Mahmud Qoshg'ariy "devoni lug'ati turk" asarining ta'lim-tarbiyadagi ahamiyati


Download 0.83 Mb.
bet2/3
Sana07.03.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1244107
1   2   3
Bog'liq
Muqaddas mq

Olimning navbatdagi kitobi “Devonu lug‘otit-turk” shu darajada keng qamrovli, mazmunida juda ko‘plab ma’lumotlarni to‘plab olgan qimmatli, aytish mumkin, qiymati yo‘q asarki, bunday kitobni yozish uchun o‘sha davr emas, hozirgi ilm-fan rivojlangan bir payt chamasi bilan ham o‘nlab yillar kifoya qilmasligi aniq.


Mahmud Koshg‘ariy “Devonu lug‘otit-turk” asarini yaratish uchun turkiy qabilalar yashaydigan ko‘plab shaharlar va qishloklarni kezib chiqqan. 14 yillik (taxminan 1057-yildan 1071-yilgacha) safari davomida keng ko‘lamli tarixiy materiallarni to‘pladi.
Buyuk olim o‘z kitobida 6800 dan ziyod turkiy so‘zni guruhlashtirdi, (110 hudud, ko‘l va daryo, 40 elat va qabila nomlari), turkiy tilda izohlar keltirdi. Kitobdan 242 ta she’r, 262 ta maqol va matal o‘rin olgan. Hayratlanarlisi shundaki, u qo‘llagan 875 ta so‘z, 60 ta maqol va matal biron-bir o‘zgarishsiz zamonaviy turkiy tilimizga kirib kelgan.
Mahmud Koshg‘ariy vaziyat taqozosi bilan islom dunyosi olimlari yig‘ilgan va ilm-fan markaziga aylangan Bag‘dod shahriga boradi. Natijada, bu yerga yig‘ilgan olimlar muloqotida bo‘lib, ilm-fan yutuqlari bilan yaqindan tanishgan. Shu bilan birgalikda, Bag‘dodda mavjud bo‘lgan ilmiy muhitdan unumli foydalangan. 1072-1074-yillarda u Bag‘dod shahrida mashhur “Devonu lug‘otit-turk” asarini yozib bitirdi.
Ushbu asar ilk filologik tadqiqot va turkiy so‘zlar etimologiyasi keltirilgan birinchi qiyosiy lug‘atdir. Ayni paytda bu asarni faqat lug‘at deb hisoblash noto‘g‘ri, unda Markaziy Osiyo xalqlarining xalq og‘zaki ijodi namunalariga xos ko‘plab noyob ma’lumotlarni kuzatamiz.
Mahmud Koshg‘ariy asarning kirish so‘zida shunday yozadi: “Men Falak turkiylar zaminida davlat yaratganini ko‘rdim. Falak bu xalqlarni “turkiy” deya atadi va ularni davlat boshqaruviga qo‘ydi. Hukmdorlar turkiylar bo‘lib, hokimiyat ularning qo‘lida edi, ular odamlarni boshqardi. Odamlar o‘z hukmdorlarining adolatli ishlarini qo‘llab-quvvatlardi, ular bilan yonma-yon kurashar edi va turkiylar yomon ishlardan saqlanishga qodir edi. Turkiylar qo‘llab-quvvatlashlari uchun ularning tilida so‘zlamoq kerak”.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling