini nazarot qilishni o`z zimmamda qoldiraman.
Bayonnomani rasmiylashtirdi: D.N.Sanaqulova
Do'stlaringiz bilan baham: |