Mahalliy byudjetlarning xarajatlarini boshqarishdagi mavjud muammolar ularni hal etish imkoniyatlari


Download 294.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana17.02.2023
Hajmi294.05 Kb.
#1208045
1   2   3
Bog'liq
mahalliy-byudjetlarning-xarajatlarini-boshqarishdagi-mavjud-muammolar-ularni-hal-etish-imkoniyatlari

Abstract. In this article, the fact that it has a negative impact on the speed and 
quality of the budget execution and on the effective management of budget funds requires 
immediate measures to be taken to improve the existing mechanism. For this reason, 
theoretical and practical consideration of the treasury system and its prospective 
directions is one of the issues of urgent importance today.
Key words: management of local budgets, treasury system, revenues of local budgets, 
revenues of local budgets, subventions allocated from the budget, tasks assigned to local 
government agencies.
Mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari samarali ijrosining yangi mexanizmini 
amaliyotga kiritish bugungi kunda byudjet islohotlarining yirik yo‘nalishlaridan biridir. 
Mahalliy byudjetlar daromadlari asosan mahalliy soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlar, belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, bozorlardan 


- 302 -
tushadigan daromadlar hamda boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan 
subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar mahalliy byudjetlarining 
daromadlari hisoblanadi. Tuman hokimliklari binolarida “Innovatsiya va texnologiya 
markazi” uchun maxsus xonalar ajratish hamda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 
zarur kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, internet va boshqa zarur jihozlar bilan 
ta’minlash. Sug‘orish quduqlarini qazish, irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga 
oshirish uchun talab etiladigan mablag‘larni (respublka va mahalliy budjet hamda 
tashabbuskorlar o‘z mablag‘lari) aniq hisob-kitob qilgan holda, 2022-yilda yangi va 
foydalanishdan chiqqan 129 ming gektar yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha dastur ishlab 
chiqish hamda mablag‘ ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish. Respublika va mahalliy budjet 
mablag‘lari hamda tashabbuskorlarning o‘z mablag‘idan xarajatlari moliyalashtirish
1

O’zbekiston Respublikasida soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi asosida 
soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq yukini keskin pasaytirish, soliqqa tortiladigan 
ob’ektlarni to’liq qamrab olish va soliqlarning yig’iluvchanligini oshirish orqali tegishli 
byudjetlar daromad bazalarini mustahkamlash, mahalliy soliq va yig’imlarning soliq 
ma’muriyatchiligi mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan keng ko’lamli islohotlar 
amalga oshirilmoqda. Shuning uchun mahalliy byudjetlarning markaz byudjetiga 
qaramligini keskin kamaytirish, byudjetlararo munosabatlarni tubdan isloh qilish va 
mahalliy byudjetlar mablag’larini samarali boshqarishda joylardagi davlat hokimiyati 
organlarining mustaqil ish olib borishlarini ta’minlash muhim omil hisoblanadi. 
Mahalliy davlat hokimiyati idoralari o’zlariga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni 
lozim darajada bajarishlari uchun byudjet daromadlaridan iborat barqaror moliyaviy-
iqtisodiy asosga ega bo’lmog’i lozim. 
Shu sababli, yuqorida qayd etilgan va o’z echimini kutayotgan muammolarning 
ijobiy hal etilishi, birinchidan, byudjetlararo munosabatlarning takomillashtirilishiga, 
ikkinchidan, mahalliy byudjetlar jami daromadlari tarkibida o’z daromadlari ulushining 
oshirilishiga xizmat qiladi. Mana shu muhim ikki shartning bajarilishi mahalliy byudjetlar 
mustaqilligini ta’minlash va oshirish imkonini beradi.
Yuqoridagilar bilan birga, mahalliy byudjetlarning moliyaviy jihatdan mustaqilligiga 
bir qator omillar ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Jumladan: hudud iqtisodiyotining sust 
rivojlanishi; rivojlangan ishlab chiqarish, bozor va ijtimoiy infratuzilma tizimining mavjud 
emasligi; mahalliy byudjetlarning soliq potentsialini qisqartirishga yo’naltirilgan davlat 
organlarining siyosati; mahalliy hokimiyat idoralariga tegishli mol-mulklardan
2
samarali 
foydalana olmaslik (yoki mulkni byudjet tizimining boshqa bo’g’iniga o’tkazilishi 
sababli mulkning qisqarishi), daromad manbalarining etarli emasligi sababli mahalliy 
byudjetlar mustaqillik darajasining pasayishi; mahalliy soliqlar va yig’imlarni to’lashda 
ayrim jismoniy va yuridik shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan 
bo’yin tovlashi; mahalliy byudjetlarning ijrosi ustidan byudjet nazoratining sustligi; 
1.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli 
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini to’g’risida farmoni.
2.
Qayd etish joizki, rivojlangan mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Portugaliya
Irlandiya, Niderlandiya) mahalliy byudjetlarning asosini mulk solig’i yoki foyda solig’i tashkil etadi.


- 303 -
hududlarning iqtisodiy salohiyatidan, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalana 
olmaslik kabilar mahalliy byudjetlar moliyaviy mustaqilligining ta’minlanishiga salbiy 
ta’sir ko’rsatadi. 
Shuningdek, hududlar iqtisodiyotida yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan 
tarmoqlarning rivojlanmaganligi, hududlar iqtisodiy saloxiyatiga nisbatan ijtimoiy 
majburiyatlarning salmoqliligi, yashirin iqtisodiyot darajasining yuqoriligi yoki norasmiy 
hamda yashirin faoliyat turlarining kengayishi natijasida soliqqa tortish bazasinig 
nisbatan torayib borishi kabilar ham mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirishda salbiy 
ta’sir doirasiga ega.
O’z navbatida, mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshirishda ularning daromad 
vakolatlari va xarajat majburiyatlari asosiy o’rinni egallaydi. Byudjet tizimi bo’g’inlari 
o’rtasida daromadlar vakolatlari va xarajatlar majburiyatlarining taqsimoti har bir 
mamlakatda mavjud bo’lib, moliya tizimi va fiskal siyosatiga bog’liq bo’ladi. Byudjet 
tizimi bo’g’inlari o’rtasidagi munosabatlar davlat tuzilishi shakliga qarab, turli tamoyillar 
asosida shakllanadi. Aksariyat mamlakatlarda markaziy va mahalliy byudjetlar 
o’rtasida, shuningdek, quyi byudjetlar o’rtasida ham daromadlar vakolatlari va xarajatlar 
majburiyatlarini belgilashda muammolar mavjud. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat 
byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining iqtisodiyot xarajatlari qishloq 
xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat organlarini saqlab turish, yerlarni rekultivatsiya 
qilish ishlarini bajarish; uy-joy kommunal xo‘jaligi obyektlarida ta’mirlash ishlarini 
olib borish; suv yo‘llarining ayrim texnik uchastkalarini saqlab turish; aholi 
punktlarini obodonlashtirish; shaharlarning, boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini va 
xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash kabi xarajatlardir bundan tashqari 
ulardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish 
xarajatlari, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini saqlash xarajatlari, 
mahalliy byudjetning zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari, davlat yoki jamoat 
ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy 
shaxslarga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash xarajatlari kabi xarajatlar ham amalga 
oshiriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning 
viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar 
byudjetlariga byudjet ssudalari, dotatsiyalar, subvensiyalar va o‘tkazib beriladigan 
daromadlar ajratilishi ham mumkin.
Mahalliy byudjetlardan iqtisodiyotga qilingan xarajatlar natijada hududlar 
iqtisodiyotini rivojlantirish bilan mahalliy byudjet daromadlar bazasini kengaytirishga 
xizmat qiladi. Mahalliy byudjetning daromadlar bazasini oshirishning ichki zaxiralari
hududlarda ishlab chiqarishning rivojlanishi, joylarda iqtisodiy islohotlarning amalga 
oshirilishi bilan chambarchas bog‘liq. Mahalliy byudjetlar mavqeyini yanada oshirish 
hukumatimizning byudjet soliq siyosatining samaradorligini oshirishga xizmat 
qiladigan muhim omillardan biri hisoblanadi. mahalliy byudjetlar daromadlarining 
shakllanishidagi ushbu yo‘nalishda aytish mumkinki, davlat byudjeti daromadlarining 
katta qismini joylarga berish, mahalliy byudjetlarni mustahkamlash zarur. Bu esa 


- 304 -
mintaqalar mustaqilligini oshirish, ularning tashabbuskorligini, byudjetning ijrosidan 
manfaatdorligini va bu boradagi ma’suliyatini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari
bu narsa mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topishga 
rag‘batlantiradi, joylarda byudjet intizomini mustahkamlaydi. Markazlashtirilgan 
moliyaviy resurslardan samarali foydalanishda mahalliy byudjetlarning vakolatlarini 
oshirish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bo‘lib qolmoqda va hozirgi olib 
borilayotgan islohotlar ham hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mahalliy 
byudjetlarning vakolatlarini oshirishga yo‘naltirilgan.
Mahalliy byudjetlar O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muhim tarkibiy 
qismini tashkil etadi hamda Mahalliy xokimiyatlarning faoliyat ko’rsatishlarida moliyaviy 
manba bo’lib hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar tizimi Mahalliy talab-extiyojlarni 
to’laroq qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan 
tadbirlarining bajarilishi bilan chambarchas bog’langan holda ijro etishga imkon yaratib 
beradi. Mahalliy xokimiyat organlariga Mahalliy byudjet daromadlarining ko’payishi va 
resurslarning tejmakorlik bilan sarflanishi vazifasi yuklatiladi. 
Mahalliy byudjetlar orqali ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishni 
moliyaviy manbalar bilan ta’minlanishi amalga oshiriladi. Mahalliy byudjetlar 
O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tizimining asosiy qismi sifatida o’zida 
ko’pgina mustaqil byudjetlarni mujassamlashtiradi va davlat byudjetida qariyib 
60%ni tashkil o’iladi. 
Mahalliy xokimiyat organlari mahalliy byudjetga daromadlar kelib tushishini 
ko’paytirish hamda resurslardan optimal foydalanishdan manfaatdordirlar, chunki 
joylarda iqtisodiyot va madaniyatning o’sish sur’atlari mahalliy rezervlarni safarbar 
etishga, mablag’larni rejali sarflashga doir ishlarni tashkil etishga bevosita bog’liq bo’lib, 
bu o’z navbatida umuman O’zbekiston Respublikasining davlat byudjetini muvaffaqiyatli 
bajarishga imkon yaratadi. 
Mahalliy byudjetlarning ijtimoiy iqtisodiy mohiyatini o’rganish va iqtisodiyotni 
boshkarish va tartibga solishdagi ishtirokni ko’rib chiqish jarayonida, daromadlarining 
tashkil topishini tahlil qilish, ushbu sohadagi muammolarni echishga qator xulosalar va 
takliflar berishga asos bo’ladi. Bular quyidagilardan iborat: 
1. Mahalliy xokimiyatlarni davlat boshqaruvidagi xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy 
tomondan boshqarishdagi rolini oshirish, hozirgi kunning asosiy masalalaridan 
biridir. Bunda maalliy boshqaruv organlarining moliya-byudjet huquqlarini, qonuniy 
asoslarini va ularning bu huquqlarini kengaytirish juda muhimdir. Konstitutsiyaning 
100-moddasiga asosan, Mahalliy xokimiyatlarga byudjetlarini shakllantirish va uni 
ijro etish, Mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni 
xosil qilish huquqlari berilgan. Ammo iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida 
rivojlangan, bozor io’tisodiga o’tayotgan davlatlarning tajribalarini chuqur 
o’rgangan holda, O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, byudjet 
qonunchiligi rivojlantirilish zarurdir. 
Bunda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi lozimdir:
- Mahalliy xokimiyat organlarining Mahalliy byudjetlarni rejalashtirish, tasdiqlash 
va bajarishdagi huquqlarini kengaytirishga; 


- 305 -
- respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarning o’zaro aloqalarini, qonuniy 
asoslarini yaratishga, ya’ni bunda turli byudjetlarning o’zaro majburiyatlari, huquqlari 
o’z aksini topishi lozim. O’zbekistonning unitar davlat ekanligidan kelib chiqib, asosiy 
e’tiborni Mahalliy byudjetlarni davlat byudjetining tarkibiy qismi sifatida mustaqilligining 
oshirishga; 
- respublika byudjeti va Mahalliy byudjetlar o’rtasida daromadlar va xarajatlarning 
qonuniy chegarasini yaratishga qaratilishi lozim deb hisoblayman.
2. Mahalliy byudjetlarga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, Mahalliy xududlarda 
ushbu soliqlardan tushadigan tushum xijmiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Foizlar 
yillar bo’yicha turli xildir. 
Bu orqali Mahalliy hokimiyatlarni ushbu soliqlardan tushadigan daromadlarini 
ko’paytirib borishdagi manfaatdorligi oshiriladi. Byudjet ijrosi davomida Mahalliy 
byudjetlarni daromadlar rejasini o’zgartirish orqali Mahalliy byudjetlar tomonidan 
amalga oshirilayotgan xarajatlarni daromadlar bilan ta’minlashga chek o’o’yilishi 
darkor. Buning uchun esa xududlarning soliqlarni yig’ish imkoniyatini to’g’ri belgilash 
juda muhimdir. Shu sababli moliya organlarining, byudjet daromadlarini tushishi bilan 
shuYoullanuvi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishdagi huquqlarini kengaytirish 
lozim deb hisoblayman. 
3. Hozirgi kunda korxona va jamoa xo’jaliklari o’z daromadlari hisobidan ijtimoiy 
ob’ekitlarni Mahalliy xokimiyatlar balansiga olib borish, bu korxonalarga bushagan 
mablag’larni ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo’naltirish imkoniyatini beradiki, 
pirovard natijada bu byudjet daromadlarini ko’paytirishga olib keladi. Buning uchun esa 
barcha imkoniyatlar mavjuddir. 
4. O’tkazilgan iqtisodiy tahlil shuni ko’rsatadiki, Mahalliy byudjetlardan amalga 
oshirilayotgan xarajatlarni oshib borishi, ma’lum jihatdan ularni qo’shimcha daromadlar 
bilan ta’minlanishi amalga oshirilgan. Ko’rinib turibdiki, Mahalliy byudjetlar 
daromadlarini shakllanishida davlatning ishtiroki juda kuchli va ularga bog’lanib qolgan. 
Ammo bugungi kunda Mahalliy byudjetlarni daromadlar bazasini mustahkamlash davlat 
tomonidan ularning daromadlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirishni, 
Mahalliy xokimiyatlarning byudjet daromadlarini ko’paytirib borishdagi manfaatdorligini 
kuchaytirishni talab o’iladi.
5. Mahalliy byudjetlar daromadlarini ko’paytirib borish, Mahalliy xokimiyatlarning 
ularni bajarishdagi javobgarligini oshirish va mustaqilligini kengaytirish bilan bog’liqdir. 
Mahalliy byudjetlarning ijrosi davomida bo’sh bo’lgan mablag’larni qisqa muddatlarga 
bank muassasalariga sotish huquqini berish (chet davlatlarda ushbu huquq berilgan), 
byudjetga qo’shimcha mablag’lar ishlab topish imkoniyatini yaratadi
6. Mahalliy byudjetlar xarajatlarining asosiy qismini ijtimoiy madaniy tadbir 
xarajatlari tashkil o’iladi. Bu xarajatlarni samaradorligini oshirish ularni rejalashtirishni 
takomillashtirish bilan bevosita bog’liqdir. 
7. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot moddasini 
ko’zda tutish juda muhimdir. Bunda nafaqat davlat kapital qo’yilmalari, balki Mahalliy 
xokimiyatlar tomonidan ham kapital qo’yilmalarni xajmini oshirishni qo’shimcha 
mablag’larining manbalarini topish va yo’naltirish lozimdir. Shu sababli, Mahalliy 


- 306 -
xokimiyatlar ixtiyorida xususiylashtirishdan tushayotgan tushumlarni qoldirilayotgan 
qismini Mahalliy byudjetlarni xarajatlari tarkibidagi taraqqiyot moddasiga jamlash va 
ularni ishlatish xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida bu mablag’lardan foydalanish 
samaradorligini oshiradi, deb o’ylaymiz.

Download 294.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling