"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining haqida
"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini tashkil etish to’g’risida
Download 50.15 Kb.
|
hisobot institut (2)
"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini tashkil etish to’g’risida
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4602-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda “Mahalla ziyosi” respublika o‘quv-uslubiy markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Belgilansinki, Institut mahalla va oila institutlarini mustahkamlashga ko‘maklashuvchi, fuqarolar yig‘inlarini aholining chinakam maslakdoshiga aylantirish va “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etish ishlarini ilmiy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash faoliyatini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. 2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin: - jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni to‘laqonli va samarali joriy etish, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda ishtirok etish, fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish; - mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirish; - mahallalar va oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, shu jumladan oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish; - oilaviy zo‘ravonlikning kelib chiqish omillari va sabablarini chuqur o‘rganish, oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqgida aniqlash, zo‘ravonlikka uchragan yoki o‘z joniga suiqasd qilgan yoxud o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish; - mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy faollikni oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish; - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash sohasidagi dolzarb ilmiy muammolarga bag‘ishlangan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, shuningdek, ushbu sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib borish; - o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha respublikadagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy mamlakatlarning ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish; - ommaviy axborot vositalarida, jumladan, televideniye va Internet jahon axborot tarmog‘ida ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng yoritish, shuningdek, aholining mahalla va oila institutlarini mustahkamlashdagi ijtimoiy faolligini oshirishda ishtirok etish. 3. O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziriga, zarur hollarda, Institut tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 4. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: - O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari (xodimlar mehnatiga haq to‘lash, binolar va inshootlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish hamda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun); - ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; - O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari; - xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari; - respublika ilmiy-tadqiqot loyihalari grantlari; - xo‘jalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazishdan tushadigan tushumlar; - qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 5. Belgilansinki: Institut direktori O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining tavsiyasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi; Direktor o‘rinbosarlari Institut direktorining tavsiyasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi; Institut xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi; Institut O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda “Mahalla” o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazining huquq va majburiyatlari, shuningdek, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ismoiliy ko‘chasi, 1G-uy manzilidagi binoni tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bir oy muddatda: Belgilangan tartibda Institutni xalqaro talablarga javob beradigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, mebel va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash choralarini ko‘rsin; O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Institut apparatini yuqori malakali va tashabbuskor kadrlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin. 8. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq 2020-yilda Institutni saqlash uchun mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan 2020-yil ijtimoiy soha uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida, 2021-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi. Institutga 3 ta, jumladan, 2 ta yengil va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin. 81. Institutga yuklatilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar, shuningdek, “Mahalla va oila” institutining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda institutda bajariladigan ilmiy-amaliy loyihalar uchun mablag‘lar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan institutning budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 9. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri R.M. Mamatov zimmasiga yuklansin. Download 50.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling