Mahsulot bahosini belgilash asoslari
Tannarxni kalkulatsiya qilishning jarayonli usuli
Download 117.46 Kb.
|
1. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning mohiyati va aham
Mahsulot tannarxini jarayonli usul bo‘yicha hisoblashda o‘rtacha xarajatlar usuli yoki FIFO usuli qo‘llanilishi mumkin. Mahsulot tannarxini hisoblashning o‘rtacha xarajatlar usuli belgilangan muddat boshi uchun tugallanmagan ishlab chiqarishdagi mahsulotni hisobot davri davomida boshlangan va tugatilgan sifatida ko‘rib chiqadi. Bunda “asosiy ishlab chiqarish” hisobkitob schyotida yig‘ilgan barcha (yil boshiga qolgan qoldiqlarni hisobga olgan holdagi) xarajatlar hisobot davrida ishlab chiqarilgan shartli tayyor mahsulot birligiga bo‘linadi. FIFO usulida hisobot davrining boshida birinchi navbatda tugallanmagan ishlab chiqarish mahsulotlari tugallangan ko‘rinish oladi, shundan keyin yangi mahsulot ishlab chiqariladi. FIFO usuli mohiyatini tushunish birmuncha qiyin bo‘lsa ham, real holatdan kelib chiqib o‘rtacha xarajatlar usuliga nisbatan aniqroq natijalarni berishi bilan o‘ziga xosdir. Bu usul bo’yicha mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishda ikki usuldan foydalaniladi: O’rtacha hisob usuli – bu usulda barcha xarajatlar, shu jumladan, hisobot davri boshidagi qoldiq summasi ham qo’shilib, shu davrda ishlab chiqarilgan shartli tayyor mahsulot soniga bo’linadi; FIFO usuli – bu usulda hisobot davri boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i tugatiladi, so’ngra yangi mahsulot ishlab chiqarish amalga oshiriladi. “FIFO” usuli murakkabroq, lekin “o’rtacha hisob usuli”ga qaraganda katta aniqlikka ega, aniq sharoit va holatlarni hisobga olish imkoniyati kata va ko’pincha qo’llaniladigan usul hisoblanadi. Shuning uchun FIFO usuli mohiyatini atroflicha ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashning jarayonli usulidan foydalangan holda tayyor mahsulot tannarxini hisoblash uchta tahliliy jadvallar tuzilishiga asoslanadi: 1-jadval: Shartli ishlab chiqarish hajmini hisoblash jadvali; 2-jadval: Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi tannarxi tahlili; 3-jadval: Yakuniy tannarxni hisoblash. Ana shu tahliliy jadvallardagi ma’lumotlardan foydalanib, tayyor mahsulotga olib boriladigan xarajatlar miqdori va tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i sifatida qoldiriladigan qismini aniqlash mumkin. Xarajatlar hisobini jarayonli usulining ikki varianti mavjud: yarim tayyor mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz. Yarim tayyor mahsulotli usuldahar bir oldingi qayta ishlangan mahsulot keyingi qayta ishlov uchun yarim tayyor mahsulot hisoblanadi va u tashqariga sotilishi mumkin. Bu yarim tayyor mahsulotlarni haqiqiy, normativ yoki rejali tannarx bo‘yicha, hisob-kitob yoki mahsulotni sotish baholari bo‘yicha baholash zaruratini belgilaydi.Bu variantda yarim tayyor mahsulotlar qiymati alohida 2100 - “O‘zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar” nomli aktiv schyotda aks ettiriladi. Yarim tayyor mahsulotsiz usulda har bir qayta ishlov bo‘yicha, asosan, faqat ishlov berishga ketgan xarajatlar olinadi. Tayyor mahsulot tannarxi xomashyo, dastlabki materiallar xarajatlari, barcha qayta ishlash xarajatlari va boshqa ishlab chiqarish xarajatlarini umumlashtirish bilan aniqlanadi. Bunda faqat tayyor mahsulot tannarxi kalkulyatsiya qilinadi. Misol. Korxona erkaklar poyafzali ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish uchta jarayonda tashkil etilgan. Quyidagi ma’lumotlar mavjud: -hisobot davrining birinchi choragida 1500 dona mahsulot ishlab chiqarilgan; -dastlabki ishlov uchun xomashyo va materiallar sarflangan - 8400000 so‘m; -oraliq mahsulotlarga xarajatlar qilindi - 2400000 so‘m; -tayyor mahsulot holiga keltirish uchun mablag‘lar sarflandi - 1200000 so‘m. Bunda jarayonlar bo‘yicha tannarx aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1-jarayon - 8400000/1500=5600 2-jarayon - 2400000/1500=1600 3-jarayon - 1200000/1500=800 Jami: 12000000/1500=8000. Yuqoridagihisob-kitoblardanko‘rinibturibdiki, birbirlikmahsulotninghaqiqiytannarxi 8000 so‘mnitashkiletadi. Mahsulot birligiga sarflarni aniqlash uchun qilingan barcha ishlab chiqarish xarajatlarini ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga taqsimlash lozim. Mahsulot birligiga xarajatlar boshqa jarayonga (bo’linmaga) berilgan mahsulotga va davr oxirida jarayon zahirasidagi (shu bo’linmadagi) mahsulotga xarajatlarni o’tkazish uchun bazadir. Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’lmaganda, ya’ni jarayonga kiritilgan barcha mahsulot birliklariga ma’lum davrda ishlov berish tugallangan bo’lganda hisoblar oson bo’lar edi. Amalda davr boshida (oxirida) mahsulotga ishlov berish qisman tugallangan hamda, tugallanmagan birliklarga ham taqsimlanishi kerak.Bunda ommaviy ishlab chiqarish korxonalarida hisobot davri boshlanishida va oxirida hamisha bo’ladigan tugallanmagan ishlab chiqarish shartli tugallangan buyumga aylantirib hisoblanadi. Bu miqdor quyidagi summaga tenglashtiriladi: Mazkur hisobot davrida boshlangan va tugallangan buyumlarning umumiy miqdoriga; Hisobot davri boshida va oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish ustida bajarilgan ishlar aks ettiruvchi yig’masiga teng bo’ladi. Tannarxni jarayonlar bo’yicha kalkulyatsiya qilish usulida bevosita material sarflar buyumni ishlab chiqarishga kiritish paytida amalga oshadi, bevosita mehnat xarajatlari va umumiy ishlab chiqarish sarflari ishlov berish xarajatlari deb atalgan guruhga birlashtiriladi hamda butun ishlab chiqarish bosqichi davomida baravar (bir maromda) taqsimlanadi. Shu sababli materiallar bo’yicha shartli birliklar ishlov berish bo’yicha shartli birliklar miqdoridan farq qiladi.Barcha ishlab chiqarish faqat tugallangan birlikka olib borganda, ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan birliklar miqdori hisoblab chiqiladi. Masalan, davr oxirida tugallanmagan ishlab chiqarishda 1000ta mahsulot birligi bo’lsa va 80 %iga ishlov berish tugallangan bo’lsa, ekvivalent ishlab chiqarish 800 birlikni tashkil qiladi (1000 x 80 %). Ekvivalent ishlab chiqarish materiallar va qo’shilgan xarajatlarbo’yicha alohida hisoblanadi.Masalan, davr oxirida tugallanmagan ishlab chiqarishda 1000ta birlik bo’lib, 90 % materiallar bo’yicha tugallangan va 50 % qo’shilgan xarajatlar bilan tugallangan bo’lsa, materiallar bo’yicha ishlab chiqarish ekvivalenti 900 birlikni (1000 x 90 %) va qo’shilgan xarajatlar bo’yicha 500 birlikni (1000 x 50 %) tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari o’rtacha tortilgan usuldan va FIFO usulidan foydalanib, tugallanmagan ishlab chiqarishga, tayyor mahsulotga, sotilgan mahsulotning tannarxiga o’tkaziladi. O’rtacha tortilgan usul hisobot davridagi ishlab chiqarish xarajatlarini davr boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari bilan o’rtacha miqdorga keltiradi. Ekvivalent ishlab chiqarish davr davomida tugallangan mahsulot birliklarini tugallanmagan ishlab chiqarishdagi ekvivalent birliklarini qo’shish bilan aniqlanadi. So’ngra umumiy xarajatlar (davr boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari va joriy xarajatlar) mahsulot birligiga xarajatlarni aniqlash uchun ekvivalent birliklarga taqsimlanadi. FIFO usuli tugallanmagan ishlab chiqarishdagi buyumlar davr boshida tugallanishini, so’ngra yangi buyumlar ishlab chiqarishga kiritilishini nazarda tutadi. FIFO usuli tushunish uchun murakkab bo’lsa ham o’rtacha tortilgan usulga nisbatan aniqroq natija beradi, eng muhimi esa, haqiqiy shart-sharoitga asoslanadi. Bunday yondashuv davr davomida ekvivalent birliklarni ishlab chiqarish natijasida vujudga kelgan joriy xarajatlarni taqsimlashga olib keladi. Download 117.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling