"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institutining haqida


Institutning tadqiqot yo‘nalishlari


Download 50.15 Kb.
bet3/13
Sana25.01.2023
Hajmi50.15 Kb.
#1122170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
hisobot institut (2)

Institutning tadqiqot yo‘nalishlari
Institutning asosiy ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyilining asosiy mezonlari hamda ularga asoslangan tizimni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga to‘laqonli va samarali joriy etish mexanizmlari bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish, bu borada huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir tahliliy materiallar tayyorlash;

  • aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha "mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla" tamoyili asosida hamkorlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;

  • mahalla va oila institutlarini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan konsepsiyalar loyihalarini ishlab chiqadi, shuningdek, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlar loyihalariga ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash;

  • oila va nikoh, reproduktiv salomatlik, shuningdek, oilalarda sog‘lom turmush tarzi, maʼnaviy-axloqiy tarbiya, iqtisodiy, huquqiy bilimlar, tibbiy madaniyatni oshirish, oilaviy munosabatlar psixologiyasi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga hamda keng jamoatchilikka metodik tavsiyalar tayyorlash;

  • oila institutida kutilayotgan o‘zgarishlar tahlili va prognozlarini ishlab chiqish, demografik rivojlanish va oila farovonligining o‘sish darajasini o‘rganish, tahlil qilish hamda konseptual yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va tahliliy materiallar tayyorlash;

  • xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlash;

  • xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;

  • yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni taʼminlashda huquqiy, uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish amaliyotini tahlil qilish;

  • mahallalarda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash masalalarida samarali foydalanish tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar va metodik tavsiyalar ishlab chiqish;

  • oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajrashishlarning oldini olish, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi masʼuliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda oilaning o‘rnini targ‘ib qilish, shuningdek, namunali oilalarning hayotiy tajribasini ommalashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

  • er-xotin, ota-ona va farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, oila va nikohni saqlab qolishdagi o‘zaro masʼuliyatni taʼminlash masalalarini o‘rganish;

  • notinch va muammoli oilalardagi maʼnaviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash masalalari bo‘yicha takliflar va metodik tavsiyalar ishlab chiqish;

  • umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni, ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida mahallalarda va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bilan bog‘liq metodik tavsiyalar ishlab chiqish;

  • yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, ajrashishlarning oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash;

  • umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni, ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida oila institutini mustahkamlash bo‘yicha, eng avvalo, "Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat" g‘oyasini hayotga tatbiq etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;

  • xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash tizimini o‘rganish, tahlil qilish hamda sohaga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;



Download 50.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling