Mahalliy anor (punica granatum L.) Navlarini in vitro sharoitida ko’paytirish, eksplantlarning kurtaklanishiga fitogormonlarning ta’siri


Keywords: pomegranate, in vitro, Punica granatum L., BAP, WPM, NAA. KIRISH


Download 1.49 Mb.
bet3/7
Sana14.12.2022
Hajmi1.49 Mb.
#1002477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Anor shoot (Mahalliy)

Keywords: pomegranate, in vitro, Punica granatum L., BAP, WPM, NAA.
KIRISH
Anor eng qadimgi iste'mol qilinadigan mevalardan biridir. Uning vatani Fors va uning atrofidagi hududlar hisoblanadi. O’simlik qadimgi Misr, Gretsiya, Italiya va Iroqda yetishtirilgan. Keyinchalik Turkmaniston, Afg'oniston, Eron, Hindiston, Xitoy kabi Osiyo mamlakatlari, Shimoliy Afrika, O'rta er dengizi va Yevropa mamlakatlariga tarqaldi (Melgarejo and Martínez 1992).
Sun’iy ozuqa tarkibiga qo’shilgan o'sishni boshqaruvchi moddalar (fitogarmonlar) ozuqa moddalari emas, ular o'simliklarning o'sishi va rivojlanishiga ta'sir qiladi. Ular odatda o'simliklarda tabiiy ravishda ishlab chiqariladi, shuning uchun ular ozuqa muhitiga o’simlik genotipiga bo’liq holda tanlab qo'shiladi. O’simliklarni in vitro sharoitida to'qimalar orqali yetishtirishda fitogormonlar asosiy birikmalar bo'lgani uchun ularni to’g’ri tanlash va optimal darajasini aniqlash muhim va ko’plab ilmiy tajribalar talab etiladi (Skoog va Miller 1957).
Anor (Punica granatum L.) o’simligini in vitro usuli yordamida mikroklonli ko’paytirish bir qator tadqiqotchilar (Naik et al. 1999; Naik et al. 2000; Shao et al. 2003; Chauhan and Kanwar 2012) tomonidan e’lon qilingan.
Anorning Slatki Barski, Serbetas, Konjski Zubi va Dividis navlarini mikroklonli ko’paytirishda tarkibida 1,0 mg/l BAP va 0,1 mg/l NAA saqlagan ozuqa muhitida o’zaro solishtirilganda barcha navlarda maksimal darajada kurtaklar hosil bo’lishini namoyon qildi, ammo kurtaklarda vitrifikasiya namoyon bo’lganligi sababli, shoxlatish (kurtaklar hosil qilish) da ozuqa muhiti tarkibiga BAP 0,5 mg/l va 0,1 mg/l NAA qo’shish tavsiya etilgan (Drazeta.1997).
Yetuk anor daraxtlarining uchki va yon kurtaklari yordamida anorning "G137" navini in vitro sharoitida mikroklonli ko'paytirish uchun samarali bayonnoma ishlab chiqdilar. Tadqiqotda MS ozuqa muhiti takibiga 2,0 mg/l BAP + 0,1 mg/l NAA va 0,5 mg/l GA3 fitoregulyatorlarining qo’shilishi bilan yaxshi natijaga erishgan. Ammo eksplantlardagi eng ko'p va eng uzun kurtaklar 1,0 mg/l BAP, 1,0 mg/l kinetin va 0,1 mg/l NAA bo'lgan MS ozuqa muhitida qayd etilgan (Singh va bosh. 2007).
Ma'lumotlarimizga ko'ra, hozirgi vaqtgacha O’zbekistonda mavjud mahalliy anor navlarini in vitro sharoitida ko'paytirish bo'yicha sanoqli tadqiqotlar o’tkazilgan bo’lib, o’tkazilgan tajribalar tor doirada amalga oshirilgan va ishlab chiqilgan bayonnomalar to’liq emas. Tadqiqot tajriba namunalarining MS (Murashige va Skoog 1962) va WPM (Lloyd va McCown 1980) sun’iy ozuqa muhitida o’stirish va maqbul ozuqa muhitini tanlab olish hamda o'sish regulyatorlari (BAP, NAA va GA3) ning anor eksplantlariga ta'sirini o'rganish uchun mo'ljallangan. Shunday qilib, ushbu tadqiqot mahalli anor navlarini in vitro sharoitida mikroklonli ko’paytirishda o'sish regulyatorlari va uchki va yon kurtak (barg qo’ltig’i) larning turli konsentratsiyalari va kombinatsiyalaridan foydalangan holda mavsumiy to'siqsiz keng miqyosda anor ko’chatlarini ishlab chiqarish uchun to’liq bayonnomani yaratish uchun o'tkazildi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling