"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining haqida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV


Download 50.15 Kb.
bet5/13
Sana25.01.2023
Hajmi50.15 Kb.
#1122170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
hisobot institut (2)

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-iyun,
367-son
"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining nizomi
O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining
USTAVI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) maqomi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi. 2. Institut mahalla va oila institutlarini mustahkamlashga ko‘maklashuvchi, fuqarolar yig‘inlarini aholining chinakam maslakdoshiga aylantirish va “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etish ishlarini ilmiy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash faoliyatini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi. 3. Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 4. Institut o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 5. Institutning rasmiy nomi: a) davlat tilida: to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti, qisqartirilgan nomi — “Mahalla va oila” instituti; b) rus tilida: to‘liq nomi — Nauchno-issledovatelskiy institut “Maxalli i semi” pri Ministerstve po podderjke maxalli i semi Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Institut “Maxalli i semi”. v) ingliz tilida: to‘liq nomi — Scientific Research Institute “Makhalla and family” under the Ministry of Support of Makhalla and Family of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Institute “Makhalla and family”; 6. Institut joylashgan joy (pochta manzili): 100000, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ismoiliy ko‘chasi, 1 G-uy.

Download 50.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling