Mahsulot iashlab chiqarish tannarx hisoblash
Download 31.88 Kb.
|
rejaaaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish uchastkasi
Sex deb, ishlab chiqarishning ma’muriy va xo‘jaJik ishlarining asoschisi hisoblanib, korxonaning maxsuslashgan qismiga kiradi. U ma’lum mahsulotlarni qurish va ta’mirlash - (xomashyo, detallar, ehtiyot qismlar, ishlanmalar) yoki bir turdagi texnologik jarayonlami bajarish (masalan: quyuv, termik, bo‘yoq ishlari va h.k) uchun moijallangan.
Sex - o‘zining mustaqil ma’muriy texnik boshqaruvi, korxonaning boshqaruv apparatiga bo‘ysinadi. Ko'p sexlar zavodning ichki xo‘jalik hisob-kitobiga suyanib ish olib boradilar. Sexlar uchastkalarga boiinadi. Ishlab chiqarish uchastkalari qatorida, asosiy ish bajarilayotgan joylardan tashqari vana yordamchi sexlar ham mavjud: Masalan material va xomashyo saqlovchi ombor xonalar, ish qurollami tarqatuvchi xonalar, uskuna va qurilmalarni ta’mirlash bo'yicha sexdagi mexanik uchastkasi, shuningdek xizmat va ishchi jihozlar xonasi. Ishlab chiqarish uchastkalari - ma’lum bir belgilangan detallar predmeti (xomashyo, qismlar, ehtiyot qismlar yoki bir turdagi ishlar - tokarlik, frezerlik ishlarga boiinib, qurish yoki ta'mirlashga ixtisoslashgan boiadi. Ishlab chiqarishda qurish uchastkalari asosiy o‘rin tutadi va qonunlari ustuvor hisoblanadi. U ishlab chiqarishda boshqaruvni yaxshilashga, uchastka jamoasini ishga boigan javobgarligini oshirish, yarim tayyor mahsulot va materiallami tashish bo'yicha operatsiyalarini kamaytirish, ishlab chiqarishdagi mehnat unumdorligini oshirish va mahsulotning tannarxini kamaytirishni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish uchastkasi - guruhlardan tashkil topgan boiib, u ish joyiari va korxonaning eng kichik ma’mariy ishlab chiqarishning bir boiagi hisoblanadi. Ish joyi - bu ishlab chiqarishning birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, unda belgilangan texnologik va yordamchi operatsiyalami bajaradigan kuch va mehnat jarayoni amaiga oshiriladi. Ish joyida - bitta ishchi yoki guruh (brigada) ishchilar joyidagi uskuna va qurilmalarda ishlashlari mumkin Gildirak sexi asosiy sexlar blokida yoki alohida binoda joylashtirilishi mumkin. Bajarilayotgan ishlar hajmiga ko‘ra sexda ikki turdagi ta"mirlash amaiga oshiriladi - elementlari almashtiriladigan (tishli gildiraklar, yaxlit gildiraklar, markazlar va o‘qlar) va elementlari almashtirilmaydigan. Ta’mirlash ishlari texnologik jarayonga asosan mos yoTjqnomalar talablariga qat’iy rioya qilingan holda amaiga oshiriladi. Maxsus kichik oichamli presslar yordamida buksa korpuslardan chiqarib oiingan rolikli podshipniklar maxsus idishga solinadi va ta’mirlash uchun chayqalish podshipniklarini ta’mirlash ixtisoslashgan boiimiga uzatiladi. Qopqoqlar, o‘q tirgaklari va buksa korpuslari yuvish mashinasida yuviiadi va ta’mirlashga o‘zatiladi. Labirint va masofa halqalari yuviiadi va maxsus tagliklarga yigiladi, so'ng yig‘ish uchun montaj boiimiga uzatiladi. Ishlab chiqarish madaniyati va tozalikni ta’minlash maqsadida boiim buksa qismlarga ajratilishida korpuslaridagi qoldiq moylami yigish uchun qurilmalar bilan jihozlangan. Qurilma pol ostida joylashtirilgan. Moy butun uchastkadan lotoklar orqali pol ostida o‘matilgan bakka oqib tushadi, toiishiga ko‘ra yangisiga almashtiriladi. Mexanika sexi - vagon ta’mirlovchi zavod tuzilmasidagi eng asosiy bo‘g‘in hisobianadi. Unda zavodda ta’mirlanayotgan vagonlar uchun, shuningdek, yetkazib berish tartibida boshqa vagon ta’mirlovchi korxonalarga vuborish maqsadida ishlab chiqarilgan yangi detallarga uskunalarda ishlov beriladi. Mexanik sex, awalambor, uni yarim mahsulot bilan ta’minlovchi temirchilik va metall quyish sexlari bilan chambarchas bogiiq. Sexdagi detallaming bir qismiga omborxonadan olingan chigirlash materiallaridan ishlov beriladi. Mexanika sexining tarkibiga ishlab chiqarish uskuna (stanok) va yordamchi boiinmalar, omborxona va xizmat-maishiy xonalar kiradi. Ishlab chiqarish boiinmasi detallarga ishlov berish va kichik tugunlami yigish bo‘yicha uzluksiz chiziqlardan tashkil topadi. Yordamchi boiinmalarga asbob-uskuna tarqatuvchi omborlar, sex mexanikasi maydoni, yarim mahsulotlar va tayyor mahsulotlar omborlari kiradi. Xizmat va maishiy xonalarga ta’mirlash-mexanika va uskunalar sexlariga tegishli xonalar sirasiga sex idorasi, yechinish xonasi, yuvinish xonasi va boshqalar kiradi. Ishlab chiqarishdagi ritmni qoilab quwatlash maqsadida - oqimii chiziqlami ikki turga ajratiladi: 1. Erkin oqimii chiziqlar. 2. Reglament ritmli oqimii chiziqlar. 2. Reglament ritmli oqimii chiziqlar. Birinchi usulda - ushbu chiziqqa xizmat ko‘rsatayotgan ishchilarning bir xil ritmini ushlashlari talab etiladi. Ikkinchi oqimii ritmda esa - transport vositalarining harakatlanish tezligi avtomatik tarzda nazorat qilinadi. Ishlab chiqarishning texnik darajasi ishlab chiqarish vositalarining rivojlanish darajasi va texnologiyalaming progressivligi bilan, tashkiliy darajasi esa ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvning tashkiliy va jarayonlaming tashkii etilganligi darajasi bilan tavsiflanadi.Tahlil ishlab chiqarish sikli, mahsulot sifati, uning mehnat sig'imi va tannarxi kabi ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi mavjud texnologiya, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkii etilishining afzalliklari va kamchiliklarini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Download 31.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling