Mahalliy anor (punica granatum L.) Navlarini in vitro sharoitida ko’paytirish, eksplantlarning kurtaklanishiga fitogormonlarning ta’siri


Download 1.49 Mb.
bet4/7
Sana14.12.2022
Hajmi1.49 Mb.
#1002477
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Anor shoot (Mahalliy)

TADQIQOT METODOLOGIYASI.
Tadqiqotlar 2022 yilning I va II choragida Genomika va bioinformatika markazining Transgenomika va to’qimalar kulturasi laboratoriyasida o'tkazildi. Tajriba nav namunalari Аkad. M.Mirzaev nomidagi BUVITI, Surxondaryo ilmiy-tajriba stantsiyasida mavjud kolleksiyadan tanlab olindi.
O'simlik materiallari va sirt yuza sterilizatsiya. Eksplantlar issiqxona sharoitida o’stirilgan ikki yoshli anorning Avgust shirini, Qozoqi, Achchiq dona, Tuyatish navlaridan tanlab olindi. Tadqiqot uchun tanlab olingan nav namunalarining uchki va yon kurtak (barg qo’ltig’i) eksplantlar, maxsus idishlar (PhytoTechnology Lab.) ga yigʼib olindi va laboratoriyaga olib keldindi. Eksplantlar laboratoriyada ortiqcha qism va barglardan tozalanib, 1 daqiqa davomida fungitsid (fundazol) eritmasida va 10 daqiqa davomida oqar suvda saqlandi. Eksplantlarning sirt yuza sterilizatsiyasi qilish laminar box (HFsafe LC) da amalga oshirildi (1-jadval).
Tajriba navlarining uchki va yon kurtak (barg qo’ltig’i) eksplantlari sterilizatsiya qilishning o'zgaruvchan vaqti, sterilizatsiya vositalarining turi va konsentratsiyalari.
1-jadval



Komponentlar/sterillash davomiyligi

Tajriba -1

Suv + 2.0 % natriy gipoxlorit (20 min) + suv(5min)

Tajriba -2

Suv +96% etanol (30 sek) + 2.0 % natriy gipoxlorit (10 мин) + 1.0 % kumush nitrat (10 min) Сув (5 min)

Tajriba -3

Suv +96% etanol (30 sek) + 4.0 % natriy gipoxlorit (10 min) + 1.0 % kumush nitrat (20 min) + Сув (5 min)



Sun’iy ozuqa muhiti va uning tarkibi. Tadqiqotda ikki xil sun’iy ozuqa muhiti MS (Murashige va Skoog 1962) va WPM (Lloyd va McCown 1981) dan foydalanildi. Ozuqa tarkibi bayonnoma bo’yicha tashkil etildi hamda 30,0 gr/l da saxaroza va 0,1 gr/l da mio-inozitol va 8 gr/l agar-agar qo'shildi. Tayyorlangan ozuqa muhitining pH qiymati 0,1 N NaOH eritmasi yordamida 5,8 ga to’g’irlandi. Озуқа мухитлари 1000 ml hajmli issiqlikka chidamli konussimon kolba quyildi va avtoklavda 120°S da 0,75-1,0 atm. bosimda 20 minut davomida sterilizatsiya kilindi. Steril ozuqa 500 ml hajmli idishlarga 50 ml dan taqsimlandi.
Eksplantlarni shohlatish (proliferatsiya) bosqichi ikki xil suni’y ozuqa muhitida uch xil fitogormonlarning turli konsentratsiyasi va kombinatsiyasi asosida o’tkazildi (1.0 mg/l BAР +NAA 0.1 mg/l va BAР 1.0 mg/l+NAA 0.15 mg/l GA3 0,5 mg/l). Eksplantlarning 0.5 sm qismi ozuqa muhitiga kiritilib tik holatda, har birida 6 tadan eksplantga ega bo’lgan 5 ta takrordan iborat. Eksplantlar yetishtirishning dastlabki haftasida qorong’i muhitda saqlandi, so'ngra oq yogʼduli chiroqda, xona harorati 25±10C va namlik 70-80% boʼlgan sharoitda fotoperiod 16/8, da oʼstirildi. Kuzatishlarning 28-kunidan boshlab 30- kungacha bo’lgan vaqt oralig’ida eksplantlarning o’lchamiga qarab (2.0 smdan baland), yangi ozuqa muhitiga ko’chirib o'tkazildi va yuqoridagi fotoperiod sharoitida o'stirildi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling