Mahalliy anor (punica granatum L.) Navlarini in vitro sharoitida ko’paytirish, eksplantlarning kurtaklanishiga fitogormonlarning ta’siri


Ma'lumotlarni tahlil qilish va o'lchash


Download 1.49 Mb.
bet5/7
Sana14.12.2022
Hajmi1.49 Mb.
#1002477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Anor shoot (Mahalliy)

Ma'lumotlarni tahlil qilish va o'lchash. Eksplantlarni shohlatish (poliferatsiya) bosqichi uchun tajriba to’rtta nav, ikki xil ozuqa muhiti (MS va WPM) va uch turdagi fitogormonlarning turli konsentratsiyasi yordamida amalga oshirildi va (t-testi) dasturi yordamida statistik baholandi. Muhim farqlar, fitogormonlar konsentratsiyalarining ta’siri natijasida har bir nav eksplantlari uchun kurtaklar hosil bolish vaqti, kurtaklar soni va uzunligi, bilan tasvirlangan.
TAHLILLAR VA NATIJALAR.
Sirt yuza sterilizatsiya bosqichi. Isssiqxona sharoitida o’stirilgan ikki yoshli tajriba nav namunalari eksplantlar (1.5-2.0 sm) mart oyining birinchi yarmida yig’ib olindi. Eksplantlarni tanlashda o’simlik yoshi va ekplant turi va ularni olish vaqti in vitro sharoitida anor etishtirishda muhim hisoblanadi (Babak ValizadehKaji. 2013). Tadqiqot uchun tanlab olingan o’simliklar, eksplant turi va ularni olish vaqti tajribaning muvaffaqiyatini ta’minladi.
O’tkazilgan tajribalarning nazorat variantida (T-1) eksplantlarining zararlanish darajasi tajriba navlarining barchasida 74 % dan yuqori edi. Аmmo steril eksplantlarda epidermis qatlami kuyishi (qorayish) deyarli kuzatilmadi.
Tajribaning ikkinchi varianti (T- 2) steril eksplantlar Avgust shirini navida 68%, Qozoqi navida 70 %, Achchiq dona navida 72 % va Tuyatish navida 76 % ni tashkil etdi. Steril eksplantlarning kuyishi (qorayish) 0.3 % ni tashkil etdi. Steril eksplantlarning omon qolish darajasi yuqori bo’lishi tarkibga kumush xlorid va etanol kiritilishi natijasida yuzaga keldi.
Eng yuqori ko’rsatkich tajribaning uchinchi varianti (T- 3) da kuzatildi. Tajriba navlari eksplantlarida mos ravishda 84 %, 86 %, 82 %, 84 % steril eksplantlar olindi. Steril eksplantlarning kuyishi (qorayish), T-2 varianti bilan deyarli bir xil. Bu natija tajribaning nazorat variantiga nisbatan 3.0 marta va ikkinchi variant (T-2) ga nisbatan 1.0 marta yuqori ko’rsatkichni namoyon qildi. Anorda sirt yuza sterilizatsiyasi uchun Damiano va boshqalar (2008) NaOCl va Na metiolat birikmasidan foydalangan holda 20 daqiqa davomida yon (barg qoltig’i) kurtaklari sirt yuza sterilizatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi, bu esa eksplantlarning omon qolish darajasini 65% ga oshirdi. Olingan natijalar olimlarning tadqiqot natijalari bilan solishtirganda nisbatan yuqori natijani tashkil etdi.
Patogenlarning bir qancha turlari (mikroblar, zamburug’lar) mavjud bo'lib, ular tez ko'payish xususiyatlari tufayli in vitro sharoitida o’simliklarni yetishtirishda tug'diradi (Enjalric va boshq., 1998). Osimliklarni in vitro sharoitida ko’paytirishda bakteriali va zamburug’li zararlanishni oldini olish maqsadida bir necha xil usullar qo'llanilgan jumladan antibiotiklar, fungitsidlar hamda issiqlik va yorug'lik bilan inaktivatsiyalash (Kneifel va Leonhardt. 1992; Leifert va boshq., 1992; Haldeman va boshq., 1987). O’tkazilgan tadqiqotda ozuqa muhiti tarkibiga antibiotik qoshilishi va eksplantlarning fungidsid eritmasi bilan ishlav berilishi olimlarning tadqiqot natijalariga mos ekanligini ta’minlaydi.

1-rasm. Tajriba navlari sirt yuza sterilizatsiyasi
Ines Mihaljević va boshq., (2013) olib borgan tadqiqotlarida T13 gilos payvantaglari eksplantlarini sirt yuza sterilizatsi usullari orasida kumush nitrat (AgNO3) bilan 20 daqiqa davomida 1.0% konsentratsiyada 96,67% sog'lom eksplantlar olib yuqori natijaga erishgan. Bundan tashqari tadqiqotda natriy gipoxlorit (NaOCl), kaltsiy gipoxlorit (Ca(ClO)2) va simob (II) xlorid (HgCl2) kabi birikmalardan foydalanib, T13 gilos payvantaglari eksplantlarini sterilizatsiyasida qoniqarli natijalar olishgan. Tadqiqotda tanlab olingan sterilizatsiya vositalari va olingan natijalar olimlarning tadqiqot natijalari bilan solishtirilganda tajribaning aniq va ishonchliligini ta’minlaydi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling