Mahalliy anor (punica granatum L.) Navlarini in vitro sharoitida ko’paytirish, eksplantlarning kurtaklanishiga fitogormonlarning ta’siri


Download 1.49 Mb.
bet6/7
Sana14.12.2022
Hajmi1.49 Mb.
#1002477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Anor shoot (Mahalliy)

Sun’iy ozuqa muhiti. Tajriba navlari va sun’iy ozuqa muhitlari (MS va WPM) o'rtasida o'zaro ta'sir sezilarli darajada namayon bo’lmadi. Ammo WPM ozuqa muhitida rivojlangan o’simliklar fenologik jihatdan ya’ni kurtaklarning hosil bo’lish vaqti, kurtaklar soni va uzunligi bilan farq qilar edi (2, 4-rasm). Shu sababli, WPM ozuqa muhitidan eksplantlarning rizogenezida foydalanildi.
O'sish regulyatorlari (fitogormonlar) ning ta'siri. Sirt yuza terilizatsiya bosqichi va fenol eksudatsiyasi natijasida omon qolgan eksplantlar yetishtirishning ikkinchi haftasidan boshlab sitokininli ozuqa muhitiga ko’chirib o’tkazildi. Eksplantlarning shohlar hosil qilishi (kurtaklanish) faqat sitokininli ozuqa muhitida kuzatildi. (2-rasm).

2-rasm. Anorning Qozoqi navi. Aa) MS sunʼiy ozuqa muhiti, Bb) WPM sun’iy ozuqa muhiti

O’tkazilgan tajribaning 1-variant birinchi tokrori MS sunʼiy ozuqa muhitida oʼstiruvchi moddalar 6-BAP–1.0 mg/l va NAA-0,1 mg/l taʼsirida shoxlanish jarayoni tanlab olingan barcha navlarda kurtaklar hosil bo’lishi nisbatan sust ekanligi kuzatildi. Tajribaning ikkinchi takrori MS sunʼiy ozuqa muhitida 6-BAP -1.0 mg/l NAA-0,1 mg/l va GА3-0,5 mg/l taʼsirida tajriba navlarining barchasida kurtaklar xosil boʼlish kuni, soni va uzunligi birinchi variant 6-BAP –1.0 mg/l va NAA-0,1 mg/l ga nisbatan mos ravishda 2-3 kunga qisqarishi, kurtaklarning 2-3 taga koʼpligi va 1-2.5 sm ga uzunligi bilan farq qildi. Аvgust shirini va Qozoqi navlarida shoxlanish jarayoni Achchiq dona va Tuyatish navlariga nisbatan kunning qisqaligi (2.0-4.0), kurtaklar soninig nisbatan koʼpligi (2.0-2.5), va eksplant uzunligi (1.5-2.0 sm) ga farq qildi. Sun’iy ozuqa muhiti tarkibiga GА3 ning kiritilishi hosil bo’lgan mikronovdalarning bo’g’im oralig’ining keng va uzun bo’lishiga olib keldi.



3-rasm. MS sun’iy ozuqa muhitida eksplanlarning shohlanishi darajasi

4-rasm. WPM sun’iy ozuqa muhitida eksplanlarning shohlanishi darajasi
Tajribaning 2-variant birinchi tokrori WPM sunʼiy ozuqa muhitida oʼstiruvchi moddalar 6-BAR –1.0 mg/l va NAA-0,1 mg/l taʼsirida shoxlanish jarayoni, MS sunʼiy ozuqa muhitida shunday tarkib va kontsentratsiyadagi oʼstiruvchi moddalar taʼsirida shoxlanishga nisbatan Аvgust shirini va Qozoqi navlarida yuqori, Achchiq dona va Tuyatish navlarida esa pastroq ekanligi kuzatildi. Аmmo ikkinchi tokror 6-BAR-1.0 mg/l NAA-0,1 mg/l va GА3-0,5 mg/l taʼsirida, Аvgust shirini va Qozoqi navlarida kurtak xosil boʼlishi bir kunga oldinroq, eksplantlar soni 1.0-2.0 taga koʼp va uzunligi 1.0-1.5 sm gacha yuqori ekanligi kuzatildi (0-jadval).
Achchiq dona va Tuyatish navlari WPM sunʼiy ozuqa muhitida rivojlanishi sust ekanligi tajriba uchun tanlab olingan oʼstiruvchi modda (sitokinin) ni oʼzgartirish yoki ozuqa tarkibiga qoʼshimchalar kiritishni talab qiladi. Oʼtkazilgan tadqiqot va oʼrganilgan adabiytlarni taxlil qilish natijasida bu ikkala navning oʼsish va rivojlanishi genotip bilan bogʼliq deb xulosa qilindi (Soumendra K. Naik, et al., 1999 and Prabhuling Guranna et al.,2017 ).
XULOSA
O’simliklarni xususan anorni in vitro sharoitida mikroklonli ko’paytirish qisqa muddatda ko’p miqdorda kasalliklardan xoli sog’lom o’simliklarni yetishtirish imkoniyatini ta’minlaydi.
Tadqiqotda anor nav namunalaridan eksplantlarni to’g’ri tanlash va olish vaqtlarini to’g’ri tashkil etish xamda sirt yuza sterilizatsiya bosqichida ingredientlarni to’g’ri tanlash va foydalanish muhim ahamiyatga ega.
O’tkazilgan tadqiqotda foydalanilgan sun’iy ozuqa muhitlari (MS, WPM) ning ikkalasida ham anor eksplantlaring rivojlanishi qoniqarli darajada deb baholandi. Ammo WPM ozuqa muhitidagi eksplantlar MS ozuqa muhitiga nisbatan bir muncha yuqori ko’rsatkichlarni namoyon qildi.
Fitogormonlarning fodalanilgan konsentratsiyasi genotiplatga ijobiy ta’sir qilib, shohlanish koifsentini ma’lim darajada oshirdi. Ayniqsa GA3 dan foydalanish mikronovdalarda bo’g’im oralig’ining keng bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu esa eksplantlarning uzun bo’lishini taminladi. Shunday qilib tadqiqotda foydalanilgan sun’iy ozuqa va fitogormonlar ta’iti ijobiy baholandi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling